24 noyabridan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Namangandan Orenburgga qatnovlarni tiklamoqda. Parvozlar haftaning payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Qo‘qon shahar IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tengdoshlari kaltaklashi oqibatida 14 yoshli bola vafot etgandi.O‘sha kuni markazda navbatchilik qilgan 2 nafar IIO xodimi janjal oldini olmagani uchun ishdan bo‘shatildi. Ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi mumkin.
Fransiyada bo‘lib o‘tgan ishchi kasblari bo‘yicha WorldSkills 2022 chempionatida O‘zbekiston ilk bor ishtirok etib, ikki yo‘nalish: qurilish va robototexnika bo‘yicha o‘zini namoyon qildi. Tanlov ishtirokchilari «Gazeta.uz»ga o‘z ishlari, qiyinchiliklar va raqiblari haqida so‘zlab berdi.
«Davlat bayrog‘i kuni» munosabati bilan o‘tkaziladigan «Yangi nafas» yugurish tadbirlari sabab 12−13 noyabr kunlari Afrosiyob, Sharof Rashidov, Islom Karimov va Yangi O‘zbekiston ko‘chalarining bir qismi avtotransport harakati uchun cheklanadi.
Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Davlat fuqarolik xizmatida rotatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovni «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.
Qovoqli bulokchalar, amerikancha pirog, keks, vafli, sinnabon, rulet va maffinlar — Zira.uz vitaminlarga boy qovoqdan tayyorlanadigan pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Yaqinda Andijon viloyati SSB boshlig‘i etib tayinlangan Jur’atbek Quvvatov tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘z lavozimini tark etishga qaror qildi. U davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun kuchga kirganidan keyin shunday qarorga kelgan.
Buxorolik 22 yoshli yigit rashk sababli 29 yoshli xotinini soch quritish uskunasi simi bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ngra hodisaga guvoh bo‘lgan 5 yashar o‘g‘lini ham o‘ldirib, xar ikkisining jasadlarini yoqib yubordi. Hodisa Toshkent-Buxoro yo‘lining G‘allaorol tumanidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.
Internetda ikki erkakning Qizil kitobga kiritilgan tasqara qushi bilan tushgan surati paydo bo‘ldi. Ekologiya davlat qo‘mitasi va Bosh prokuratura tomonidan ovchilarga qidiruv e’lon qilindi.
«„Zangiota-2“ shifoxonasiga qanday muassasa joylashtirilishidan qat’i nazar, u mamlakatdagi eng yuqori texnologiyali klinika bo‘ladi», — deydi direktor Doniyor Mirazimov. U shifoxonadan kelgusida foydalanish ehtimollari, salohiyati va bemorlar logistikasi nuqtai nazaridan uning joylashuvi haqida so‘zlab berdi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Universal Mobile Systems`ning 100 foizlik davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha konsalting kompaniyalari o‘rtasida tanlov o‘tkazdi. Unda KPMG kompaniyasi g‘olib bo‘ldi.
Rossiya do‘konlaridan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan vakuumli qadoqdagi qaynatilgan makkajo‘xori olib tashlandi. Bunga Krasnoyarskda uch fuqaro zaharlangani sabab bo‘ldi.
Toshkentda bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tadi, unda Odri Azule ham ishtirok etishi kutilmoqda. Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shinning aytishicha, tadbirdan ko‘zlangan maqsadlardan biri — «ilg‘or tajribalarimizni jahon hamjamiyatiga taqdim etish»dir.
O‘zgidromet shoshilinch axborot e’lon qildi — dushanba kunidan boshlab Toshkent, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi, ayrim tumanlarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Ba’zi joylarda shamol 25−28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Toshkent markazida joylashgan Vazirlar Mahkamasi binosida quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Uning quvvati 630 kVtga teng. Stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Ko‘rgazma zalida Chelyabinsk viloyati sanoat, gaz, mashinasozlik va oziq-ovqat korxonalari mahsulotlari bilan tanishish mumkin.
Prezident kasaba uyushmalari xodimlari kuni munosabati bilan 11 noyabrni “Umumxalq bayrami” sifatida dam olish kuni deb e’lon qilish taklifini bildirdi. Agar taklif ma’qullansa, keyingi yildan mazkur sana dam olish kuni bo‘ladi.
Adliya vazirligi taqdim etgan qonun loyihasiga ko‘ra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish, namoyish etish hamda tarqatish uchun javobgarlik belgilanmoqda. Ushbu harakatlarni sodir etganlar uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting