Jamiyat

Plastik kartaga pensiya oladiganlarga 1 foiz qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi
8 aprel 2022, 10:36

Plastik kartaga pensiya oladiganlarga 1 foiz qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi

1 maydan boshlab pensiya va nafaqa pullarini bank kartalariga oladiganlar uchun 1% qo‘shimcha to‘lov to‘lab beriladi. Naqd pulda pensiya, nafaqa va moddiy yordam pullarini yetkazib berish xizmatlari uchun esa «Xalq banki»ga 1 foiz xizmat haqqi to‘lab beriladi. Bu mablag‘lar pensiya va nafaqa oluvchilar hisobidan emas, Pensiya jamg‘armasi va budjet pullaridan qoplanadi.

«Ayrim hududlarda ko‘zbo‘yamachilik davom etmoqda». Prezident daraxt ekish haqida
8 aprel 2022, 10:18

«Ayrim hududlarda ko‘zbo‘yamachilik davom etmoqda». Prezident daraxt ekish haqida

Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» dasturi ijrosi ahvoli qoniqtirmasligini aytib, «ayrim hududlarda ishlar nomigagina tashkil etilayotgani, ko‘zbo‘yamachilik davom etayotganidan» xabari borligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, ekilmagan 5 mln tup ko‘chatni hisobotda qo‘shib yozish holatlari ham uchrayapti. Qolaversa, terakning allergiya chaqirmaydigan navlarini ekishga ham ko‘rsatma berildi.

“Farhod dehqon bozori” direktori va o‘rinbosariga jinoyat ishi ochildi
8 aprel 2022, 09:57

“Farhod dehqon bozori” direktori va o‘rinbosariga jinoyat ishi ochildi

Tadbirkordan savdo nuqtasi uchun noqonuniy pul talab qilgan “Farhod dehqon bozori” direktori va uning xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular ushbu bozorga xizmat ko‘rsatuvchi bank kassiri orqali 3,4 mln so‘m olmoqchi bo‘lgan.

«Sudoche-Akpetki»da qushlarning bahorgi hisobi o‘tkazildi. Foto
7 aprel 2022, 23:57

«Sudoche-Akpetki»da qushlarning bahorgi hisobi o‘tkazildi. Foto

Qoraqalpog‘istondagi Sudoche ko‘lida yashovchi suv qushlari va yirtqich qushlar bahorgi o‘rganishlar chog‘ida ekologlar kamerasiga muhrlandi. Ekologiya davlat qo‘mitasi tomonidan «Sudoche-Akpetki» davlat qo‘riqxonasida yashovchi qushlar suratlari chop etildi.

Fuqarolarning yana 139 ta tashabbusiga 85,4 mlrd so‘m ajratiladi
7 aprel 2022, 23:36

Fuqarolarning yana 139 ta tashabbusiga 85,4 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident qarori bilan «Ochiq budjet» portalida tashabbuskor budjet doirasidagi 139 ta loyihani moliyalashtirish uchun qo‘shimcha 85,4 mlrd so‘m yo‘naltirildi. Gap har biri 2000 dan ortiq ovoz olgan (jami 480 mingdan ortiq ovoz), lekin ovoz berish jarayonida g‘olib deb topilmagan loyihalar haqida bormoqda.

7 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 aprel 2022, 22:00

7 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Orol dengizining koinotdan ko‘rinishi, Uzmetronom asoschisi ustidan arz qilgan Komil Allamjonov, salomatligi tufayli ishdan bo‘shatilgan energetika vaziri, Andijonda bojxona posti boshlig‘i va ikki xodimi hibsga olingani, yangi qurilayotgan sement-beton qoplamali yo‘llar sifatini nazorat qiladigan Bosh prokuratura va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 7 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

1-iyuldan 38 turdagi davlat xizmati elektron imzo o‘rniga mobil telefon orqali tasdiqlanadi
7 aprel 2022, 20:13

1-iyuldan 38 turdagi davlat xizmati elektron imzo o‘rniga mobil telefon orqali tasdiqlanadi

1-iyuldan 38 turdagi davlat xizmatini tasdiqlash elektron imzo o‘rniga mobil telefon yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, 6 turdagi litsenziya olish uchun talablar, qolaversa, kommunal tashkilotlarning 32 turdagi hujjat va ma’lumotnomalarini talab qilish bekor qilinadi.

Poytaxt hokimiyati ochilganiga 15 kun bo‘lgan firma bilan 1 mlrd so‘mlik shartnoma imzoladi
7 aprel 2022, 19:55

Poytaxt hokimiyati ochilganiga 15 kun bo‘lgan firma bilan 1 mlrd so‘mlik shartnoma imzoladi

Toshkent hokimiyati ma’muriyati tashkil etilganiga 15 kun bo‘lgan «Profi event» kompaniyasiga Navro‘z saylini o‘tkazish uchun 1 milliard so‘mlik ishlarni tendersiz topshirdi. Unda kompaniya 3 kun davomida «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida bir qator xizmatlarni ko‘rsatishi belgilangan. Kelishuvga muvofiq, asosiy konstruksiyalar qurilishi aynan shartnoma imzolangan sanada tugatilishi kerak bo‘lgan.

Kosmonavtlar maydoni rekonstruksiyasi: nima noto‘g‘ri qilindi?
7 aprel 2022, 19:03

Kosmonavtlar maydoni rekonstruksiyasi: nima noto‘g‘ri qilindi?

Toshkentda Kosmonavtlar maydonini rekonstruksiya qilish ishlari deyarli yakunlanib qoldi. Bu yerdagi granit plitalar almashtirildi va yangi o‘simliklar ekildi. Biroq, san’at va arxitektura tarixchisi Boris Chuxovich «rekonstruktorlar mualliflarning asl badiiy g‘oyalariga yetarlicha e’tibor bermagan va yodgorlikning yaxlitligini buzgan», deb hisoblaydi. U shu kabi ishlarni qilishdan avval aholi va mutaxassislar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

Bosh prokuratura yangi qurilayotgan sement-beton qoplamali yo‘llar sifatini nazorat qiladi
7 aprel 2022, 18:20

Bosh prokuratura yangi qurilayotgan sement-beton qoplamali yo‘llar sifatini nazorat qiladi

Prezident joriy yilda viloyatlarda jami 2300 km, poytaxtda 250 km sement-beton qoplamali ichki yo‘llar barpo etilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, sement ishlab chiqarish hajmi shu yili 18 mln tonnaga yetkaziladi. Bosh prokuratura mazkur yo‘llar sifati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi. Import qilinadigan sement-beton qoplamali yo‘l qurish texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod etiladi.

Chinozda bank xodimi fuqarolar nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirib, mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlandi
7 aprel 2022, 16:32

Chinozda bank xodimi fuqarolar nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirib, mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlandi

Chinoz tumanida bank xodimi «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida fuqarolarga ajratilgan 2 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini turmush o‘rtog‘i va yaqinlarining nomlariga ochilgan dehqon xo‘jaligi hisob raqamiga o‘tkazib, pullarni naqdlashtirib kelganlikda gumon qilinmoqda. U, shuningdek, 10 nafar fuqaroga ularning xabarisiz kredit ajratib, pullarni o‘zlashtirgani ma’lum qilindi.

Prezident Samarqand turizm markazini qurishni tezlashtirishga ko‘rsatma berdi
7 aprel 2022, 16:30

Prezident Samarqand turizm markazini qurishni tezlashtirishga ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni Samarqand turizm markazini qurishni tezlashtirish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berdi. Loyihaga ko‘ra, ushbu majmuada kongress xoll, «Abadiy shahar» karvon saroyi, 8 ta mehmonxona qurish ko‘zda tutilgandi. Hozirgi kunga kelib, mehmonxonalar, qadimiy shaharchalar, yo‘l va ko‘priklarni qurish ishlari olib borilmoqda (foto).

Komil Allamjonov Uzmetronom.com asoschisi Sergey Yejkov ustidan arz qildi
7 aprel 2022, 16:21

Komil Allamjonov Uzmetronom.com asoschisi Sergey Yejkov ustidan arz qildi

Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Uzmetronom.com sayti asoschisi Sergey Yejkov ustidan huquq-tartibot organlariga arz qildi. Bunga Komil Allamjonov himoyasi ostida O‘zbekistonga 4,2 mln dollarlik tilla va brilliant taqinchoqlar noqonuniy olib kirilgani aytilgan «Brilliant bola» nomli maqola sabab bo‘ldi. Mazkur axborotning birinchi manbasi esa Eltuz resursi hisoblanadi.

Foto: Orol dengizining Xalqaro kosmik stansiyadan ko‘rinishi
7 aprel 2022, 13:47

Foto: Orol dengizining Xalqaro kosmik stansiyadan ko‘rinishi

XKS kosmonavti Oleg Artemev internet foydalanuvchilari iltimosiga ko‘ra Orol dengizi suratlarini e’lon qildi. Suratda O‘zbekistondagi G‘arbiy va Sharqiy Orolning bir-biri bilan ingichka suv yo‘li bilan tutashgani hamda Qozog‘istondagi Kichik Orolning zumrad oynadek turgani aks etgan.

Antimonopoliya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi
7 aprel 2022, 13:28

Antimonopoliya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobir Karimov lavozimidan ozod etildi. U UzAuto Motors monopoliyasiga qarshi chiqqan edi va haydovchilik guvohnomasini olish uchun Yagona imtihon markazi ishga tushgandan keyin davlat imtihon markazlari yopilgani noto‘g‘ri bo‘lganini aytgan edi.

2021-yilda Ombudsman ofisiga 18,7 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi
7 aprel 2022, 13:11

2021-yilda Ombudsman ofisiga 18,7 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili ofisiga 2021-yilda 18,7 mingdan ko‘proq murojaat kelib tushdi, bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichga (14,9 ming) qaraganda oshgan. Shundan 11257 tasi ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olingan. Murojaatlarning asosiy qismini mulkka bo‘lgan va mehnat huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy imtiyoz va nafaqalar olish kabi masalalar tashkil etgan.

Kamal Tarixov Qoraqalpog‘iston sudi raisi etib saylandi
7 aprel 2022, 12:24

Kamal Tarixov Qoraqalpog‘iston sudi raisi etib saylandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sessiyasida Kamal Tarixov Qoraqalpog‘iston sudi raisi lavozimiga saylandi. U mazkur lavozimda Gulnara Bazarbayevaning o‘rnini egalladi.

Andijonda bojxona posti boshlig‘i va 2 nafar xodimi hibsga olindi
7 aprel 2022, 12:11

Andijonda bojxona posti boshlig‘i va 2 nafar xodimi hibsga olindi

«Andijon» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i va 2 nafar xodimi qo‘lga olindi, ular post orqali 5,5 mlrd so‘mlik yukni noqonuniy tarzda olib o‘tilishiga yordam bermoqchi bo‘lgan.

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uylar, mehmonxona, kinoteatr va restoranlar quriladi
7 aprel 2022, 11:20

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uylar, mehmonxona, kinoteatr va restoranlar quriladi

Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab 610 gektar maydonda quriladigan binolar loyihalari bilan tanishdi. Uy-joylar, mehmonxonalar, kinoteatr, restoranlardan iborat zamonaviy majmualar to‘rt qavatli va to‘rt xil dizaynga ega bo‘ladi. Shuningdek, piyoda va velosiped yo‘laklari, yerosti va yerusti yo‘llari barpo etiladi. Bundan tashqari, prezident Olimpiya shaharchasi loyihasini tasdiqladi.

Bobir Islamov bosh vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
7 aprel 2022, 10:26

Bobir Islamov bosh vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Prezident qarori bilan yangi tashkil etilgan bosh vazir maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi lavozimiga Bobir Islamov tayinlandi. U 2017 yildan beri qo‘mita raisi sifatida ishlab kelayotgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting