Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yog‘ochdan ko‘prik yasab, odamlarni soydan pul evaziga o‘tkazgan shaxs 7 sutkaga qamaldi. Ko‘prik iyul oyida tabiiy ofat sabab avariya holatiga kelgan. Hozirda qurilish va ta’mirlash ishlari boshlangan.
Toshkent viloyati hokimligi Architects Engineers Planners Advisors kompaniyasi bilan poytaxt va Toshkent dengizi o‘rtasida 6,9 mlrd so‘mlik tezyurar avtobus tranziti qurilishining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish to‘g‘risida shartnoma imzoladi.
Koreya Respublikasi hukumati 2021 yilda O‘zbekistonda COVID-19 bilan kurashish bo‘yicha kompleks dasturni amalga oshirish uchun 5 mln dollar ajratdi. Dastur KOICA agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari akademik erkinlikka erishdimi, ular xalqaro agentliklarning reytingiga kira oldimi, O‘zbekistonning Bolonya jarayoniga qo‘shilish rejalari haqida nimalar ma’lum? Kolumnistimiz Komil Jalilov oliy ta’lim boshqaruvi sohasidagi islohotlarning ba’zi natijalarini tahlil qiladi.
Andijon tibbiyot instituti xodimlari shanbalik uchun maoshidan pul ushlab qolinishiga o‘z ixtiyori bilan rozi bo‘lgani haqidagi xabarlar institut tomonidan “feyk xabar” deya aytilgan edi. Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan holat o‘rganish natijasida 150 mln so‘m pul mablag‘lari institut xodimlariga to‘liq qaytarildi.
Onix savdolari 2022 yil yakunidan boshlanishi, Jurabek Laboratories ishlab chiqargan “Sputnik V” vaksinasi SESga topshirilishi, hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilishi — “Gazeta.uz"ning 12 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida
Shahrisabzdagi maktablardan birida o‘quvchilar poli chirib ketgan sport zalida shug‘ullanayotgani haqida xabarlar tarqalgandan bir necha kun o‘tib tuman hokimligi sport zalini ta’mirlab berdi.
Rossiya hukumati 150 ming O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish bo‘yicha taqiqni olib tashladi.
Green Card dasturiga onlayn anketa qanday to‘ldiriladi? Green Card anketasi uchun fotosuratlar bo‘yicha talablar qanday? Green Card natijalarini qayerda va qanday tekshirsa bo‘ladi? “Gazeta.uz” o‘quvchilar talabiga binoan Green Card dasturiga onlayn ariza topshirish va ariza natijalarini tekshirish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.
Hukumat 2022 yil oxirigacha O‘zbekiston hududlarida 310 ta yangi avtobus avtobus yo‘nalishlarini tashkil etishning maqsadli parametrlarini tasdiqladi. Tashuvchilarning zarar miqdori 30% gacha bo‘lsa subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berilishi mumkin.
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qatlami aholi umumiy sonining 57,8 foizini, ya’ni 20 mln kishidan ko‘proqni tashkil etmoqda. Mehnatga yoshigacha bo‘lganlar 31,1 foiz, mehnat yoshidan kattalar esa 11,1 foizga yetgan.
Toshkentda harakatdagi avtomobil eshigiga osilib va avtomashina salonidan chiqib operatorlik qilgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shavkat Mirziyoyevning qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi, bayram kunlari yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dushanbani ham dam olish kuni deb e’lon qilish taklif etilishi, aholidan ortiqcha hujjat talab qilgan 9 ta vazirlik va idora rahbar xodimlari javobgarlikka tortilishi — “Gazeta.uz"ning 11 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil Feruza Eshmatova 9 oy ichida qamoqxonalarga 120 ta monitoring tashriflari amalga oshirilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, monitoring davomida qamoqxonalarda «qiynoq holatlari deyarli uchramagan». «Shu paytgacha ularning hech qaysisidan „meni bu qiynayapti“, „urdi“ yoki qanaqadir „ruhiy tazyiq, bosim, qiynoqlar o‘tkazayapti“ degan murojaat bo‘lmadi», — deydi ombudsman.
Deputatlar bayram munosabati bilan dam olish ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, dam olish kunini bayramdan keyingi kunga ko‘chirishni taklif qilishdi. Mehnat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan bayram kunlari agar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, unda dushanba kuni dam olish kuniga qo‘shib beriladi.
Sud aprel oyida 400 dollar olayotganda ushlangan Guliston tumani hokimining sobiq o‘rinbosarini firibgarlikka suiqasdda aybdor deb topdi. U 73,5 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qashqadaryoliklar haligacha paxtani qo‘l mehnati bilan terishiga e’tibor qaratdi. Nomzod o‘z dasturida keyingi besh yilda 40% qishloq xo‘jaligi texnikalarini yangilab, mexanizatsiya darajasini 90%ga yetkazish rejalashtirilganini ta’kidladi. Shuningdek, u qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridi uchun subsidiyalar ko‘lamini ham ko‘paytirishni taklif qildi.
Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida uyning taxminan 20−25 kv.m maydonda shift va ichki qismi yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida 6 fuqaro qutqarib qolindi, 1 kishi halok bo‘ldi.
Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patentni olishda talab etiladigan tibbiy ko‘rik Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimi Toshkentga keldi.
Hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo asosan quyoshli bo‘ladi. Havo harorati kunduz kunlari +20…+23 daraja iliq atrofida, janubda +25 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting