Toshkent shahar hokimi mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar xarajatlariga o‘zgartirishlar kiritdi. Davlat musiqali komediya teatriga ajratilgan mablag‘lardan 500 mln so‘mi Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar bo‘limiga o‘tkazildi.
Poytaxtdagi ijtimoiy obyektlarning 85 foizi nogironlar to‘siqsiz foydalanishiga moslashtirilmagan. Metro bekatlarining ko‘plarida panduslar yo‘q, borlarida ham 45 gradus qilib o‘rnatilgan. Nogironlarning 93 foizi yerusti jamoat transportini qoniqarsiz deb baholadi. Senatorlar shaharsozlarni tanqid qildi.
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi. Ta’til 9 noyabrgacha davom etib, darslar 10 noyabrdan boshlanadi.
Yaponiyada mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi. Markazda O‘zbekiston fuqarolariga maslahat va huquqiy yordamlar ko‘rsatiladi.
Termizning sobiq hokimi va uning o‘rinbosarlari davlat, jamiyat va tadbirkorlar manfaatlariga 35,6 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida jami 11 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Nurobod tumanida xususiy korxona rahbari $152 mingdan ziyod kredit mablag‘larini talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi. Namangan va Andijonda esa jami 5,8 mlrd so‘m kredit mablag‘i boshqa maqsadlarga sarflab yuborilgani aniqlandi. Gumonlanuvchilarga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari ko‘zg‘atildi.
Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakat O‘zbekistonga bug‘doy, kungaboqar yog‘i va qandolat mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Olot tumanida mashinadagi qurol o‘z-o‘zidan otilib ketishi oqibatida ayol oyog‘idan jarohat oldi.
Prezident qarori bilan 1 yanvardan Kadastr agentligining o‘zi hududiy tuzilmalar faoliyatini tashkil etadi. Hududiy bo‘limlar, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining faoliyatiga hokimlar aralashishi yoki ta’sir o‘tkazishi qat’iy taqiqlanadi.
O‘zgidrometning xabar berishicha, shanba kuni havo iliq, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Yakshanbadan ob-havo bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
22 oktabr soat 12:00 dan 23 oktabr soat 24:00 gacha Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Yunusobod, Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarida ichimlik suvi bosimi pasayadi va vaqtincha ta’minotdan uziladi. Mahallalar ro‘yxati.
Diplomat University xususiy oliygohi 2022−2023 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish muddatini 28 oktabrgacha uzaytirdi.
«Gazeta.uz» so‘roviga ko‘ra professor Baxtiyor Mengliyev 21 oktabr sanasiga bag‘ishlangan maqolani taqdim etdi. Unda muallif bugungi kunga kelib yuzaga kelgan muammolar haqida so‘z yuritgan. Uning fikricha, o‘zbek tilini Internet tiliga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tashabbus darajasida qolmoqda.
22−26 oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massalari keladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
Toshkentda xavfli harakatlangan avtomobil Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbarining o‘rinbosariga biriktirilgan, deya ma’lum qildi SES matbuot xizmati. Haydovchi oila a’zolaridan birining sog‘ligi yomonlashgani sababli qoidabuzgani aytilmoqda. U bilan “tushuntirish-targ‘ibot ishlari” olib borildi.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb $584 mlnga kamaygani, Jizzaxda teplovoz bilan to‘qnashgan yuk avtomobili, mamlakatda sil kasalligini davolash samaradorligi ortgani, jarimaga tortilgan SES xizmatiga tegishli Lacetti xaydovchisi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Huquq-tartibot organlari Termiz shahrining sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev, uning ikki nafar o‘rinbosari va yana 4 nafar mansabdorni hibsga oldi. Ular «Yashil dunyo» savdo majmuasi qurilishi davomida 14,8 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda.
Payshanba kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga tegishli Lacetti avtomashinasi yo‘lda mashinalarga halaqit berib, huquqbuzarlik sodir etgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. IIBB YHXB surishtiruv olib borib, mashina xaydovchisiga 3 mln so‘m jarima qo‘lladi.
«O‘zbekgidroenergo» AJ mikro va kichik GESlar qurishni taklif qilmoqda, tadbirkorlar o‘z ehtiyoji va sotish maqsadida elektr energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Jahon miqyosida dorilarga moslashuvchan sil bilan kasallangan bemorlarning davolash samaradorligi 85 foiz, O‘zbekistonda esa 91 foizga teng. SSVning ma’lum qilishicha, mamlakatda xavf guruhiga kiruvchi aholi orasida kasallanish 2 marotaba, xastalik tufayli o‘lim holatlari 6 marotabaga kamaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting