O‘tgan yili lavozimini tark etgan Isroilning sobiq bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Knessetga saylovlarda g‘alaba qozondi — uning «Likud» partiyasi parlamentdagi eng ko‘p o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Sergeli tumanida bir guruh shaxslar korxona faoliyatini kengaytirishda ehtiyot qismlarni sotib olish uchun ajratilgan 2,5 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Gumonlanuvchilarga tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ko‘pdan beri kechiktirilayotgan pulli to‘xtash joylari ertami-kechmi baribir joriy etiladi. Biroq muammoni kompleks hal etish zarur. Odamlar avtomobildan voz kechishi uchun normal jamoat transporti bo‘lishi, mashinalar hovlilarga kirib ketmasligi va, nihoyat, aholi bilan muloqot to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kerak.
DXX tomonidan Olmaliq shahar adliya bo‘limi xodimi va Toshkentdagi advokatlik firmasi advokati fuqarolardan pora olishda olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari Davlatobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini DXX xodimi deya tanishtirgan shaxsni hibsga olgani aytilmoqda. Gumondor fuqarodan 5,5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan.
Samarqand shahrida 10−11 noyabr o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti munosabati bilan shaharga kirish yo‘llari yopiladi. Bundan tashqari, ushbu kunlarda Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida harakat vaqtinchalik cheklanadi.
Tartibsiz avtoturargohlarga qarshi kurashish maqsadida noyabrdan Toshkentda pulli to‘xtash joylarini joriy etish rejalashtirilgandi. Shu kabi choralar dunyoning turli shaharlarida haydovchilar qarshiligiga duch kelgan. «Gazeta.uz» uchta shahar — Oklaxoma-Siti, Moskva va Olmaota tajribasi haqida so‘zlab beradi.
Beshariq tumanida Nexia va Mercedes ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda haydovchilardan biri halok bo‘ldi.
Bekoboddagi Tojikiston fuqarosi vaqtincha yashab kelayotgan xonadondan sotish uchun mo‘ljallangan salkam 15 kg gashish topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
AQSh Markaziy qo‘mitasi 2,8 mln dollarlik 50 ta Polaris MRZR yengil taktik jangovar transport vositalarini O‘zbekiston mudofaa vazirligining maxsus operatsiyalar kuchlariga topshirdi.
BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida, jumladan, Samarqanddagi UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi o‘tkaziladigan obyektlar ko‘zdan kechiriladi.
Geografik obyektlarga nom berishda aholining fikri o‘rganilishi, Samarqandda tug‘ilgan 4 egizak, Andijon suv omborini birga boshqaradigan O‘zbekiston va Qirg‘iziston, pora bilan ushlangan Pskent prokurori yordamchisi, o‘zbekistonliklarni haqorat qilgan hind ishchisi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Pskent prokurori yordamchisi 1500 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Ma’lum qilinishicha, u sudya orqali sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanishiga erishishni va’da qilgan.
Prezident imzolagan qonunga ko‘ra, geografik obyektlarga jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berishga yo‘l qo‘yiladi. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.
Suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi 2023−2024-yillarda bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Birinchi bosqich 2023-yilning 1-iyulidan boshlanadi.
O‘zbekistonliklarda endi Rossiya televideniyesiga muqobil variant bor. IP-televideniye operatorlari paketi qatoridan BBC, CNN, Bloomberg, France 24, Xitoyning CGTN, Turkiyaning TRT Avaz, “Belarus 24” telekanallari ham o‘rin oldi.
Toshkent shahri, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarining qurilish bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi. Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i o‘z arizasiga asosan ishdan olindi.
Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida tirkamaga osilib chiqmoqchi bo‘lgan 3-sinf o‘quvchisi mashina tagida qolib, vafot etdi.
«Indorama agro»ning hindistonlik ishchisi Telegram`dagi guruhda O‘zbekiston fuqarolari va pasportini haqorat qilgani aytilmoqda. IIV unga nisbatan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi. Gumondorning aybi isbotlansa, jarimaga tortilishi yoki ahloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.
Samarqandda 32 yoshli ayol 4 nafar egizak (2 o‘g‘il, 2 qiz) farzandli bo‘ldi. Jarrohlik amaliyoti bilan bajarilgan tug‘ruq jarayonidan so‘ng, Sog‘liqni saqlash vazirligi ona va bolalarni nazoratga oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting