Samarqand viloyatida mashina 4 yoshli qizchani piyodalar o‘tish joyida urib yubordi, u vafot etdi. YHXX mahallada suhbat uyushtirib, aholiga «ogohlikka chorlovchi» bukletlar tarqatdi.
Hafta mobaynida O‘zbekiston bo‘ylab havo ochiq va issiq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati hududlarga qarab, +35…+42 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi, juma kuni esa ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
O‘zbekiston birinchi prezidentining yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan Georgiy Kraynov 88 yoshida vafot etdi. U so‘nggi yillarda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida yetakchi ilmiy xodim lavozimida ishlab kelayotgandi.
Yakshanba kuni kechasi Samarqand viloyati Narpay tumanidagi oziq-ovqat do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. FVV yong‘in oqibatida uchta do‘konning taxminan 70 kv.m. maydonda shift, tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari zararlanganini ma’lum qildi.
Poytaxtning Yunusobod tumanida noma’lum shaxs mushukka qarata taxminan pnevmatik quroldan o‘q otgani aytilmoqda. IIBB aholidan uy yoki ko‘cha hayvonlariga nisbatan har qanday zo‘ravonlik holatlari haqida xabar berishni so‘ramoqda.
Buxoroda o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi doirasida Buxoro shahri 2022 yilda — «Turkiy dunyoning yoshlar poytaxti» deb e’lon qilindi.
Rossiya 14 iyundan boshlab O‘zbekiston fuqarolarining temir yo‘l orqali kirishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda. Birinchi bo‘lib «Toshkent-Samara» va «Toshkent-Volgograd» yo‘nalishlarida qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Adliya vazirligi «so‘m» ramzi bo‘yicha tanlov g‘olibi bo‘lgan belgi va «In-Core systems» kompaniyasi logosidagi o‘xshashliklarga munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, «Fransiya kompaniyasining logosi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan va himoyalanmagan», pul belgilari esa «mualliflik huquqi obyekti hisoblanmaydi».
Ombudsman Farg‘onaning 10-son tergov hibsxonasida o‘g‘lini kaltaklashgani haqida arz qilgan onaning murojaatini o‘z nazoratiga oldi. Hibsxona xodimlari gumonlanuvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishni so‘raganda mahbusni «terpila» deb, kaltaklagan va «bu yerdan o‘liging chiqadi» deb javob bergan.
«Chilonzor» yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd elektr ta’minoti bilan bog‘liq nosozlik sabab «Olmazor» bekatida to‘xtab qoldi. Toshkent metropoliteni ma’lum qilishicha, buning oqibatida yo‘nalishning qolgan bekatlarida poyezdlar vaqtincha bir tomonlama harakatlanishiga to‘g‘ri kelgan.
Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha komissiyaga o‘lim jazosini tiklash va parlamentar respublikaga o‘tish takliflari yuborildi. Komissiya raisi Akmal Saidov o‘lim jazosi haqida «davlat o‘zi bermagan narsasini olib qo‘yishga haqqi yo‘q» dedi, parlamentar respublika esa «bizga kerak bo‘lmasa kerak» deya ta’kidladi.
Amerikancha olchali pirog, shtreyzel va olchali pirojkalar, tvorogli xamirdan olchali o‘ramalar, olcha va o‘rikli pirog, olchali keks va boshqalar — Zira.uz mazali olchali pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Toshkentdagi Kichik xalqa yo‘lida Nexia-3 avtomobili piyodalarga yo‘l berish uchun to‘xtagan avtobus orqasiga kelib urildi. «Toshshahartransxizmat» ma’lum qilishicha, katta tezlikda harakatlangan yengil avtomobil haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
O‘zbekistonda yangi so‘m ramzi va unga faollar munosabati, Xorazmga borgan o‘zbek-tojik prezidentlari, deyarli 63 mln so‘mgacha ko‘tarilgan haj to‘lovi, ayrim AYOQSHlarda benzin to‘liq quyilmayotgani, ishdan ketgan 40 nafar farg‘onalik hokim yordamchisi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 3 iyundagi xabarlar dayjestida.
«O‘zneftgazinspeksiya» tomonidan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida bir qator qonunbuzarliklar aniqlangan. Xususan, 43 ta holatda iste’molchilarga benzin har 10 litr uchun 10 dan 740 ml gacha kam quyilayotgani ma’lum bo‘ldi.
«Yaxshiroq variantlar borligi aniq», «Bu qanaqadir xususiy bank logotipi emasku», «Koinotdan sovg‘a»… Jamoatchilik faollari o‘zbek so‘mining ramziy belgisi tanlovida g‘olib bo‘lgan loyiha bo‘yicha turlicha fiklar bildirishdi. Ayrimlar o‘z loyihalarini taklif qilishdi. «Gazeta.uz» ularni bir maqolaga to‘pladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yer uchastkalarini avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali xususiylashtirish uchun arizalarni qabul qilishni boshladi.
Poytaxt hokimligi aholidan daraxtlar atrofi betonlangani yoki asfalt yotqizilayotgan holatlar haqida Xalq Nazorati platformasi orqali xabar berishni so‘radi. Ta’kidlanishicha, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijrochilar bilan tezda bog‘lanishga yordam beradi.
Hukumat qarori bilan Xorijiy OTMda kontrakt asosida o‘qiyotgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya ajratiladi. Qolaversa, «Yangi O‘zbekiston» universitetining ayrim talabalariga davlat granti beriladi. Har ikki holatda ham talabgorlar o‘qish tugagach 5 yilgacha ishlab berishi kerak bo‘ladi.
Samarqandda qozog‘istonlik va mahalliy turistlarga kuch ishlatgan, shu jumladan, elektroshoker qo‘llagan Ichki ishlar bo‘limining ikki nafar xodimi ishdan bo‘shatildi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting