Marketologlar emas, muhandislar tomonidan loyihalashtirilgan noyob avtomobilni suratga olish dizayner va avtomobillar ishqibozi Damir Bakirov uchun katta topilma. “Gazeta.uz” fotosuratchining eng sara ishlarini to‘plab, uning o‘z “qahramon"larini qanday tanlashini bilib oldi.
Xorazmda 43 yoshli ayol «Istiqlol-Urganch» yo‘nalishida ketayotgan yo‘lovchi poyezdining urib ketishi oqibatida voqea joyida vafot etdi.
«Qo‘yliq» bozori hozirgi joyidan 6,5 km uzoqlikdagi «FOODCITY» savdo markaziga ko‘chiriladi. Markaz nomiga «Yangi Qo‘yliq dehqon bozori» so‘zlari qo‘shildi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga taxminan bino ichida bir necha soat davomida gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Chaqnash oqibatida 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani aytilmoqda. Viloyat hokimi To‘ra Bobolov yetkazilgan zarar davlat tomonidan to‘liq qoplab berilishiga ishontirmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan tekshiruvlarda jami 5,450 kg «opiy», 19,2 kg «gashish» hamda 2990 dona «Tramadol» aniqlanib, musodara qilindi.
Quyuq tuman tushgani sababli Urganch, Nukus va Navoiy aeroportlari faoliyatiga o‘zgarishlar kiritildi. Jumladan, Toshkentdan Urganch va Nukusga amalga oshirilgan parvozlar kechiktirildi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov vazirlik xodimlari ish faoliyati davomida do‘ppi kiyishni rejalashtirganini ma’lum qildi. U buni qadriyatlarni hayotga qaytarish deb atab, barcha soha xodimlarini mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Foto.
Denovdagi savdo markazidagi portlash ovozi bir necha kilometr uzoqlikdan eshitildi. Yaqin atrofdagi binolar, jumladan, turar-joy binolari jiddiy shikastlangan. Portlashning taxminiy sababi sifatida gaz qurilmalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi aytilmoqda. «Gazeta.uz» favqulodda hodisa joyidan suratlarni e’lon qildi.
Mercedes`dan Cadillac`gacha: amaldorlarning qanday mashinada yurishi, Konstitutsiya kuni arafasida 182 mahkumning afv etilishi, «Qo‘yliq» bozorining ko‘chirilishi, Denovdagi savdo majmuasida portlash oqibatida 2 kishining halok bo‘lishi, bank kartalaridan pul yechib olinish sabablari o‘rganilayotgani, AQSh senatorlarining O‘zbekistonga bosim o‘tkazishga chaqirig‘i — «Gazeta.uz» ning 7 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yangi vakolatlar berildi. Endilikda agentlik huquqni muhofaza qiluvchi organlarning elektron ma’lumotlar bazalaridan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi va jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki boshqa choralarni ko‘rish uchun korrupsiya faktlari to‘g‘risidagi xabarlarni yuborish va natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risida ma’lumotni talab qilishi mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida asosiy qonunga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi. U inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi tizim samarasini oshirish maqsadida Konstitutsiyada bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik, nogironlar, keksa avlod vakillarining huquqlarini ishonchli himoya qilish masalalari ham o‘z aksini topishi kerakligini ta’kidladi.
Prezident Qurolli kuchlarga 30 yil esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Xitoy kompaniyasi Farg‘ona viloyatida 25 gektar maydonda innovatsion texnopark hamda 350 mln dollar investitsiya hisobiga 500 gektar yerda quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etishni rejalashtirmoqda. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi texnoparkda joylashtiriladigan xorijiy korxonalarni ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Qoraqalpog‘istonda Respublikasida shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasi doirasida bahorgi monitoring chog‘ida yangi qush turi — cho‘l buqasi topildi. Ushbu qush Energetika vazirligi loyihalarining atrof-muhitga ta’sirini o‘rganish jarayonida aniqlangan.
Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori o‘rinbosari Hilola Alimova yil davomida markazda 422 nafar chaqaloq dunyoga kelganini ma’lum qildi. Hozirgi kunda yana 64 nafar homilador ayol davolanmoqda, ularning 3 nafari reanimatsiya bo‘limida. Qolaversa, shifoxonada 7 nafar chaqaloq va 18 yoshgacha bo‘lgan 97 nafar bola davo muolajalarini olmoqda.
Savdo-sanoat palatasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi xodimi tarbirkorga 400 ming dollar kredit olib berishni va’da qilib, buning evaziga 3 ming dollarni qo‘lga kiritgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Dekabr boshida ayrim bank kartalari egalari mablag‘lari ular ruxsatisiz yechib olinayotganidan shikoyat qildilar. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi qaysi normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib mijozlarni xabardor qilmasdan va ular bilan kelishmasdan pullar yechib olinayotganini aniqlashtirmoqda.
Toshkent shahridagi «Qo‘yliq» dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydonlarini boshqa joyga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Bu mazkur hududdagi avtomobil yo‘lining kengaytirilishi bilan bog‘liq. Foto.
Surxondaryo viloyatidagi «Indenim» savdo majmuasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 2 kishiga yetdi. FVV xodimlari ularning jasadini vayronalar ostidan chiqarib olgan.
7 dekabr kuni tongda Urganch va Andijon aeroportlarida yomon ob-havo natijasida samolyotlar uchish va qo‘nishni amalga oshira olmadi. «Aeroflot» aviakompaniyasining Moskvadan uchgan reysi Nukusdagi zaxira aerodromga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting