Jamiyat

Futbol uchrashuvida tosh otgani uchun salkam 50 kishi hibsga olindi
14 iyun 2022, 15:18

Futbol uchrashuvida tosh otgani uchun salkam 50 kishi hibsga olindi

Toshkent shahar IIBB O‘zbekiston va Iroq yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi futbol bellashuvida tosh otgani uchun 47 kishi hibsga olinganini ma’lum qildi. 19 nafar muxlis ma’muriy javobgarlikka tortildi, 28 nafariga nisbatan esa tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mahalladagi davlat ko‘chmas mulkini auksionga chiqarish bilan hokim yordamchisi shug‘ullanishi mumkin
14 iyun 2022, 15:09

Mahalladagi davlat ko‘chmas mulkini auksionga chiqarish bilan hokim yordamchisi shug‘ullanishi mumkin

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2000 kv. metrgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulkini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri auksion savdolariga chiqarishni taklif etmoqda. Agentlik buyurtmani 3 ish kunida o‘rganib chiqadi, ma’qullangan taqdirda obyekt savdoga qo‘yiladi.

Qarshi davlat universitetiga $10 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14 iyun 2022, 13:40

Qarshi davlat universitetiga $10 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Ikki nafar abituriyentni Qarshi davlat universitetiga 10 ming dollar evaziga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushbu pullarni olganida qo‘lga tushdi. Surxondaryoda esa Pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari 5 mln so‘m evaziga o‘qishga qabul qilishini aytib, 100 dollar olganida ushlandi.

Qozog‘istondan 31 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi
14 iyun 2022, 12:43

Qozog‘istondan 31 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 51 nafar xorij fuqarosi dorivor kavraklarni yig‘ish bilan shug‘ullangani aniqlandi, ularning 31 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Sud qarori bilan ular migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilindi.

Qon topshir, hayotni saqla
14 iyun 2022, 12:23

Qon topshir, hayotni saqla

Qon hamma joyda kerak, ammo unga muhtojlar qonni hamma joyda ham ololmaydi. «Qon topshirish — birdamlik harakatidir. Donorga aylaning va hayotlarni saqlab qoling» — bu Butunjahon donorlar kuni chaqiruvidir. O‘zbekistonda qon topshirish mumkin bo‘lgan manzillar — «Gazeta.uz» materialida.

Hafta o‘rtasida poytaxtda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin
14 iyun 2022, 12:07

Hafta o‘rtasida poytaxtda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Toshkentda chorshanba-payshanba kunlari ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lmagan 4 ballik magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bo‘ron vaqtida arterial gipertoniya va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar ko‘proq aziyat chekadi, shu bois bu vaqtda kamroq harakat qilish tavsiya etiladi.

Transplantatsiya sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda
14 iyun 2022, 11:21

Transplantatsiya sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda

Senat inson a’zolari va to‘qimalarini ko‘chirish sohasidagi qonunchilik normalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartishlarni ma’qulladi. Senatorlar a’zo va to‘qimalarni olish maqsadida odam o‘g‘rilash yoki odam savdosi xavfi bilan bog‘liq vatandoshlarning qo‘rquvi haqida ham so‘z yuritishdi.

Tojikistonga $356 mingni yashirincha olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi
14 iyun 2022, 10:30

Tojikistonga $356 mingni yashirincha olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi

Bekobodlik ikki nafar ayol 356 ming dollarni kiyimlari orasiga yashirgan holda Tojikistonga olib chiqishga uringanida qo‘lga olindi. Ular bu ishni xizmat haqi evaziga tojikistonlik fuqaro iltimosiga ko‘ra amalga oshirgani aytilmoqda. Hozirda pullarning haqiqiy egalarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Toshkent yerusti halqa metrosining 2-bosqichi qachon tugaydi va bu qanchaga baholanmoqda?
13 iyun 2022, 23:29

Toshkent yerusti halqa metrosining 2-bosqichi qachon tugaydi va bu qanchaga baholanmoqda?

Yer usti metrosining 2-bosqichi qurilishi 2023 yil mart oyida yakunlanishi kutilmoqda. «Qo‘yliq»dan «Quruvchilar» massivigacha bo‘lgan 5 ta bekatni yil oxirigacha, yana 2 bekatni «Navro‘z» bayramiga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Uzum ko‘chatlarini shpalerga ko‘tarish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi
13 iyun 2022, 22:06

Uzum ko‘chatlarini shpalerga ko‘tarish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

Hukumat qarori bilan xo‘raki va kishmishbop tokzorlarni barpo etgan talabgorga Bog‘dorchilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan, sanoatbop tokzorlarni barpo etganga esa Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan bir martalik subsidiya beriladi.

13 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
13 iyun 2022, 22:02

13 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Alkogol va tamaki bo‘yicha qonunni rad etgan Senat, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi 3-tunnel topilgani, otasi va akasini bolg‘a bilan o‘ldirgan samarqandlik o‘g‘il, suv bosgan «O‘rikzor» bozori, kaltaklangan Sevimli muxbiri va operatori va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 13 iyundagi xabarlar dayjestida.

Oziq-ovqat inqirozi — bugun va ertangi kun
13 iyun 2022, 19:30

Oziq-ovqat inqirozi — bugun va ertangi kun

Dunyo mamlakatlarida oziq-ovqat tanqisligi boshlandi. Endi vaziyat yomonlashib boraveradimi? Bizni qanday ssenariylar kutmoqda? Vaziyat qachon o‘nglanishi mumkin? «Gazeta.uz» ushbu maqolada bu boradagi turli tahlillar va fikrlarni sizning e’tiboringizga havola etadi.

Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi uchinchi yerosti tunneli aniqlandi
13 iyun 2022, 17:48

Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi uchinchi yerosti tunneli aniqlandi

Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari O‘sh hududidagi uylardan birida O‘zbekistonga olib o‘tuvchi 177 metrlik maxfiy yerosti tunneli borligini aniqlandi. Bu so‘nggi bir oy ichida topilgan uchinchi tunnel hisoblanadi. Uni ikki nafar shaxs valyuta va tovarlar olib o‘tish uchun qaziganligi aytilmoqda.

Qashqadaryoda sayyor kassa xodimlari 100,5 mln so‘mlik pensiya va nafaqani o‘zlashtirdi
13 iyun 2022, 17:09

Qashqadaryoda sayyor kassa xodimlari 100,5 mln so‘mlik pensiya va nafaqani o‘zlashtirdi

Shahrisabz tumanida sayyor kassaning buxgalter-nazoratchisi va kassiri 150 nafar fuqaroning mart, aprel va may oylari uchun pensiya va nafaqa pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi. Ular tekshiruv vaqtida 100,5 mln so‘mlik zararni to‘liq qoplagan. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda to‘siqsiz turizmni rivojlantirish taklif etildi. Bu nima degani?
13 iyun 2022, 16:31

O‘zbekistonda to‘siqsiz turizmni rivojlantirish taklif etildi. Bu nima degani?

Turizm vazirligi O‘zbekistonda to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirishni taklif qildi. Sayohatni nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylashtirish, pandus, lift va ovozli ma’lumotnomalarni o‘rnatish, imtiyoz va chegirmalar berish — 5 yilga mo‘ljallangan dastur haqida batafsil «Gazeta.uz» materialida.

«O‘rikzor» bozorida issiq suv quvuri yorilib ketdi
13 iyun 2022, 16:20

«O‘rikzor» bozorida issiq suv quvuri yorilib ketdi

Uchtepa tumanidagi «O‘rikzor» bozori hududida 800 mm diametrli magistral issiqlik tarmog‘i quvuri yorilib ketdi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bunga kuz-qish mavsumiga sinov-tayyorgarlik ishlari sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Andijonda jurnalistning ishiga aralashish bo‘yicha yangi holat sodir bo‘ldi
13 iyun 2022, 15:15

Andijonda jurnalistning ishiga aralashish bo‘yicha yangi holat sodir bo‘ldi

Andijonda ichki ishlar xodimi Human.uz jurnalistiga bozorda shakar uchun navbatda turganlarni tasvirga olishiga to‘sqinlik qildi. IIV navbatda turgan fuqarolar tomonidan tasvirga olishga e’tirozlar bildirilganini ta’kidladi, biroq nashr buni rad etib chiqdi. Jamoatchilik jurnalistni himoya qilmoqda.

DXX 15 kgdan ortiq «gashish» moddasi aylanmasiga chek qo‘ydi
13 iyun 2022, 14:55

DXX 15 kgdan ortiq «gashish» moddasi aylanmasiga chek qo‘ydi

DXX Sirdaryo YPX maskanida o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaroning avtomobili yukxonasida 4,5 kg «gashish» moddasi borligi aniqlandi. Tadbir davomida gumonlanuvchining qashqadaryolik sherigiga tegishli xonadondan yana 11 kgdan ko‘proq «gashish» chiqdi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda o‘g‘il o‘z otasi va akasini bolta bilan o‘ldirib qo‘ydi
13 iyun 2022, 13:09

Samarqandda o‘g‘il o‘z otasi va akasini bolta bilan o‘ldirib qo‘ydi

Urgutda fuqaro o‘zining otasi va akasi bilan janjallashib, ularni bolta va pichoq bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi. Shundan so‘ng, u tuman IIBga borib, aybiga iqror bo‘lgan va ularning jasadini uyining tomorqasiga ko‘mib yuborganini aytgan. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hafta issiq bo‘lishi kutilmoqda
13 iyun 2022, 12:17

Hafta issiq bo‘lishi kutilmoqda

Hafta davomida quruq va kam bulutli ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, kunduzi harorat +42 darajagacha ko‘tariladi, kechalari esa +21 daraja atrofida bo‘ladi. Dushanba va seshanba kunlari tog‘li hududlarda sel kelish xavfi mavjud.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting