Jamiyat

1 kg opiyni Samarqanddan Qoraqalpog‘istonga olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
11 may 2022, 09:59

1 kg opiyni Samarqanddan Qoraqalpog‘istonga olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

Paxtachi tumanida fuqaro boshqaruvidagi avtomobilda umumiy og‘irligi 1 kg bo‘lgan opiy giyohvand moddasi borligi aniqlandi. Fuqaro moddani Qoraqalpog‘istonga olib ketayotganini ma’lum qilgani aytilmoqda. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Masofaviy elektron to‘lovlar uchun ham keshbek to‘lash boshlandi
11 may 2022, 09:48

Masofaviy elektron to‘lovlar uchun ham keshbek to‘lash boshlandi

DSQ endilikda masofaviy to‘lovlar uchun ham 1 foizlik keshbek to‘lanishini ma’lum qildi. To‘lov xizmatlari orqali to‘lov amalga oshirilganda QR-kodli chek hosil bo‘ladi va bu Soliq ilovasida avtomatik tarzda aks etishi kerak.

Foto: Chirchiqda o‘tgan «Dog biatlon» finali
11 may 2022, 08:00

Foto: Chirchiqda o‘tgan «Dog biatlon» finali

Chirchiqda Kinologlar va xavfsizlik kuchlarining jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan «Dog biatloni» o‘z yakuniga yetdi. Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirda Mudofaa vazirligi jamoalari g‘olib bo‘ldi. Musobaqaning final bosqichi — «Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam fotoreportajida.

10 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 may 2022, 22:00

10 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

SpaceX kompaniyasiga O‘zbekistonda vakolatxona ochish taklif etilgani, Surxondaryodagi sel oqibatlari, Toshkentda odamlarni yana soqol olishga majburlashayotgani, Uchtepa tumanida hayfsan olgan 33 nafar hokim yordamchisi, O‘zbekistonning 7 hududida ishga tushirilgan yangi fotoradar va kuzatuv kameralari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 10 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Surxondaryoda sel 3 kishini oqizib ketdi
10 may 2022, 21:36

Surxondaryoda sel 3 kishini oqizib ketdi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tog‘li hududga sel kelishi natijasida odamlar va chorva mollarini suv oqizib ketdi. Chorva mollari egasi tabiiy ofatdan qutilib qolgan. Qolganlari qidirilmoqda.

SpaceX kompaniyasiga O‘zbekistonda vakolatxona ochish taklif etildi
10 may 2022, 19:20

SpaceX kompaniyasiga O‘zbekistonda vakolatxona ochish taklif etildi

AKT vaziri Sherzod Shermatov SpaceX vakili Ben Mak Vilyams bilan uchrashuvda kompaniyaga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish taklifini berdi. O‘zbekkosmos agentligi bilan esa Starlink loyihasini mamlakatga olib kirish masalasi muhokama qilindi.

Andijonda sobiq bank xodimi va fermer $50 minglik imtiyozli kreditni o‘zlashtirgani aytilmoqda
10 may 2022, 18:32

Andijonda sobiq bank xodimi va fermer $50 minglik imtiyozli kreditni o‘zlashtirgani aytilmoqda

Izboskan tumanida sobiq bank xodimi tadbirkor bilan birga issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 ming dollar imtiyozli kreditni talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda. Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning 20 ming dollari undirilib, gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonning 7 hududida yangi fotoradar va kuzatuv kameralari ishga tushirildi
10 may 2022, 18:25

O‘zbekistonning 7 hududida yangi fotoradar va kuzatuv kameralari ishga tushirildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi respublika avtomobil yo‘llari 2022 yil birinchi choragida jami 37 ta yangi fotoradar hamda kuzatuv kameralari bilan boyiganini ma’lum qildi. Ulardan 4 tasi xavfsizlik kamari va mobil telefon bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni aniqlaydi. Fotoradar va kameralar manzili.

Navoiyda UniSat dasturining 20 nafar o‘quvchisi nano sun’iy yo‘ldoshini uchirdi
10 may 2022, 17:51

Navoiyda UniSat dasturining 20 nafar o‘quvchisi nano sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

UniSat ta’lim dasturining 20 nafar o‘quvchi-qizi Navoiy viloyatida o‘zi yasagan ultrazamonaviy nano sun’iy yo‘ldoshini stratosferaga uchirdi. Qizlar uning yordamida havoning ifloslanishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston kosmik fazoni tadqiq etish sohasida hamkorlik qiladi
10 may 2022, 15:26

O‘zbekiston va Qozog‘iston kosmik fazoni tadqiq etish sohasida hamkorlik qiladi

Prezident qarori bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq etish va foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Surxondaryoda Saljuqiylarga oid oltin dinor topildi
10 may 2022, 15:11

Surxondaryoda Saljuqiylarga oid oltin dinor topildi

Termiz tumanida fuqaro bog‘ni sug‘orish chog‘ida og‘irligi 1,92 gramm bo‘lgan oltin tangalarni topib oldi. Termiz arxeologiya muzeyi mutaxassislari dinorlar Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oidligini aniqladi. Fuqaro ularni muzeyga topshirdi.

Toshkentda odamlarni yana soqol olishga majburlashdi
10 may 2022, 14:46 1

Toshkentda odamlarni yana soqol olishga majburlashdi

Toshkentda fuqarolarni yana IIBga olib borib, soqollarini olishga majburlashdi. Ulardan birining so‘zlariga ko‘ra, ularga 15 sutka qamoq bilan tahdid qilishgan va shundan keyin soqolini olishga majbur bo‘lishgan. IIV matbuot kotibi fuqarolar o‘z huquqlari poymol etilgan deb hisoblasa, shikoyat qilishi mumkinligini qayd etdi.

Navoiyda avtobus ag‘darilib ketdi, 5 kishi jarohatlandi
10 may 2022, 12:42

Navoiyda avtobus ag‘darilib ketdi, 5 kishi jarohatlandi

Qiziltepa tumanida ichida 25 kishi bo‘lgan sayyohlik avtobusi ag‘darilib ketdi, oqibatda 5 kishi jarohat oldi. Avariyaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Hafta salqin bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
10 may 2022, 12:32

Hafta salqin bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi

10−13 may kunlari havo salqin bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning ko‘pchilik hududlarida yog‘ingarchilik, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol tezligining kuchayishi kutilmoqda. Hafta davomida tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Uchtepa tumanida 33 nafar hokim yordamchisi hayfsan oldi
10 may 2022, 11:42

Uchtepa tumanida 33 nafar hokim yordamchisi hayfsan oldi

Shu yilning birinchi choragi bo‘yicha poytaxtning Uchtepa tumanida mahallalardagi hokim yordamchilarining faoliyati KPI tizimi bo‘yicha baholandi. Natijada 60 nafar hokim yordamchisidan 33 nafariga o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib kelayotgani uchun hayfsan berildi.

Bir nechta shahar va tumanlarga yangi hokimlar tayinlandi
10 may 2022, 10:38

Bir nechta shahar va tumanlarga yangi hokimlar tayinlandi

Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar, shuningdek, Navoiy va Zarafshon shaharlari, qolaversa, Konimex hamda Navbahor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.

Frontdan maktublar. Urush qatnashchilari nimalar haqida yozishgan?
9 may 2022, 13:26 1

Frontdan maktublar. Urush qatnashchilari nimalar haqida yozishgan?

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari o‘z yaqinlariga xatlarda nimalar haqida yozishgan? “Gazeta.uz” Shon-sharaf muzeyi va “O‘zarxiv” agentligi taqdim etgan xatlar bilan bo‘lishmoqda. Jangchilar nafaqat o‘z yaqinlariga noma yo‘llagan, balki gazetalar tahririyatlariga urush haqidagi hikoyalarini yuborishgan va hattoki sheʼrlar ham yozishgan.

Shavkat Mirziyoyev 9 may kunini qanday o‘tkazmoqda? — video
9 may 2022, 13:23

Shavkat Mirziyoyev 9 may kunini qanday o‘tkazmoqda? — video

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, davlat rahbari G‘alaba bog‘idagi «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.

Metall Center: metall mahsulotlari bozoridagi fenomen
9 may 2022, 13:00

Metall Center: metall mahsulotlari bozoridagi fenomen

Metall Center kompaniyasi O‘zbekiston va xorijlik ishlab chiqaruvchilarning keng turdagi metall mahsulotlari sotuvini amalga oshirmoqda. Xaridorlar uchun tezkor yetkazib berish xizmati va qator chegirmalar mavjud.

Aeroport uzoq, yo‘llar nosoz, infratuzilma qoniqarli emas — O‘zbekistonning Britaniyadagi sayyohlik elchisi Mo‘ynoq haqida
9 may 2022, 10:06

Aeroport uzoq, yo‘llar nosoz, infratuzilma qoniqarli emas — O‘zbekistonning Britaniyadagi sayyohlik elchisi Mo‘ynoq haqida

O‘zbekistonning Londondagi sayyohlik elchisi Sofi Ibbotson Mo‘ynoqning turistik salohiyatini oshirish haqida fikr bildirib, Nukus xalqaro aeroportining shahardan uzoqligi, Mo‘ynoqqacha bo‘lgan yo‘llar nosozligi hamda infratuzilma qoniqarli darajada emasligini ta’kidladi. U borish va qaytish oson va tez, qolaversa, yashash sharoitlari yaxshi bo‘lgan shaharlarda turistlar soni tez ortishini aytib, rasmiylarni Mo‘ynoqqa ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting