Ozarbayjon poytaxti Kavkazdagi eng yirik shahar-port sanaladi. Sohillarini Kaspiy dengizi yuvib turadigan shahar ko‘rkam arxitektura, tarixiy maskanlarga boy. “Gazeta.uz” Bokudagi e’tiborga sazovor joylar, yonuvchi tog‘ va loy vulqonlar, ozarbayjon oshxonasi va sayyohlar uchun maslahatlar haqida so‘z yuritadi.
Sirdaryo viloyati Boyovut tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi ish joyida osilgan holda topildi. U qimor o‘yinida yutqazib qo‘ygani uchun o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida 23 iyun kuni soat 7:00 dan 20:00 gacha elektr energiyasi vaqtinchalik uziladi. Bu vaqtda elektr uzatish liniyalarining yangi tayanch ustunlari o‘rnatiladi. Manzillar.
Surxondaryoda ikki shaxs faoliyat yuritish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lmasa-da At Termiziy University xususiy ta’lim muassasasini tashkil etgani aniqlandi. Ular Telegram orqali targ‘ibot olib borishgani va 73 kishidan qariyb 307 mln so‘m undirgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
22 iyun kuni ertalab Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Evos binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Taxminan 40 daqiqadan so‘ng yong‘in o‘chirildi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, jarohat olganlar va qurbon bo‘lganlar yo‘q.
«O‘zbekgidroenergo» «To‘palang» suv ombori pastki qismidan katta hajmda suv chiqishiga GESning 2-komponent inshootidagi suv quvuri to‘sini shikastlanishi sabab bo‘lganini ma’lum qildi. GES direktori va tuman FVB boshlig‘i «vahimaga va aholini evakuatsiya qilishga hojat yo‘qligini» ta’kidlashmoqda.
Toshkent shahrida 9 nafar fuqaroga Yaponiya va Rossiyaga uchish uchun qalbaki aviachiptalar rasmiylashtirib berganlikda gumonlangan tadbirkor hibsga olindi. U chiptalarni 2420 dollar va 20,9 mln so‘mga sotgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryodagi To‘palang suv omboridan suv chiqayotgani aks etgan videolar tarqaldi. FVV buni suv omboridan chiqayotgan suv tashlamasi rejaviy ko‘rsatkichdan oshib ketgani bilan izohladi. «O‘zbekgidroenergo» esa suv ombori to‘g‘oni suv qo‘yib yuborganligi haqidagi xabarlarni rad etib chiqdi.
O‘zbekistonga kelgan Ozarbayjon prezidenti va imzolangan 18 ta hujjat, O‘zbekistonning qariyb $500 mlnga kamaygan oltin-valyuta zaxirasi, Samarqandda aholiga ajratilgan 85 tonna un qimmatga sotilgani va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 21 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
BMTTD va Senat hamkorligida ayollarning huquq va erkinliklarini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston yetakchi ayollar muloqoti o‘z ishini boshladi. Muloqot mamlakatdagi gender tenglik muammolarini hal qilish uchun 14 mintaqadan turli sohalardagi 180 dan ortiq ayollarni birlashtirishni maqsad qilgan.
Toshkentda o‘rtacha oylik miqdor 17 mm ni tashkil etgan bir vaqtda, oy boshidan buyon 22 mm yoki me’yordagidan 130 foiz ko‘proq yog‘ingarchilik yog‘di. 20 iyun kuni poytaxt markazida 15 mm, xalqaro aeroport hududida 21 mm yomg‘ir yog‘di.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ahmadjon Toshxo‘jayev 70 yoshida vafot etdi.
Samarqand va Toshkent shaharlarida fuqarolarni 40 ming dollar evaziga viza rasmiylashtirib berishni va’da qilib, AQShga jo‘natishga uringanlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi.
Koreyaga ishga ketish uchun EPS-Topik test imtihonlariga boshqa fuqaroning o‘rniga kirish va qo‘shimcha vositalardan foydalanishga urinish bilan bog‘liq 23 ta holat aniqlandi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi qoidabuzarlar 3 yilgacha qaytib imtihonda qatnasha olmasligidan ogohlantirmoqda.
Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumaniga Anvar Normamatov hokim etib tayinlandi. Sobiq hokim tumanning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari pastligi uchun tanqid qilingan edi.
JSST ruhiy salomatlik birlamchi tibbiy yordamning bir qismi bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Maktab o‘quvchilari ruhiy salomatlik uchun ijtimoiy va emotsional ta’lim dasturlariga, kattalar esa arzon yordam va ijtimoiy xizmatlarga muhtoj.
Seshanba kuni quyi palata majlisida Rasul Kusherbayev va Alisher Qodirov o‘rtasida bahs yuzaga keldi. Bunga fuqarolarning shaxsiy elektron ma’lumotlarini olishga imkon beruvchi qonun loyihasi sabab bo‘ldi. Rasul Kusherbayev hamkasbining gapini bo‘lib qo‘ygan bo‘lsa, Alisher Qodirov esa shaxsiyatga o‘tib ketdi.
UNICEF O‘zbekistonda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlaridan xavotirda: ayrim hodisalar, jumladan, go‘daklar bilan bog‘liq bo‘lganlari jamoatchilik ko‘z oldida va kuzatuvchilar ishtirokida sodir bo‘lmoqda. Tashkilot ijtimoiy ishchilar institutini tashkil etish kerakligini aytdi.
Samarqandda ikkita holatda qariyb 16 kilorgammga yaqin giyohvandlik vositalarini yetkazib berish va sotish bilan shug‘ullangan uch nafar shaxsga sud hukmi o‘qildi. Ularga nisbatan 11 yildan 13 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi.
Ishtixon tumanida tadbirkor aholiga ajratilgan arzon narxdagi 84,5 tonna un mahsulotini belgilangan mahallalarga yetkazib bermasdan, savdo nuqtalari orqali qimmat narxlarda sotib yuborgani aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting