Jamiyat

Mo‘g‘uliston o‘zbekistonliklar uchun 30 kunlik vizasiz rejimni joriy qildi
3 iyun 2022, 13:05

Mo‘g‘uliston o‘zbekistonliklar uchun 30 kunlik vizasiz rejimni joriy qildi

Mo‘g‘uliston TIV O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etilganini e’lon qildi.

Cho‘milish taqiqlanadi. Qanday qilib Toshkent shahar plyajlarisiz qoldi?
3 iyun 2022, 13:00

Cho‘milish taqiqlanadi. Qanday qilib Toshkent shahar plyajlarisiz qoldi?

Jazirama yoz kunlari ochiq suv havzalarida cho‘milishning paytiligiga qaramay, so‘nggi yillarda Toshkentda fuqarolar uchun birorta ham suv havzasi barpo etilmadi, borlari ham yo‘q qilindi. XX asr shaharsozlari qanday qilib Toshkent iqlimiga mos obyektlar qurgan va nima uchun suv havzalarini qaytarish kerak?

Dam olish kunlari ob-havo quruq va iliq bo‘ladi
3 iyun 2022, 12:56

Dam olish kunlari ob-havo quruq va iliq bo‘ladi

Dam olish kunlari respublikaning ko‘pchilik qismida quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutiladi. 3−4 iyunda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Sirdaryo HETKning ikki xodimi tadbirkordan $51 ming talab qilgani aytilmoqda
3 iyun 2022, 12:20

Sirdaryo HETKning ikki xodimi tadbirkordan $51 ming talab qilgani aytilmoqda

Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ikki xodimi tadbirkordan elektr energiyasi liniyasini ulab berish evaziga 51 ming dollar talab qilganlikda gumonlanmoqda. DXX ularni kelishilgan mablag‘dan 300 mln so‘mi va 5 ming dollarini olgan vaqtida ushladi. Ularga nisbatan jinoyati ishi qo‘zg‘atildi.

Haj ziyorati 18 iyundan boshlanadi
3 iyun 2022, 12:01

Haj ziyorati 18 iyundan boshlanadi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hajga boruvchilar 18−30 iyun kunlari O‘zbekistonning 7 ta hududidan Madina shahriga jo‘nab ketishini ma’lum qildi. Yosh chegarasi 65 yosh etib belgilanmoqda, qolaversa, ziyoratchilar kovidga qarshi to‘liq dozada vaksina olgan va salbiy PZR-ma’lumotnomaga ega bo‘lishi shart.

Farg‘onada 40 nafar hokim yordamchisi lavozimidan ozod etildi
3 iyun 2022, 11:23

Farg‘onada 40 nafar hokim yordamchisi lavozimidan ozod etildi

Farg‘ona viloyatida faoliyati qoniqarsiz deb topilgan 38 nafar hokim yordamchisi o‘z arizasiga ko‘ra, yana ikki nafari esa sud qarori asosida ishdan bo‘shatildi. Bundan tashqari, yaxshi natijaga erishgani uchun «Chekxitoy» mahallasidagi hokim yordamchisi Nurmatjon G‘oziyev esa prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi.

2 nafar hokim o‘rinbosari ishdan olindi, 19 nafariga esa hayfsan berildi
3 iyun 2022, 10:48

2 nafar hokim o‘rinbosari ishdan olindi, 19 nafariga esa hayfsan berildi

Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzakov o‘tkazgan yig‘ilishda investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyati ko‘rsatkichlari bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hokim o‘rinbosarlariga choralar ko‘rildi. Bo‘zatov tumani va Zarafshon shahri hokimlarining o‘rinbosarlari ishdan olinib, yana 19 nafar o‘rinbosarga hayfsan berildi.

Hajga boruvchilar uchun to‘lov miqdori deyarli 63 mln so‘mgacha ko‘tarildi
3 iyun 2022, 10:35

Hajga boruvchilar uchun to‘lov miqdori deyarli 63 mln so‘mgacha ko‘tarildi

«Haj-2022» mavsumi uchun ziyoratchilar 62,9 mln so‘m to‘lov qilishi kerakligi belgilandi. 2019 yilda Haj uchun to‘lov 33,3 mln so‘mga teng edi. Narxlar oshganligiga Saudiya hukumati tomonidan Haj safari narxiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy qilingani sabab bo‘lganligi ta’kidlandi.

Denovda 20 kg «opiy»ni $140 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3 iyun 2022, 10:23

Denovda 20 kg «opiy»ni $140 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 20 dona o‘ramdagi giyohvandlik moddalarni $140 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Holat yuzasidan kontrabanda va psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

USAID Jizzax viloyatiga tuberkulyoz bilan kurashish uskunalarini topshirdi
3 iyun 2022, 10:01

USAID Jizzax viloyatiga tuberkulyoz bilan kurashish uskunalarini topshirdi

USAID tuberkulyozga qarshi kurashda yordam berish uchun Jizzax viloyatidagi tibbiyot muassasalariga qariyb $75 minglik asbob-uskunalar topshirdi. Ilgari boshqa viloyatlarga ham xuddi shunday jihozlar berilgandi.

Kassir xaridorlar chekidan 16,5 mln so‘m keshbek yig‘di
3 iyun 2022, 09:22

Kassir xaridorlar chekidan 16,5 mln so‘m keshbek yig‘di

O‘zbekistonda kompaniyalardan birining kassiri bir oy davomida xaridorlarning 1,6 mlrd so‘mlik 152 dona kassa cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazib, salkam 16,5 mln so‘m miqdorida keshbek to‘plagani aniqlandi. Davlat soliq qo‘mitasi ushbu summani bekor qildi.

Prokuratura Qashqadaryoda askar yigitning o‘limi yuzasidan tergov harakatlarini boshladi
2 iyun 2022, 22:41

Prokuratura Qashqadaryoda askar yigitning o‘limi yuzasidan tergov harakatlarini boshladi

Qashqadaryoda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan 18 yoshli Ruslan Qidiraliyev vafot etdi. O‘limga «surunkali yurak ishemik kasalligi» sabab bo‘lgani aytilmoqda. Biroq yaqinlari bunga ishonayotgani yo‘q va uning kaltaklanganini da’vo qilishmoqda. Harbiy prokuratura tergovni boshladi.

Maktablarga 1-sinfga qabul qilish va ko‘chirib o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
2 iyun 2022, 18:36

Maktablarga 1-sinfga qabul qilish va ko‘chirib o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qaroriga ko‘ra, bolalar 1-sinfga 7 yoshga to‘ladigan yilda, 20 iyundan 31 iyulgacha YAIDXP yoki XTVning elektron xizmatlar portali orqali yuborilgan ariza asosida qabul qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazish tartibi ham belgilab berildi.

Iyun oyida O‘zbekiston bo‘ylab yoshlar festivallari o‘tkaziladi
2 iyun 2022, 17:55

Iyun oyida O‘zbekiston bo‘ylab yoshlar festivallari o‘tkaziladi

30 iyunga qadar Yoshlar oyligi munosabati bilan O‘zbekistonda «mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika» darajasida yoshlar festivallari va forum, tanlov va sport musobaqalari o‘tkaziladi. Ular qatoridan Buxoroda Turkiy davlatlar tashkiloti va Toshkentda SHHTga a’zo davlatlar yoshlari uchun forumlar ham o‘rin olgan.

Bahodir Abdikarimov Madaniy meros agentligiga rahbar bo‘ldi
2 iyun 2022, 17:22

Bahodir Abdikarimov Madaniy meros agentligiga rahbar bo‘ldi

Bosh prokuratura mas’ul xodimi Bahodir Abdikarimov Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori etib tayinlandi. U mazkur lavozimda 5,5 oy ishlagan Shaxriyor Nurulloyevning o‘rnini egalladi.

50 tonnadan ortiq tuz sotuvdan olib tashlandi — SES
2 iyun 2022, 12:53

50 tonnadan ortiq tuz sotuvdan olib tashlandi — SES

May oyida 7 ta korxonada standartlarga javob bermaydigan 50 tonnadan ortiq yodlangan tuzning sotuvga chiqarilishi taqiqlandi. Hozirda respublikada jami 117 ta korxona tuz ishlab chiqaradi va qadoqlaydi. Farg‘ona vodiysida iste’mol qilinadigan tuzning 10−53 foizida yod miqdori past ekani ma’lum bo‘ldi.

Nizoli holatda YPX xodimini tasvirga olishni hech kim taqiqlamoqchi emas — Alisher Qodirov
2 iyun 2022, 12:53

Nizoli holatda YPX xodimini tasvirga olishni hech kim taqiqlamoqchi emas — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov fraksiya a’zolari YPX xodimini suratga olishni taqiqlovchi qonun loyihasini boshqa normalar borligi uchun ham qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, nizoli holatda YPX xodimini tasvirga olishni hech kim taqiqlamoqchi emas. Partiya deputatlari esa mazkur normani qonundan chiqarib yuborish kerakligini, ichki ishlar xodimlari qasddan fuqarolarni aybdor qilishga uringanida o‘zini himoya qilish uchun ham videoga olish zarurligini ta’kidlashdi.

Yer usti metrosi ostidagi yer maydonlari auksion orqali ijaraga beriladi
2 iyun 2022, 12:11

Yer usti metrosi ostidagi yer maydonlari auksion orqali ijaraga beriladi

Hukumat qarori bilan yer usti metro yo‘nalishlari ostida joylashgan yer uchastkalari Toshkent shahar hokimligi zaxirasiga o‘tkaziladi. Yer maydonlari fudtrak hamda yengil turdagi qurilmalarni qurish va joylashtirish uchun auksion orqali 5 yilga ijaraga beriladi. Shuningdek, «Do‘stlik-Qo‘yliq» yer usti metro yo‘nalishi 1−5 bekatlari oralig‘ida sayilgohlar tashkil etiladi.

DXX Andijonda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi
2 iyun 2022, 11:58

DXX Andijonda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi

DXX Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Gumondorlar yonidan, ularga tegishli mashina va xonadonlardan jami 5,5 mingga yaqin «Tropikamid», «Zardeks», «Lirika», «Regapen» va «Siklodol» topildi. Qolaversa, garov sifatida qoldirilgan haydovchilik va nikoh guvohnomalari, diplom, pasportlar borligi aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston yozda Rog‘un GESdan energiya sotib olishni rejalashtirmoqda
2 iyun 2022, 10:23

O‘zbekiston yozda Rog‘un GESdan energiya sotib olishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari yozda Rog‘un GESdan elektr energiya eksport qilish bo‘yicha memorandum imzoladi. Yil oxirigacha energiya sotib olish hajmi va tariflari bo‘yicha shartnoma tuzish rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting