Jamiyat

Qirg‘izistonda O‘zbekiston tomonidan qurilgan maktab ochildi
3 aprel 2022, 12:21

Qirg‘izistonda O‘zbekiston tomonidan qurilgan maktab ochildi

Qirg‘izistonning Botken viloyati Marg‘un qishlog‘ida O‘zbekiston tomonidan qurib bitkazilgan 3,5 mln dollarlik 330 o‘rinli maktab foydalanishga topshirildi. Shuningdek, O‘zbekiston ko‘magida Samarqandek qishlog‘ida ham maktab qurilmoqda, Bobur nomidagi O‘sh o‘zbek musiqali-drama teatri rekonstruksiya qilinmoqda.

TIV o‘zbekistonlik haydovchilar Ukrainada ushlab turilganiga izoh berdi
2 aprel 2022, 23:00

TIV o‘zbekistonlik haydovchilar Ukrainada ushlab turilganiga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik yuk tashuvchi haydovchilarning Mariupol metallurgiya kombinatida ushlab turilgani haqidagi murojaati tarqaldi. O‘zbekiston TIV ular harbiy harakatlar hududidan evakuatsiya qilingani va vatanga qaytayotganini ma’lum qildi.

“Bugun pul ishlab topish uchun O‘zbekistondan ketish shart emas” — Shell IT-arxitektori Madina Berdiyeva
2 aprel 2022, 17:00

“Bugun pul ishlab topish uchun O‘zbekistondan ketish shart emas” — Shell IT-arxitektori Madina Berdiyeva

Madina Berdiyeva — dunyoning eng yirik neft-gaz kompaniyalaridan biri Shell`da tizimli arxitektor sifatida faoliyat yuritadi. “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida u Niderlandiyaga ko‘chib o‘tish, yosh qizlar chet elga o‘qishga ketish uchun ota-onalarini qanday ko‘ndirishlari mumkinligi va nima uchun bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko‘nikma hisoblanmasligi haqida so‘zladi.

Samarqand tibbiyot instituti universitet sifatida qayta tashkil etildi
2 aprel 2022, 15:09

Samarqand tibbiyot instituti universitet sifatida qayta tashkil etildi

Prezident qaroriga ko‘ra, Samarqand davlat tibbiyot instituti universitet sifatida qayta tashkil etildi. OTMda bakalavriat bitiruvchilari uchun poliklinikalarda 6 oylik malakaviy amaliyot ko‘rinishidagi subordinatura joriy etiladi. Samarqand viloyati Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlari universitetga biriktiriladi.

Oqqo‘rg‘onda zaharlangan 25 nafar bola voqeasida 6 kishi ayblanmoqda
2 aprel 2022, 13:31

Oqqo‘rg‘onda zaharlangan 25 nafar bola voqeasida 6 kishi ayblanmoqda

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli bolalar bog‘chasida zaharlangan 25 nafar tarbiyalanuvchi voqeasi bo‘yicha 6 kishiga nisbatan uchta modda doirasida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Saharlik va iftorlik uchun nimalar tayyorlaymiz?
2 aprel 2022, 10:44

Saharlik va iftorlik uchun nimalar tayyorlaymiz?

Nonushtabop galetalar, pishloqli xachapuri, guruchli bo‘tqa, feta pishlog‘i va pomidordan quymoq, bedana tuxumli teftellar, baqlajon va pishloqli tovuq go‘shti, turkcha sho‘rva va boshqalar — Zira.uz saharlik va iftorlik uchun taomlar retseptlari ro‘yxatini e’tiboringizga havola etadi.

O‘zbekistonda Ramazon oyi boshlandi — foto, video
2 aprel 2022, 10:26

O‘zbekistonda Ramazon oyi boshlandi — foto, video

Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatidagi masjidlarda taroveh namozi o‘qilishidan “Gazeta.uz” fotoreportaji.

1 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
1 aprel 2022, 22:00

1 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

2022 yil uchun fitr sadaqa va fidya miqdori, Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro miqyosda tan olish mexanizmlarini ishlab chiqishni taklif qilgan O‘zbekiston, taroveh namozlari vaqtida Toshkentda yopiladigan ayrim ko‘chalar, dam olish kunlari kutilayotgan issiq ob-havo, Qirg‘izistonga borgan Abdulla Aripov va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 1 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Xo‘sh, kim javob beradi? «Zakovat» bilimdoni va UzQuiz asoschisi Saidkamol Abdurazakov bilan suhbat
1 aprel 2022, 19:03

Xo‘sh, kim javob beradi? «Zakovat» bilimdoni va UzQuiz asoschisi Saidkamol Abdurazakov bilan suhbat

20 yildan ortiq vaqt davomida aql janglari maydoni bo‘lib kelayotgan «Zakovat» ko‘plab bilimdonlarni xalqqa tanitdi. «Gazeta.uz» zakovatchilar bilan intervyuning navbatdagi qismida «Zakovat» bilimdoni, UzQuiz asoschisi va boshlovchisi Saidkamol Abdurazakov bilan suhbatni taqdim etadi. U klubga qanday a’zo bo‘lgani, «Zakovat» o‘yini boshlovchisi sifatidagi tajribasi va kitoblarning inson hayotidagi o‘rni haqida gapirdi.

Toshkentda taroveh namozlari vaqtida ayrim masjidlar yaqinidagi ko‘chalar yopiladi
1 aprel 2022, 18:08

Toshkentda taroveh namozlari vaqtida ayrim masjidlar yaqinidagi ko‘chalar yopiladi

Toshkent shahrida taroveh namozlari o‘qilishi munosabati bilan ayrim masjidlar atrofidagi ko‘chalar har kuni soat 18:00 dan 00:00 gacha transport vositalari harakati uchun yopiladi (ro‘yxat).

O‘zbekistonning BAAdagi elchisi tayinlandi
1 aprel 2022, 16:09

O‘zbekistonning BAAdagi elchisi tayinlandi

Turizm va sport vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Abdulaziz Oqqulov O‘zbekistonning BAAdagi elchisi lavozimiga tayinlandi.

2023 yildan fuqarolarni tekshirish uchun IIBga olib borish tartibidan voz kechilishi mumkin
1 aprel 2022, 14:24

2023 yildan fuqarolarni tekshirish uchun IIBga olib borish tartibidan voz kechilishi mumkin

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasiga muvofiq, 2023 yildan boshlab fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechish rejalashtirilmoqda. Bunda «E-patrul» tizimi joriy etilib, barcha ma’lumotlar hodisa joyida planshet orqali tekshiriladi.

2022-yil uchun fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi
1 aprel 2022, 12:43

2022-yil uchun fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2022-yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.

Ramazon oyida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha JSST tavsiyalari
1 aprel 2022, 12:30

Ramazon oyida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha JSST tavsiyalari

Ramazon paytida haddan tashqari ko‘p ovqat yeyish yoki noto‘g‘ri ovqatlanish inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ro‘za paytida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha maslahatlar bilan bo‘lishdi. «Gazeta.uz» ularni taqdim etadi.

Dam olish kunlari harorat ko‘p yillik qiymatlardan 4−6 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda
1 aprel 2022, 12:17

Dam olish kunlari harorat ko‘p yillik qiymatlardan 4−6 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublikaning katta qismida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati ayrim joylarda 28 darajaga yetadi.

Ramazon oyida 2085 masjidda taroveh, 1525 jomeda xatmi Qur’on o‘qiladi
1 aprel 2022, 11:50

Ramazon oyida 2085 masjidda taroveh, 1525 jomeda xatmi Qur’on o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Ramazon oyida O‘zbekistondagi 2085 masjidda taroveh, 1525 jomeda xatmi Qur’on o‘qilishini ma’lum qildi.

Samarqand, Termiz va Denovdan Tojikiston shaharlariga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
1 aprel 2022, 11:32

Samarqand, Termiz va Denovdan Tojikiston shaharlariga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

2 apreldan tajriba-sinov tariqasida Samarqand, Termiz va Denovdan Tojikistonning Dushanbe va Panjikent shaharlariga avtobus qatnovlari amalga oshiriladi. Chipta narxlari somoniyda ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonga qaytgan mehnat migrantlari qurilish ishlariga jalb qilinadi
1 aprel 2022, 11:28

O‘zbekistonga qaytgan mehnat migrantlari qurilish ishlariga jalb qilinadi

Payshanba kungi videoselektorda prezident viloyat hokimlariga vatanga qaytgan mehnat migrantlarini qurilish ishlariga jalb qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Ularga asbob-uskunalar xarid qilish uchun subsidiya ham ajratiladi. Qolaversa, Sirdaryo viloyati hokimi o‘z hududida qariyb 2 ming, Namangan viloyati hokimi esa 17 ming migrant qaytib kelganini ma’lum qildi.

Urganchda reklama monitorida pornografik mazmundagi videolavha namoyish etildi
1 aprel 2022, 11:15

Urganchda reklama monitorida pornografik mazmundagi videolavha namoyish etildi

Urganchda chorrahaga o‘rnatilgan reklama monitorida pornografik mazmundagi videolavha namoyish qilindi. Dastlabki tezkor-surishtiruv ishlarida uni monitorga egalik qiluvchi xususiy firma ishchisi «ehtiyotsizlik oqibatida» monitor xotirasiga yuklagani ma’lum bo‘ldi.

Toshkentda taqiqda bo‘lgan 2 gektar yerni $800 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
1 aprel 2022, 10:22

Toshkentda taqiqda bo‘lgan 2 gektar yerni $800 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bektemir tumanida taqiqda bo‘lgan 2 gektar yerni 800 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs oldindan 80 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi. Uning taqiqni tegishli organlar orqali yechishi va qurilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishiga ishontirgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting