Jamiyat

Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun maxsus maktab tashkil etildi
6 may 2022, 09:39

Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun maxsus maktab tashkil etildi

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun «Mehrli maktab» davlat ta’lim muassasasi tashkil etildi. Muassasada 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim hamda 1−11-sinflar uchun umumiy o‘rta ta’lim beriladi.

Maktablar, Mehribonlik uylari va internatlarda ovqatlanish autsorsingga topshirilishi mumkin
6 may 2022, 09:33

Maktablar, Mehribonlik uylari va internatlarda ovqatlanish autsorsingga topshirilishi mumkin

XTV maktablar, maktab-internatlari va Mehribonlik uylarida ovqatlanishni autsorsingga topshirish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi. Autsorsing kompaniyalari foydalanadigan maktab o‘quvchilarining kunlik ratsional ovqatlanish normalari SSV tomonidan tasdiqlanadi.

5 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
5 may 2022, 21:45

5 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Kuchli yomg‘ir tufayli suv ostida qolgan Toshkent ko‘chalari, poytaxt aeroportida bagaj bo‘linmasi ishini efirga uzatish boshlangani, Sportchi Elbek Rahimovning o‘limi bo‘yicha o‘qilgan sud hukmi, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga beriladigan mukofot, madaniy meros obyektiga aylantiriladigan Chorsudagi 7 gumbaz va boshqalar — 5 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Sportchi Elbek Rahimovning o‘limi bilan bog‘liq ish bo‘yicha sudlanuvchilarga hukm o‘qildi
5 may 2022, 20:48

Sportchi Elbek Rahimovning o‘limi bilan bog‘liq ish bo‘yicha sudlanuvchilarga hukm o‘qildi

Qarshida sportchi Elbek Rahimovning o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. 26 nafar ayblanuvchi orasida uch nafar voyaga yetmagan bola va uch nafar ichki ishlar organlari xodimi ham bor. Ulardan 19 nafari 3 yildan 20 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Ayblanuvchilar moddiy va ma’naviy zararni ham qoplashlari shart.

Toshkent aeroportida bagaj bo‘linmasi ishini efirga uzatish boshlandi
5 may 2022, 20:30

Toshkent aeroportida bagaj bo‘linmasi ishini efirga uzatish boshlandi

«Toshkent» xalqaro aeroportiga yetib kelgan yo‘lovchilar o‘z yuklarini endi kameralar orqali kuzatishlari mumkin. Bu yukchilarni intizomga chaqirishi va kutish vaqtini qisqartirishga xizmat qilishi kerak. Ilgari yo‘lovchilar chamadonlarning shikastlangani haqida ko‘p shikoyat qilishardi.

«Bu Toshkentning brendi». Chorsudagi 7 ta kichik gumbaz ham madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi
5 may 2022, 20:01

«Bu Toshkentning brendi». Chorsudagi 7 ta kichik gumbaz ham madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi

Madaniy meros agentligi Chorsu bozoridagi markaziy gumbazga hamohang tarzda qurilgan 7 ta kichik gumbaz davlat muhofazasiga olinganini ma’lum qildi. Agentlik rahbarining birinchi o‘rinbosari Tursunali Kuziyevning so‘zlariga ko‘ra, gumbazlar Toshkentning yuzi hisoblanadi. Ilmiy ekspert kengashi a’zosi Zafar Hakimovning fikricha, Eski-Juva makonini arxeologik yodgorlik sifatida saqlab qolish kerak. Agentlik Chorsu bozorini Eski shaharning tarixiy hududi sifatida ro‘yxatga olishni rejalashtirayapti.

Nest One osmono‘par binosi qurilish maydonchasida yong‘in sodir bo‘ldi
5 may 2022, 19:03

Nest One osmono‘par binosi qurilish maydonchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Tashkent City`dagi Nest One osmono‘par binosi qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi, jabrlanganlar yo‘q.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ularning murabbiylari rag‘batlantiriladi
5 may 2022, 16:57

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ularning murabbiylari rag‘batlantiriladi

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan sportchilar, ularni tayyorlagan murabbiylar va boshqa mutaxassislar qo‘shimcha ravishda pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.

Andijonga Xitoydan 14 ta avtobus keltirildi
5 may 2022, 16:36

Andijonga Xitoydan 14 ta avtobus keltirildi

Andijonga Xitoydan konditsioner va kuzatuv kamerali 14 ta yangi avtobus keltirildi. Ular 70 yo‘lovchini tashish imkoniga ega.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
5 may 2022, 15:34 2

Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, imtihonlar aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili hamda mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda 9-may kuniga siyosiy tus bermaslik so‘raldi
5 may 2022, 15:31

O‘zbekistonda 9-may kuniga siyosiy tus bermaslik so‘raldi

“Yuksalish” harakati O‘zbekistonda 9 may sanasini siyosiy tus bermasdan, vazmin hamda jamiyat qadriyatlaridan kelib chiqqan holda nishonlashni so‘radi. Harakat ushbu sana jamiyat uchun tinchlikning qadriga yetish kuni sifatida qadriyatga aylanib qolganini eslatib o‘tdi.

Toshkentda ShHT turizm forumi bo‘lib o‘tadi
5 may 2022, 14:50

Toshkentda ShHT turizm forumi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonning 2022 yildagi ShHT sammitiga raisligi doirasida 19−20 may kunlari Toshkentda tashkilotga a’zo davlatlarning turizm sohasi mutasaddilari ishtirokida turistik forum bo‘lib o‘tadi.

Qibrayda qurilish boshlagan ikki kompaniya qishloq xo‘jaligi yerlariga 1,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi
5 may 2022, 13:23

Qibrayda qurilish boshlagan ikki kompaniya qishloq xo‘jaligi yerlariga 1,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi

Qibray tumanida ikki kompaniya sug‘oriladigan ikkita yer maydonida noqonuniy qurilish ishlari olib bordi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yetkazilgan zarar 1,8 mlrd so‘mdan ortiq deb baholandi.

Kinologlar va xavfsizlik kuchlarining xizmat itlari «Dog biatlon»da bellashmoqda (+foto, video)
5 may 2022, 12:20

Kinologlar va xavfsizlik kuchlarining xizmat itlari «Dog biatlon»da bellashmoqda (+foto, video)

Chirchiqda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan «Dog biatlon» musobaqasi boshlandi. Unda Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, DXX Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasining otryadlari o‘z xizmat itlari bilan qatnashmoqda.

Kuchli yomg‘ir tufayli Toshkent ko‘chalari yana suv ostida qoldi
5 may 2022, 11:27

Kuchli yomg‘ir tufayli Toshkent ko‘chalari yana suv ostida qoldi

Chorshanba kuni kechqurun kuchli yomg‘ir tufayli Toshkent shimoli-sharqida ko‘cha va hovlilarni suv bosdi. Ma’lum qilinishicha, poytaxt hokimi va boshqa mutasaddilar toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlarini kuzatgan.

Fuqaroni pul evaziga Shvetsiyaga ishga yuborishni va’da qilgan korxona rahbari ushlandi
5 may 2022, 11:17

Fuqaroni pul evaziga Shvetsiyaga ishga yuborishni va’da qilgan korxona rahbari ushlandi

Poytaxtning Chilonzor tumanida korxona rahbari fuqaroni 4 ming dollar evaziga Shvetsiya davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, undan so‘ralgan summaning 2 mingini olgan vaqtida ushlandi.

Mahalliy turistlar O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlari uchun keshbekni qanday olishi mumkin?
5 may 2022, 10:52

Mahalliy turistlar O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlari uchun keshbekni qanday olishi mumkin?

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilgan mahalliy turistlar uchun keshbek Turizm vazirligining elektron platformasi orqali to‘lab beriladi. Bunda turistlardan safar davomida avia, temir yo‘l yoki avtomobil transporti va turar joy xizmatlaridan foydalanish, qolaversa, madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish talab etiladi.

5-may kuni Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida poyezd yurmaydi
5 may 2022, 10:18

5-may kuni Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida poyezd yurmaydi

Chorshanba kuni Qamchiq dovonida kuzatilgan sel oqibatida tog‘ o‘pirilib tushdi. Buning oqibatida 5-may kuniga mo‘ljallangan Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishidagi poyezd harakati vaqtincha to‘xtatildi. Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha aviareyslar yo‘lga qo‘yildi.

7-may — shanba barcha uchun ish kuni etib belgilandi
5 may 2022, 10:03

7-may — shanba barcha uchun ish kuni etib belgilandi

7-may, shanba haftasiga necha kun ishlashidan qat’iy nazar barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi. 14-may esa dam olish kuni sifatida belgilandi. Qolaversa, o‘zbekistonliklar 8−9-may kunlari ketma-ket ikki kun dam oladi.

5−11 may kunlari Farg‘ona viloyatida ommaviy qabullar o‘tkaziladi
4 may 2022, 20:12

5−11 may kunlari Farg‘ona viloyatida ommaviy qabullar o‘tkaziladi

May-iyul oylarida O‘zbekistonning barcha hududlarida fuqarolar muammolari bilan ishlash uchun sayyor qabullar tashkil etiladi. 20 dan ortiq vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etadigan qabullar Farg‘ona viloyatidan boshlanadi. Qabul kunlari va manzillar.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting