Jamiyat

Oxirgi yillarda yaratilgan kinolarimizning soni kam bo‘lsayam, ma’nosi bor — Shavkat Mirziyoyev
20 noyabr 2020, 22:26

Oxirgi yillarda yaratilgan kinolarimizning soni kam bo‘lsayam, ma’nosi bor — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev kinoijodkorlar bilan uchrashuvda oxirgi yillarda yaratilgan kinolar soni kam bo‘lsa ham, ma’nosi borligini ta’kidladi. U o‘zbek filmlari 100 taligini tuzib, davlat va xususiy telekanallarda namoyish qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

To‘raqo‘rg‘on IES energobloklari avariyaviy to‘xtadi
20 noyabr 2020, 22:02

To‘raqo‘rg‘on IES energobloklari avariyaviy to‘xtadi

Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektrostansiyasining har ikki energobloki avariyaviy to‘xtadi. Natijada vodiy viloyatlari, Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlariga elektr energiyasini yetkazib berish cheklandi.

Noma’lum shaxslar harakatlanib ketayotgan vagonlardan ko‘mir o‘g‘irlashga urinishdi
20 noyabr 2020, 18:26

Noma’lum shaxslar harakatlanib ketayotgan vagonlardan ko‘mir o‘g‘irlashga urinishdi

Besh kishi Toshkent viloyatida harakatlanib ketayotgan, ko‘mir ortilgan vagonlarni o‘marmoqchi bo‘lishdi. Ularni ushlashning imkoni bo‘lmadi, hozirda qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Mehnat inspeksiyasiga mehnat qoidalari buzilishi bo‘yicha 800ga yaqin murojaat kelib tushgan
20 noyabr 2020, 18:01

Mehnat inspeksiyasiga mehnat qoidalari buzilishi bo‘yicha 800ga yaqin murojaat kelib tushgan

Davlat mehnat inspeksiyasiga majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 790 ta murojaat kelib tushgan. Yil boshidan o‘tkazilgan monitoring davomida 107 ta majburiy mehnatga jalb qilinganlik holatlari qayd etilgan.

Toshkentda oqova suvlardagi chiqindilar hajmi ortib bormoqda — «O‘zsuvta’minot»
20 noyabr 2020, 15:17

Toshkentda oqova suvlardagi chiqindilar hajmi ortib bormoqda — «O‘zsuvta’minot»

Kanalizatsiya tizimiga chiqarilgan chiqindilar hajmi yil sayin ortib bormoqda, deb xabar beradi «O‘zsuvtaminot» kompaniyasi. Shu sababli kollektor blokirovkalari va kanalizatsiya tizimidagi baxtsiz hodisalar tez-tez uchramoqda. Toshkentning oqava suvlarida oziq-ovqat qoldiqlari, butilkalar, kiyim-kechaklar, tagliklar va hattoki sanoat chiqindilari topiladi.

Prezident Yashnobod tumanidagi texnoparkga tashrif buyurdi
20 noyabr 2020, 14:49

Prezident Yashnobod tumanidagi texnoparkga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi texnoparkga tashrif buyurib, u yerdagi yangi inshootlarni ko‘zdan kechirdi. 2021 yilda bu yerda yana turli xil mahsulotlar ishlab chiqaradigan to‘qqizta korxona ishga tushirilishi kutilmoqda.

Komiljon Tojiboyev Ekopartiya raisi etib saylandi
20 noyabr 2020, 14:11

Komiljon Tojiboyev Ekopartiya raisi etib saylandi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib Komiljon Tojiboyev saylandi.

Elektr energiyasining uzilishiga iste’molning keskin ortishi sabab bo‘ldi — Energetika vazirligi
20 noyabr 2020, 12:32

Elektr energiyasining uzilishiga iste’molning keskin ortishi sabab bo‘ldi — Energetika vazirligi

Sovuq ob-havo tufayli elektr energiyasi iste’molining keskin ortishi ta’minotda uzilishlarga olib keladi, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi. Shu bilan birga, qisqa muddatli uzilishlar tizimdagi katta avariyalarning oldini olishga imkon berishi ta’kidlandi.

Klara Jalilova 82 yoshida olamdan o‘tdi
20 noyabr 2020, 10:29

Klara Jalilova 82 yoshida olamdan o‘tdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova 82 yoshida vafot etdi.

Prokuratura qishloq xo‘jaligidagi qonunbuzilishlarda moliya vaziri o‘rinbosari aloqadorligini tekshirmoqda
19 noyabr 2020, 23:08

Prokuratura qishloq xo‘jaligidagi qonunbuzilishlarda moliya vaziri o‘rinbosari aloqadorligini tekshirmoqda

Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovga don yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishda Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan mablag‘ ajratish va sarflashning qonuniyligini tekshirish to‘g‘risida so‘rov yubordi. Bundan tashqari, Moliya vazirligi mansabdor shaxslari, jumladan, vazir o‘rinbosari Abdimuxtor Ergashevning qonunbuzilish holatlarda aloqadorligini tekshirish kutilmoqda.

Maktabgacha ta’lim muassasalari noyabr oyining oxiriga qadar ochiladi
19 noyabr 2020, 18:13

Maktabgacha ta’lim muassasalari noyabr oyining oxiriga qadar ochiladi

Maktabgacha ta’lim muassasalari noyabr oyining oxiriga qadar ochiladi. Ish faoliyatini boshlash va bolalarni qabul qilish huquqi faqat SESdan ruxsat olgan MTMlarga beriladi. Lekin, qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan, xodimlari orasida koronavirus aniqlangan MTMlar faoliyati tiklanmaydi.

«Bolalar har xil bo‘lgani bilan ularning huquqlari teng bo‘lishi lozim» — Ziroat Mirziyoyeva
19 noyabr 2020, 17:44

«Bolalar har xil bo‘lgani bilan ularning huquqlari teng bo‘lishi lozim» — Ziroat Mirziyoyeva

19 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan xalqaro veb-forumda Ziroat Mirziyoyeva nogiron bolalarning ta’limi, ularga inklyuziv muhitni yaratish va bunda paydo bo‘layotgan to‘sqinliklar haqida nutq so‘zladi. «Zamin» Xalqaro fondi Vasiylik kengashi raisi nogironligi bo‘lgan bolalar ta’limi masalasi hanuzgacha juda achinarli ahvolda ekanligini ta’kidlagan.

Qor yog‘gandan keyin qor qoplamining balandligi 6−14 sm ni tashkil qildi
19 noyabr 2020, 17:16

Qor yog‘gandan keyin qor qoplamining balandligi 6−14 sm ni tashkil qildi

Chorshanba kuni kechqurungacha O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlaridagi qor qoplamining balandligi 6−14 sm ni tashkil etdi. Shuningdek, yo‘llarni ko‘ra olish imkoniyati kamaydi, yo‘llar muzladi. Kun davomida havo harorati 5−3 darajadan oshmadi. Noyabr oyida bunday sovuq kunlar kamdan-kam uchraydi, deya izoh berdi sinoptiklar.

Temir mahsulotlarini arzon narxda olmoqchi bo‘lgan fuqaro $30 mingga aldandi
19 noyabr 2020, 16:42

Temir mahsulotlarini arzon narxda olmoqchi bo‘lgan fuqaro $30 mingga aldandi

Rishton tumanida Qirg‘izistondan arzon temir mahsulotlarini olib kelishi uchun tanishiga $30 ming AQSH dollarini bergan fuqaro aldanib qoldi. Uning ishonchiga kirgan shaxs pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

“Vaqf” xayriya jamoat fondiga yangi rahbar tayinlandi
19 noyabr 2020, 16:39

“Vaqf” xayriya jamoat fondiga yangi rahbar tayinlandi

Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Abdurahmonov Yahyo Ubaydullo o‘g‘li “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv kengashi raisi vazifasiga tayinlandi.

Xitoy «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Sianga parvozlarini bekor qildi
19 noyabr 2020, 16:12

Xitoy «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Sianga parvozlarini bekor qildi

23 noyabrdan boshlab Toshkentdan Sianga parvozlar to‘xtatilib, 4 hafta davomida reyslar bo‘lmaydi. Parvozlar bekor qilinishining sababi 5 noyabr kuni 11 ta yo‘lovchilarda koronavirus infeksiyasi aniqlanishi bo‘lgan.

O‘zMUda Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi
19 noyabr 2020, 15:33

O‘zMUda Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi

Prezident qarori bilan 2021−2022 o‘quv yilidan O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi. Rossiya va boshqa xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Global ochlik indeksida O‘zbekiston 30 o‘rinni egalladi
19 noyabr 2020, 15:29

Global ochlik indeksida O‘zbekiston 30 o‘rinni egalladi

2020 yilda Global ochlik indeksida eng yaxshi deb topilgan mamlakatlar orasida O‘zbekiston o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini yaxshilab, 30 o‘rinni egalladi. Belarus, Bosniya va Gersegovina, Braziliya davlatlari reytingda eng yuqori pog‘onada bo‘lsa, eng kichik ko‘rsatkichlar Madagaskar, Timor Leste va Chad mamlakatlarida kuzatilmoqda.

Samarqandda 20 nafar yo‘lovchisi bor avtobus yo‘l sirpanchiqligi bois ag‘darilib ketdi
19 noyabr 2020, 14:51

Samarqandda 20 nafar yo‘lovchisi bor avtobus yo‘l sirpanchiqligi bois ag‘darilib ketdi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 20 nafar yo‘lovchisi bor avtobus yo‘l sirpanchiqligi oqibatida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

«Chilonzor tumanida chinor noqonuniy kesilgan» — Davlat ekologiya qo‘mitasi
19 noyabr 2020, 14:46

«Chilonzor tumanida chinor noqonuniy kesilgan» — Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasining xabar berishicha, Toshkentning Gagarin ko‘chasida oltita daraxt qonuniy ravishda kesilgan, chunki ular qurib, kasallangan deb topilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan chinor noqonuniy ravishda kesilgan, buning zarari esa 43 mln so‘mga teng.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting