Qibray tumanida ikki kompaniya sug‘oriladigan ikkita yer maydonida noqonuniy qurilish ishlari olib bordi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yetkazilgan zarar 1,8 mlrd so‘mdan ortiq deb baholandi.
Chirchiqda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan «Dog biatlon» musobaqasi boshlandi. Unda Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, DXX Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasining otryadlari o‘z xizmat itlari bilan qatnashmoqda.
Chorshanba kuni kechqurun kuchli yomg‘ir tufayli Toshkent shimoli-sharqida ko‘cha va hovlilarni suv bosdi. Ma’lum qilinishicha, poytaxt hokimi va boshqa mutasaddilar toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlarini kuzatgan.
Poytaxtning Chilonzor tumanida korxona rahbari fuqaroni 4 ming dollar evaziga Shvetsiya davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, undan so‘ralgan summaning 2 mingini olgan vaqtida ushlandi.
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilgan mahalliy turistlar uchun keshbek Turizm vazirligining elektron platformasi orqali to‘lab beriladi. Bunda turistlardan safar davomida avia, temir yo‘l yoki avtomobil transporti va turar joy xizmatlaridan foydalanish, qolaversa, madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish talab etiladi.
Chorshanba kuni Qamchiq dovonida kuzatilgan sel oqibatida tog‘ o‘pirilib tushdi. Buning oqibatida 5-may kuniga mo‘ljallangan Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishidagi poyezd harakati vaqtincha to‘xtatildi. Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha aviareyslar yo‘lga qo‘yildi.
7-may, shanba haftasiga necha kun ishlashidan qat’iy nazar barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi. 14-may esa dam olish kuni sifatida belgilandi. Qolaversa, o‘zbekistonliklar 8−9-may kunlari ketma-ket ikki kun dam oladi.
May-iyul oylarida O‘zbekistonning barcha hududlarida fuqarolar muammolari bilan ishlash uchun sayyor qabullar tashkil etiladi. 20 dan ortiq vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etadigan qabullar Farg‘ona viloyatidan boshlanadi. Qabul kunlari va manzillar.
DXX va bojxona xodimlari «Samarqand» xalqaro aeroportida 1,5 mln rublni rasmiylashtirmasdan O‘zbekistondan olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqaroni qo‘lga olishdi.
4 may kuni kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Jizzax viloyati Zomin tumanidagi ayrim uylar va yo‘llarni suv bosdi. FVV qutqaruvchilari suvda oqib kelayotgan 20 yoshli fuqaroni qutqarib qolishgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
6−8 may kunlari Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaning orqa maydonida Tashkent Flower Fest gullar festivali bo‘lib o‘tadi. Uni bezatish uchun 2 milliondan ortiq gullardan foydalaniladi.
Prezident Vladimir Putin O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tish muddatini 7 kundan 15 kungacha uzaytirish bo‘yicha qarorni ratifikatsiya qildi. Xuddi shunday tartib O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi rossiyaliklar uchun ham nazarda tutilgan.
Pandemiya davrida ochilgan Sardor Rahimxon boshchiligidagi «Yurak amri» xayriya fondi vaqtincha yopildi. Tashkilotchi qaror ortidan xatolarni isloh qilib, rasmiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish maqsad qilinganini ta’kidladi.
Seshanba kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi Mitishi shahrida 2 o‘zbekistonlik va uy egasi ko‘p qavatli binoda chiqqan yong‘in tufayli vafot etdi. Yong‘inga sigareta qoldig‘i o‘chirilmagani sabab bo‘lgani aytildi.
Prezident Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasini Yakkasaroy tumanidagi Cho‘ponota va Shota Rustaveli ko‘chalari bilan bog‘laydigan yangi yo‘l va ko‘prikning ochilishida ishtirok etdi. Qurilish ishlari 2020 yilning yozidan beri olib borilayotgan edi.
OTMga o‘qishga kirish uchun berilgan imtiyozlar xatlovdan o‘tkazilib, ularning qat’iy ro‘yxati yagona hujjatda shakllantirilishi mumkin. Tegishli prezident qarori loyihasida ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoidani o‘rnatish ham nazarda tutilgan. Shuningdek, o‘qishni ko‘chirish jarayoni raqamlashtirilishi mumkin.
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, 4 may kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmayapti.
2 may kuni O‘zbekistonda faqatgina 1 kishida koronavirus aniqlandi. Oldingi kunlari koronavirusning yangi holatlari 20 tacha atrofida edi.
Tug‘ruqxonalar oldida, istirohat bog‘larida va to‘y-bazmlarda Mikki Maus, Burunduq hamda boshqa mashhur multfilmlar qahramonlari kostyumlarini kiyib olgan odamlarni uchratish mumkin. Animatorlar niqoblari ortida kim yashirinadi, bu ish uchun qancha haq to‘lashadi va bunday kiyimning ichida bo‘lish qanchalik issiq — “Gazeta.uz” fotomuxbiri Madina A’zam ushbu savollarga javob izladi.
Samarqandda «Mikrokreditbank» filiali rahbari tadbirkorga kredit ajratib berish evaziga 10 ming dollar pora talab qilib, aytilgan summaning 6 mingini olayotganda qo‘lga tushdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting