1 iyundan boshlab chek bermagan tadbirkorlarni soliq xizmati organlari tomonidan tekshirish qoidalari o‘zgarmoqda. Endi birinchi shikoyatdan so‘ng tadbirkor darhol jazolanmaydi, lekin u bilan profilaktik suhbat o‘tkaziladi. Shuningdek, fuqarolar 24 soat ichida ikkitadan ortiq murojaat yubora olmaydi.
28−29 may kunlari Zomin milliy bog‘ida ikkinchi Zaamin Ultra marafoni — sport, musiqa va san’at festivali bo‘lib o‘tdi. Chodirlarda o‘tgan yomg‘irli tun, oilaviy va jamoaviy yugurganlar, nogironligi bor marafonchilar, sovuq havo va tumanga qaramasdan murakkab masofani bosib o‘tgan yuguruvchilar — Zaamin Ultra «Gazeta.uz» muxbiri fotohikoyasida.
«Xizmat itlari-2022» ko‘rgazmasida xavfsizlik idoralari va vazirliklarining 100 dan ortiq itlari ishtirok etdi. Tadbir kinologik xizmatlar o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashishni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. «Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam fotoreportaji.
AQSh o‘zining Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali O‘zbekistonning milliy immunizatsiya tizimini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston SSVga sovuq zanjirli uskunalar va kompyuterlarni topshirdi. Uskunalar 671 ta sovutgich, 212 ta muzlatgich va 150 ta kompyuterdan iborat bo‘lib, umumiy qiymati 1,3 mln dollarni tashkil etadi.
Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi yo‘llarda ketayotgan ta’mirlash ishlari sababli Markaziy temir yo‘l vokzali yaqinidagi 6 ta yo‘l kesishmasida mashinalar harakati qisman cheklanadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston qahramoni Lola Murotovaning 64 yoshida vafot etgani munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. «Atoqli fermer, qishloq xo‘jaligi ilmining yetuk namoyandasi, taniqli jamoat arbobi, kamtarin va samimiy inson Lola Murotovaning yorqin xotirasi qalblarda hamisha saqlanib qoladi», — deyiladi ta’ziyada.
Ijtimoiy tarmoqlarda R. Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining o‘quvchisi 3-qavatdan mushukni uloqtirgani aks etgan video tarqaldi. Voyaga yetmagan yigitning otasiga nisbatan bolalarni tarbiyalash borasidagi majburiyatlarni bajarmaganligi bo‘yicha protokol tuzilib, u jarimaga tortildi.
Andijon viloyatida kredit asosida 200 ming donadan ortiq tovuq tarqatilgan aholi parrandalarning nobud bo‘layotganligi, kam tuxum qo‘yayotganligi va immuniteti pastligidan shikoyat qilmoqda. Kun.uz nashri bitta tovuq aholiga o‘rtacha bozor narxidan ancha qimmatga tushayotganligi haqida yozdi. Viloyat hokimligi va tovuqlarni yetkazib bergan korxona tovuqboqarlarni tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmaganlikda aybladi.
O‘zbekistonda hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tarilib, +35…+37 darajagacha isiydi. Faqat tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zon ko‘tarilishi kutilmoqda.
Ishtixon tumanida Buxorodan kelayotgan sayyohlik avtobusi «Kamaz» bilan to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida haydovchining sherigi voqea joyida vafot etdi, bir nafar ruminiyalik sayyoh esa yengil tan jarohati oldi.
«Gazeta.uz» O‘zbekistonning turli hududlaridagi IT sohasini o‘rganayotgan o‘smir qizlar bilan suhbatlarni davom ettiradi. Navbatdagi suhbatdoshimiz — xorazmlik maktab o‘quvchisi Fazilatbonu Mengliyeva. U robototexnika sohasiga qiziqishi, IT`ni YouTube`da o‘rganishni boshlagani, ota-onalar qizlariga IT sohasi bilan shug‘ullanishga ruxsat bermasligining sabablari haqida gapirib, tengdoshlariga o‘z maslahatlari bilan bo‘lishdi.
O‘zbekiston qahramoni, «Nurli obod» fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murotova vafot etdi. Avvalroq, u og‘ir xastalik bilan viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazida davolanayotgandi.
Andijon va Toshkent viloyatida fuqarolarni qo‘shni davlatlardagi OTMlarga, Jizzax viloyatida esa fuqaroni mahalliy texnikumga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.
Madaniy meros agentligi direktori Shaxriyor Nurulloyev o‘z lavozimidan ozod etildi. U ushbu lavozimda 5 oygina faoliyat olib bordi.
Jizzax davlat pedagogika instituti bo‘lim boshlig‘i fuqaroning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilib, buning evaziga $2500 olgan vaqtida qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqand viloyati IIB xodimlari Paxtachi tumanida 2 guruh o‘rtasidagi ommaviy janjalning oldi olinganini ma’lum qildi. Tezkor tadbirda 16 nafar shaxs qo‘lga olinib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga davlat granti uchun tavsiyanomaga talabgorlar hujjatini 30-maydan 8-iyunga qadar xotin-qizlar.uz platformasi orqali qabul qiladi.
29 may kuni IIO xodimlari o‘rtasida marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentdagi bir qator ko‘chalar 07:00 dan 11:00 gacha avtotransportlar harakati uchun yopiladi.
Senatning 26-yalpi majlisida Turg‘unali Mirzayev va Nurali Raxmonovni Oliy sud sudyasi lavozimiga 10 yillik muddatga saylash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Har ikkisi ham sudya sifatida kamida 10 yillik tajribaga ega.
Senatorlar ma’qullagan qonunga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Adliya vaziri imkoniyati cheklanganlar 2−3 mln nafardan ko‘proqligi, shu bois xarajatlarni qoplab berish tartibi bo‘yicha alohida nizom ishlab chiqilishini ma’lum qildi. «Har bir nogironligi bo‘lgan shaxsga kompensatsiya berishning imkoni bo‘lmaydi», — dedi Ruslanbek Davletov.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting