Jamiyat

O‘zbekistonda kelasi hafta harorat -17 darajagacha pasayib, qor yog‘ishi mumkin
4 dekabr 2023, 09:42

O‘zbekistonda kelasi hafta harorat -17 darajagacha pasayib, qor yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonga 9-dekabrdan Rossiyaning shimoliy hududlaridan juda sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Harorat kechalari −17, kunduzi -10 darajagacha pasayishi, 10−11-dekabr kunlari respublika bo‘ylab qor yog‘ishi mumkin.

“Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev qo‘lga olindi
3 dekabr 2023, 21:17

“Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev qo‘lga olindi

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlari “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevni poytaxtda qo‘lga oldi. Shuningdek, yana ikki gumonlanuvchi ushlandi.

Xorazmda 20 yoshli talaba pnevmoniyadan vafot etdi
3 dekabr 2023, 15:56

Xorazmda 20 yoshli talaba pnevmoniyadan vafot etdi

Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali talabasi pnevmoniyadan vafot etdi. 20 yoshli yigitning kasallikka chalinganiga bir hafta bo‘lgan. U shifokorlar yordamiga qaramay, o‘z uyida vafot etgani ma’lum qilindi.

Oliy sudda 174 nafar qatag‘on qurbonining nomi oqlandi. Ular orasida Abdulla Qodiriy ham bor
3 dekabr 2023, 12:48

Oliy sudda 174 nafar qatag‘on qurbonining nomi oqlandi. Ular orasida Abdulla Qodiriy ham bor

Oliy sud 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha qo‘zg‘olonlar va aksilinqilobiy bosmachilik qilishda ayblangan 174 nafar qatag‘on qurbonining nomini oqladi. Ularning aksariyati Surxondaryo, Buxoro, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda yashagan. Xususan, oqlanganlar orasida taniqli adib Abdulla Qodiriy ham bor. Ro‘yxat.

Toshkent shahri va viloyatida 3 ta “zapravka” 34 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
3 dekabr 2023, 12:44

Toshkent shahri va viloyatida 3 ta “zapravka” 34 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta gaz “zapravka” 34 mlrd 640 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Ular hisobga olish priborini ulash tartibi hamda sxemalarini o‘zgartirgan.

O‘zbekiston va BAA haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olishga kelishdi
3 dekabr 2023, 10:44

O‘zbekiston va BAA haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olishga kelishdi

O‘zbekiston va BAA ichki ishlar vazirlari ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi. Shuningdek, BAAda uzoq vaqtga yashash huquqini olgan o‘zbekistonliklarga haydovchilik guvohnomasini olish vaqtida imtiyoz beriladi.

Chirchiqdagi IIB hibsxonasida 22 yoshli yigit vafot etdi
3 dekabr 2023, 09:19

Chirchiqdagi IIB hibsxonasida 22 yoshli yigit vafot etdi

Chirchiq shahri ichki ishlar bo‘limi hibsxonasida saqlanayotgan 22 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilishi oqibatida vafot etdi, deya xabar berdi Toshkent viloyati IIBB. Biroq tarmoqlarda uning tanasida jarohatlar borligi aniqlangani aytildi. Ombudsman holatni o‘rganmoqda.

Toshkentda issiqlik ta’minoti xizmatlari narxi yuridik shaxslar va budjet tashkilotlari uchun oshdi
2 dekabr 2023, 16:10

Toshkentda issiqlik ta’minoti xizmatlari narxi yuridik shaxslar va budjet tashkilotlari uchun oshdi

Toshkent shahar hokimi issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan yangi narxlarni tasdiqlash to‘g‘risida qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, narxlar faqat yuridik shaxslar va budjet tashkilotlari uchun oshdi. Aholi uchun tarif narxi o‘zgarishsiz qoldi.

Insoniyat yangi bosqich sari qadam qo‘ymoqda: AI Journey 2023 konferensiyasi yakunlari
2 dekabr 2023, 15:00

Insoniyat yangi bosqich sari qadam qo‘ymoqda: AI Journey 2023 konferensiyasi yakunlari

Moskvada 22−24-noyabr sanalarida AI Journey konferensiyasi bo‘lib o‘tib, unda sun’iy intellektning biznes va jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati, hamda ilmiy kashfiyotlardagi roli muhokama qilindi.

Toshkentda “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev qo‘lga olindi
2 dekabr 2023, 14:06

Toshkentda “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB xodimlari “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan mashhur Saidaziz Saydaliyevni qo‘lga oldi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, u va yana bir necha kishi tovlamachilik ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida hibsga olingan. Ma’lum qilinishicha, ular pul evaziga odamlarni qarzini undirib bergan.

8 yilga qamalgan bloger Olimjon Haydarov sud qarori ustidan apellyatsiya beradi
2 dekabr 2023, 13:52

8 yilga qamalgan bloger Olimjon Haydarov sud qarori ustidan apellyatsiya beradi

8 yilga qamalgan bloger Olimjon Haydarov birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya beradi, deb ma’lum qildi uning ukasi. U o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni butunlay rad etadi.

ANORBANK 6 oylik foydali investitsiyalarni taklif qilmoqda
2 dekabr 2023, 13:00

ANORBANK 6 oylik foydali investitsiyalarni taklif qilmoqda

O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan ANORBANK yillik foiz stavkasi 26% bo‘lgan Bayramona omonati xaqida e’lon qildi.

Toshkentda jinoiy guruhlarni qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilmoqda
2 dekabr 2023, 11:19

Toshkentda jinoiy guruhlarni qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilmoqda

Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan “ko‘cha bollari” va jinoiy guruhlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilmoqda. Tezkor chora-tadbirlar poytaxtda jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashga qaratilgan, deya xabar beradi poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi.

“Ochiqlik siyosatiga zid”. Antikorrupsiya rahbari va “Yuksalish” — huquq-tartibot xodimlarini tasvirga olishni cheklovchi yangi norma haqida
2 dekabr 2023, 10:42

“Ochiqlik siyosatiga zid”. Antikorrupsiya rahbari va “Yuksalish” — huquq-tartibot xodimlarini tasvirga olishni cheklovchi yangi norma haqida

Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxanov huquq-tartibot xodimlarining foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jazolash haqidagi norma oshkoralik siyosatiga zid, deb hisoblaydi. “Yuksalish” harakati Senatdan jamoatchilik e’tirozlarini inobatga olishni so‘radi.

Nima tayyorlaymiz: Shokoladli pishiriqlar
2 dekabr 2023, 10:28

Nima tayyorlaymiz: Shokoladli pishiriqlar

Shokoladli tort, qaynatma kremli qumoq pirog, brauni, “San-Sebastyan” shokoladli chizkeyki, kremli krostata va fondan — Zira.uz shokoladli pishiriqlar retseptlarini taqdim etadi.

Toshkentda ajratilgan yo‘laklardagi qoidabuzarliklarni maxsus kameralar qayd etishni boshladi
2 dekabr 2023, 09:35

Toshkentda ajratilgan yo‘laklardagi qoidabuzarliklarni maxsus kameralar qayd etishni boshladi

Toshkent shahrida avtobuslar harakati uchun tashkil etilgan maxsus yo‘lakda harakatlangan, sababsiz to‘xtagan va avtobuslarning harakatiga xalaqit bergan transport vositalarini maxsus kameralar qayd etishni boshladi va ularga nisbatan jarima qo‘llanilmoqda.

Toshkentning Istirohat ko‘chasi aholisi qariyb ikki yil avval boshlangan xiyobonni obodonlashtirish ishlarini oxiriga yetkazishni so‘ramoqda
1 dekabr 2023, 21:34

Toshkentning Istirohat ko‘chasi aholisi qariyb ikki yil avval boshlangan xiyobonni obodonlashtirish ishlarini oxiriga yetkazishni so‘ramoqda

Poytaxt hokimligi 2022-yili Istirohat ko‘chasidagi xiyobonda obodonlashtirish ishlarini boshlagandi. Yetti oyda yashil hududning yarmida bolalar va sport maydonchalari, piyodalar yo‘lkalari va chiroqlar paydo bo‘ldi. Biroq ko‘chaning qolgan qismi chiqindi omboriga aylandi. Aholi ishni oxiriga yetkazishni so‘ramoqda.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (2−3-dekabr)
1 dekabr 2023, 18:18

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (2−3-dekabr)

Sakkizta kinopremera, keypop bayrami, “Sharqona bozor”, “Irina Kairatovna” konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

To‘lov tizimida yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining o‘tkazmalarini 1 soatgacha cheklash rejalashtirilmoqda
1 dekabr 2023, 17:44

To‘lov tizimida yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining o‘tkazmalarini 1 soatgacha cheklash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda banklar va to‘lov tizimlarining mobil ilovalaridagi xavfsizlik darajasini oshirish uchun yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining mablag‘larini o‘tkazish imkoniyatini 1 soatgacha cheklash rejalashtirilmoqda. Foydalanuvchilarga uning profiliga kirilganlik haqida SMS-xabar yuboriladi.

Milliy gvardiyaning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i ishdan olindi
1 dekabr 2023, 16:56

Milliy gvardiyaning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i ishdan olindi

Atamurad Axmedov Milliy gvardiyaning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bunga Jah Khalib`ning konsertidagi voqealar sabab bo‘lgani aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting