Senatning 27-yalpi majlisi 13 iyun kuni chaqiriladi. Unda davlat mulkini boshqarish, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklashga oid qonunlar ko‘riladi. Bundan tashqari, senatorlar Oliy sud raisini saylashi rejalashtirilgan.
Shanba kuni erta tongda Buxoro viloyatidagi «Kogon magistral gaz quvurlari» boshqarmasida yong‘in sodir bo‘ldi. Olov 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika yordamida 1,5 soatda bartaraf etildi.
Termiz tumanida Damas avtomashinasidan bolalar bog‘chasi mikroavtobusi sifatida foydalanilayotgani aniqlandi. Mikrovenda 25 bola tashilgan. Mashina old oynalarga parda tortilgani uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Bektemir tumanida ajratilgan drift uchun trassa, qurilish vaziriga tayinlangan yangi o‘rinbosar, yoshlar uchun joriy etilgan subsidiyalar, quyosh va shamol elektr uskunalarini o‘rnatganlarga to‘lanadigan 15 mln so‘mgacha kompensatsiya va boshqala — «Gazeta.uz» ning 10 iyundagi xabarlar dayjestida.
Yanvar-may oylarida O‘zbekistonda jami 90 543 ta nikoh holatlari qayd etildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 373 taga kam.
Prezident tomonidan “Pochta aloqasi to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. Ushbu hujjat bilan qonunchilikka “posilka”, “pochta kuryeri” kabi tushunchalar kiritildi.
Juma kuni Farg‘ona viloyatida kuchli shamol esib, yomg‘ir va do‘l yog‘di. Noqulay ob-havo bino tomlarini uchirib ketgan. FVV kuchli shamol oqibatlari bartaraf etilayotganini ma’lum qildi.
Salkam ikki yil oldin Toshkentda erkak kishi turmush o‘rtog‘ini kaltaklab, unga farzandining najosatini zo‘rlab yedirgan edi. 3 yilga qamalgan shaxs jazo muddatini yengiliga almashtirishni so‘rab sudga murojaat qildi. Sud qarori bilan uning o‘talmay qolgan 2 yildan ortiq jazo muddati yengiliga o‘zgartirildi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, «Yoshlar daftari»dagi va moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga 1 mln 200 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi. Yangi yosh oilalarga uy qurish uchun garovsiz kredit, ijara kompensatsiyasi, davolanish va til o‘rganish uchun moddiy yordam — yoshlar uchun qator subsidiyalar joriy qilindi.
Hukumatning 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan yoshlar siyosati dasturi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, konsultatsiyalar, treninglar, musobaqalar, marafonlar va boshqalarni nazarda tutadi. «Yoshlarning bo‘sh vaqti — yetakchining ish vaqti» tamoyili asosida uyushmagan yoshlar bilan ishlash rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi rahbari Jalol Arashov qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Hukumat qarori bilan kollej yoki texnikum diplomidagi mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar kontrakt asosida OTMga qabul qilinadi. Bunda tavsiyanomaga ega abituriyentlar orasida alohida test o‘tkaziladi, ular orasidan yuqori ball to‘plagan 500 nafarigina OTMga kira oladi.
Toshkent shahrida ikki nafar yoshlar ichki ishlar xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. Bosh prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi shu kungacha O‘zbekistonning 292,6 ming gektar maydonda chigirtkalar tarqalganini aniqladi. Mamlakatning deyarli barcha hududlarida 284 ming gektarlik maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazilgan.
Shanba kuni O‘zbekistonga Kavkaz hududlaridan biroz nam va nisbatan salqin havo kirib keladi. Dushanbagacha ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati asta-sekin pasayib, +31…+33 darajagacha tushadi.
Namangan viloyatida Ishoqxon Ibrat nomidagi davlat chet tillari institutini tashkil etildi. O‘quv jarayonlari sentabrdan boshlanadi.
Toshkent viloyatida haydovchilar uchun Yagona imtihon markazi ochildi. Hududning haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha imtihonlari endi faqat shu yerda o‘tkaziladi. Birinchilardan bo‘lib viloyat rahbari Zoyir Mirzayev imtihon topshirdi.
Juma kuni «Open-air» konserti o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi oldidan o‘tuvchi ko‘cha transport harakati uchun soat 18:30 dan 23:00 gacha yopiladi.
Guliston shahrida 26 yoshli ayol o‘zining 1 yoshli farzandini 15 ming dollar evaziga sotayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumondor hibsga olindi.
Toshkent shahri, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy ravishda sotishga uringanlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular 13 300 dollarni 147,7 mln so‘mga ayirboshlashga harakat qilgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting