Jamiyat

Yunusobodda Malibu haydovchisini to‘xtatishda o‘qotar quroldan foydalanildi
8 yanvar 2022, 12:07

Yunusobodda Malibu haydovchisini to‘xtatishda o‘qotar quroldan foydalanildi

Davlat raqamisiz bo‘lgan Malibu haydovchisi prezident tashrifi chog‘ida o‘rnatilgan cheklovlarga bo‘ysunmadi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mashinaga qarata bir necha marotaba o‘q uzishdi. Haydovchi qo‘lga olingan. U mast holatda bo‘lgani aytilmoqda.

Navoiyda «Turizm ko‘chasi» bunyod etiladi
8 yanvar 2022, 10:31

Navoiyda «Turizm ko‘chasi» bunyod etiladi

Navoiy shahrida sayyohlar uchun qiymati 13,7 mlrd so‘mlik «Turizm ko‘chasi» qurilishi boshlandi. Loyihaga ko‘ra, hududga yangi granit toshlari yotqiziladi, piyoda va velosiped yo‘laklari, selfi hududlar, mahalliy aholi va sayyohlar uchun ovqatlanish joylari bunyod etiladi.

Qozog‘istonda tahsil olayotgan bir guruh o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi
7 yanvar 2022, 22:12

Qozog‘istonda tahsil olayotgan bir guruh o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi

Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan 35 nafar talaba Nursultondan Toshkentga qaytarildi.

7 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 yanvar 2022, 22:00

7 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Mehnat ta’tilidan 2 kunda qaytgan Shavkat Mirziyoyev, nomi oqlangan 120 nafar qatag‘on qurbonlari, O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini tan olishni boshlagan Buyuk Britaniya, tuxum eksporti cheklanganini vaqtincha chora deya atagan Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, piyodani urib yuborgan avtobus, xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanma va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 7 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Coca-Cola`dan haqiqiy Yangi yil sehrining retsepti: karvon, taomlar festivali, tanlovlar va raqslar
7 yanvar 2022, 19:00

Coca-Cola`dan haqiqiy Yangi yil sehrining retsepti: karvon, taomlar festivali, tanlovlar va raqslar

O‘zbekiston bo‘ylab bo‘lib o‘tgan Coca-Cola yangi yil tadbirning mehmonlari va tashkilotchilari bayram nimalar bilan esda qolgani haqida so‘zlab berishdi.

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi
7 yanvar 2022, 17:05

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

Olmazor tumanida 43-sonli yo‘nalishdagi «ISUZU» rusumli avtobus svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtash paytida yo‘l chetiga yiqilib tushgan piyodani urib ketdi. Buning oqibatida fuqaro voqea joyida vafot etgan. Piyoda mast holatda bo‘lganligi aytilmoqda.

Chiptalarni muddati o‘tgandan keyin ham — 24 yanvargacha almashtirish mumkin
7 yanvar 2022, 16:05

Chiptalarni muddati o‘tgandan keyin ham — 24 yanvargacha almashtirish mumkin

Temiryo‘l kassalari oldida yuzaga kelgan navbatlar va tartibsizliklar ortidan — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 11 yanvargacha xarid qilingan chiptalarni almashtirish muddati ham 24 yanvarga qadar uzaytirilganini ma’lum qildi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» esa «chipta almashtirish uchun qo‘shimcha to‘lovlar olinmasligi va qo‘shimcha poyezdlar ham yo‘lga qo‘yilishini» qayd etdi.

Qo‘llanma: Xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish va keshbek olish
7 yanvar 2022, 15:56

Qo‘llanma: Xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish va keshbek olish

1 yanvardan boshlab xarid chekini «Soliq» mobil ilovasidan ro‘yxatdan o‘tkazgan fuqarolarga xarid summasining 1 foizi qaytariladi. Qaysi xarid cheki haqiqiy hisoblanadi, xarid chekini qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin va keshbekni bank kartasiga o‘tkazish haqida «Gazeta.uz» qo‘llanmasida.

Chigit ishi: Samarqandlik tadbirkorning mahsuloti 10 kunda yetkazib berilishi aytilmoqda
7 yanvar 2022, 14:58

Chigit ishi: Samarqandlik tadbirkorning mahsuloti 10 kunda yetkazib berilishi aytilmoqda

Qashqadaryo viloyati chegarasida 100 tonna chigit to‘xtatib qolinganiga «texnik xatolik tufayli ta’minotchi korxona urug‘lik chigit berib yuborganligi» sabab qilib ko‘rsatildi. Samarqandlik tadbirkorning mahsuloti 10 kunda yetkazib berilishi aytilmoqda. Antimonopoliya qo‘mitasi 2020 yilgi chigit ishidan keyin ushbu holat Qashqadaryoda yana takrorlanganini hamda vaziyat o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi
7 yanvar 2022, 12:55

Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi

Yaqin kunlarda havo haroratining sovishi, biroq yog‘ingarchiliklarsiz bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +10 daraja iliq bo‘ladi, ba’zi hududlarga tuman tushishi mumkin.

«Chilonzor» metrosida tajriba tariqasida hojatxona qurilmoqda
7 yanvar 2022, 12:46

«Chilonzor» metrosida tajriba tariqasida hojatxona qurilmoqda

Toshkent metropoliteni tajriba tariqasida «Chilonzor» metro bekatida hojatxona qurishni boshladi, agar bu o‘zini oqlasa, boshqa bekatlarda ham tadbiq etiladi. Shuningdek, bekatlarda yo‘l ko‘rsatkichlarini zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich almashtirish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Jenisbek Piyazov maktabgacha ta’lim vazirining maslahatchisi etib tayinlandi
7 yanvar 2022, 12:30

Jenisbek Piyazov maktabgacha ta’lim vazirining maslahatchisi etib tayinlandi

Jenisbek Piyazov jamoatchilik asosida maktabgacha ta’lim vaziri maslahatchisi etib tayinlandi. U sohada madaniyat va san’atni rivojlantirishga yordam beradi.

O‘zbekistonda kunlik koronavirusga chalinish holatlari keskin ortdi
7 yanvar 2022, 11:51

O‘zbekistonda kunlik koronavirusga chalinish holatlari keskin ortdi

So‘nggi ikki kun ichida O‘zbekistonda 397 kishi koronavirus yuqtirib oldi, uch kishi esa vafot etdi. 5 yanvargacha COVID-19`ga chalinganlar soni 100 kishidan oshmayotgan, 9 kundan beri esa o‘limlar qayd etilmagan edi.

Buyuk Britaniya O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini tan olishni boshladi
7 yanvar 2022, 11:24

Buyuk Britaniya O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini tan olishni boshladi

Buyuk Britaniya 10 yanvardan O‘zbekistonning koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarini rasman tan olishni boshlaydi. Endilikda vaksina olgan o‘zbekistonliklar Angliyaga kirish uchun PZR testini taqdim etishlari shart bo‘lmaydi.

120 nafar qatag‘on qurbonlari nomlari oqlandi — Oliy sud
7 yanvar 2022, 10:50

120 nafar qatag‘on qurbonlari nomlari oqlandi — Oliy sud

Oliy sud 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha surgun qilingan, otilgan va mol-mulki musodara qilingan 120 nafar qatag‘on qurbonlari nomini oqladi.

Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi
7 yanvar 2022, 09:51

Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 kun davom etgan mehnat ta’tilidan qaytib, odatdagi tartibda ishlashga kirishdi. O‘tgan yili davlat rahbari 7 kun davomida mehnat ta’tilida bo‘lgandi.

Qishloqdagi qish Madina A’zam obyektivida
7 yanvar 2022, 09:05

Qishloqdagi qish Madina A’zam obyektivida

Tez-tez o‘chib turuvchi chiroq, pechdan taraladigan achchiq tutun isi, sovuq havoda o‘choqda tayyorlangan ovqat, sandal atrofidagi tushlik. Qishloq ahli qishni qanday o‘tkazishi — Madina A’zam fotohikoyasida.

6 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
6 yanvar 2022, 22:00

6 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qozog‘iston prezidenti bilan muloqot qilgan Shavkat Mirziyoyev, OTM, kollej va litsey talabalari uchun uzaytirilgan qishki ta’til, chigit ishi sabab Qashqadaryo hokimligini ogohlantirgan Biznes-ombudsman, Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirgan TIV, Navoiyda qum bosib qolgan 5 nafar buxorolik oltin qazuvchi, YPX ko‘z oldida uchta yo‘l qoidasini buzgan Qashqadaryo hokimligi haydovchisi va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 6 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Sportchi Elbek Rahimovning o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishida 26 kishi sud qilinmoqda
6 yanvar 2022, 19:42

Sportchi Elbek Rahimovning o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishida 26 kishi sud qilinmoqda

Qarshi shahrida sport ustasi Elbek Rahimovning o‘ldirib ketilganiga oid jinoyat ishini sudda ko‘rish boshlandi. Jami 26 kishi — qasddan odam o‘ldirish, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir va yengil tan jarohatlari yetkazish, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, odam o‘g‘irlash, pora olish va berish, aybsiz kishini javobgarlikka tortish, yolg‘on guvohlik berish, jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish, bezorilik moddalari bilan sudlanmoqda.

Uzbekistan Airways 13 yanvargacha Qozog‘iston shaharlariga parvozlarni bekor qildi
6 yanvar 2022, 18:37

Uzbekistan Airways 13 yanvargacha Qozog‘iston shaharlariga parvozlarni bekor qildi

Uzbekistan Airways kompaniyasi 8−13 yanvar kunlari Qozog‘iston shaharlariga uchishi rejalashtirilgan reyslarni bekor qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting