Samarqandda istiqomat qiluvchi 29 yoshli ayol uksus kislotasidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda u o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda. Bosh prokuratura tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘z nazoratiga oldi.
Dushanba kuni 91 kishining koronavirusga topshirgan PZR-test tahlili musbat natijani qayd etdi, bir kun avval mazkur ko‘rsatkich 133 tani tashkil qilgandi.
Qurbon hayiti arafasida o‘zbekistonliklar 4 kungacha, 9 iyuldan (shanba) boshlab 12 iyulga qadar (seshanba) dam olishi kutilmoqda, biroq bu hali rasman tasdiqlanmadi. Uzbekistan Airways ayni shu kunlardagi chiptalarga 50 foizlik chegirmani e’lon qildi.
OAV xodimlarini tabriklagan prezident, yoqib yuborilgan 2 tonna narkotik moddalar, Qarshiga boradigan yana bitta Afrosiyob poyezdi, «Oltin qalam» bosh mukofoti sohibiga mashina, jaziramada poyezdning sekin harakatlanishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 27 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Anomal issiqlik tufayli Toshkent metropolitenining yer usti stansiyalarida kunduz kunlari poyezdlar tezligi pasayadi. Shaharlararo poyezdlar ham sekinroq harakatlana boshladi.
OAV xodimlarining chet tillarga o‘qish xarajatlari kompensatsiya qilinadi, Jurnalistlar uyushmasi jurnalistlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarida qatnashadi, jurnalislarni tayyorlash jarayoni amaliyot bilan integratsiya qilinadi — prezident qarori bilan media sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.
8 iyuldan «Toshkent-Qarshi-Toshkent» yo‘nalishida yana bitta Afrosiyob qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Samarqand va Buxoro viloyatlariga qatnaydigan tezyurar poyezdlar harakati jadvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi, yakshanba kungi «Toshkent-Samarqand-Toshkent» yo‘nalishidagi Afrosiyob qatnovi esa to‘xtatiladi.
2023 yildan «Oltin qalam» sohiblarining pul mukofoti oshiriladi, qolaversa, bosh mukofot sohibiga avtomobil beriladi. Har chorakda OAVlarda e’lon qilingan eng yaxshi materiallar mualliflari 15 mln so‘mgacha, bolalarga mo‘ljallangan tele va radio mahsulotlar ijodkorlari esa 90 mln so‘mgacha rag‘batlantiriladi.
«Yashil makon» harakati doirasida kuz va bahor mavsumida jami 213 mln tup daraxt va buta ekildi, deb ma’lum qildi Ekologiya qo‘mitasi. Mazkur daraxtlarni parvarishlashga mas’ul bo‘lgan 109 nafar mansabdor talablarni bajarmagani bois jami 311 mln so‘m miqdorda jarimaga tortildi.
Milliy teleradiokompaniya raisi birinchi o‘rinbosari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farhod Mahmudov 49 yoshida vafot etdi.
Bu hafta O‘zbekistonda havo harorati +45 darajagacha issiq bo‘ladi. Faqat juma kuni issiq biroz pasayadi. Bu iqlimiy meyorlardan 5−7 darajaga yuqori ekani aytildi.
Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi 1 tonna 900 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini maxsus pechda yoqib yubordi.
Buxoro viloyatida 7 gektar ekin yer maydonini 120 ming dollarga sotishga uringan shaxs kelishilgan pulning 20 ming dollarini olayotgan vaqtda ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Uzbekistan Airports Toshkent xalqaro aeroportida yuk aravalari yetishmasligini Abadiya Trade kompaniyasi shartnomani bir tomonlama bekor qilgani bilan izohladi. Aeroport xodimlari yo‘lovchilarga yordam berishadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada bola kaltaklangani aks etgan videoga Farg‘ona viloyati MTB raddiya berdi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea bog‘chada emas, balki defektolog mutaxassisning uyida sodir bo‘lgan. Viloyat IIB bolani mutaxassisning singlisi urgani va ish sudga o‘tkazilganini ma’lum qildi.
26 iyun kuni O‘zbekistonda 133 kishi koronavirusga chalingani (oldingi kun 139 kishi) ma’lum bo‘ldi. Eng ko‘p kasallik Toshkent shahri va Farg‘onada aniqlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit ko‘chada qizni kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi. Farg‘ona IIBning ma’lum qilishicha, yigitning shaxsi aniqlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
25−26 iyun kunlari «Yangi nafas» yoshlar marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxt markazidagi ayrim ko‘chalar soat 18:00 dan ertasi kuni 10:00 gacha yopiladi.
24 iyun kuni respublikada 119 kishining koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Ularning deyarli yarmi Toshkent shahrida aniqlangan.
DXX Chegara qo‘shinlari 1 mln AQSh dollarining o‘zbek-qirg‘iz chegarasidan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting