Jamiyat

Buxoroda yog‘ingarchilik tufayli qulab tushgan qal’a devorini ta’mirlashga 1 mlrd so‘m ajratildi
15 mart 2022, 16:03 1

Buxoroda yog‘ingarchilik tufayli qulab tushgan qal’a devorini ta’mirlashga 1 mlrd so‘m ajratildi

Buxorodagi XVI asrga oid «Talipoch qal’a darvozasi» devorini ta’mirlash uchun Turizm va ma’daniy meros vazirligi tomonidan 1 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi. Devorning bir qismi tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi tufayli qulab tushgan edi.

Ukrainadan qaytgan talabalarning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirish boshlandi
15 mart 2022, 15:31

Ukrainadan qaytgan talabalarning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirish boshlandi

15 martdan Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirish boshlandi. Hujjatlar hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinmoqda.

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi
15 mart 2022, 14:24

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 16−19 mart kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi haqida ma’lum qildi.

Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 5884 nafarga yetdi
15 mart 2022, 12:23

Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 5884 nafarga yetdi

15 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 250 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi. Jami 26 ta aviareysda 5884 fuqaro evakuatsiya qilindi.

Samarqandda 1,2 gektar yer maydonini 87 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
15 mart 2022, 11:41

Samarqandda 1,2 gektar yer maydonini 87 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

DXX, IIB va Milliy gvardiya xodimlari Samarqand shahri, Ishtixon va Paxtachi tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi.

Haroratning keskin sovib ketishi kutilmoqda
15 mart 2022, 09:44

Haroratning keskin sovib ketishi kutilmoqda

O‘zbekistonga Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar bo‘lishi, harorat 0 dan -10 darajagacha tushishi mumkin.

14 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
14 mart 2022, 22:00

14 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Vaqtincha Lvov shahriga ko‘chirilgan O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi, 8 kun dam oladigan maktab o‘quvchilari, Qozog‘istondagi yanvar voqealarida qatnashganlikda gumonlanayotgan 11 nafar o‘zbekistonlik, respublikada joriy etilayotgan 3 yillik IT-Visa, mast holda mashina boshqarganlarni 5 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilish taklifi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 14 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jizzax viloyatida avtohalokat oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
14 mart 2022, 21:43

Jizzax viloyatida avtohalokat oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Zomin tumanida «KIA K5» va «Nexia-2» avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan. YTH oqibatida 2 kishi voqea joyida, yana 6 kishi shifoxonada vafot etgan. Bundan tashqari, hozirda «KIA K5» haydovchisi og‘ir ahvolda ekani aytildi.

O‘zbekiston ikki yil o‘tib Qozog‘istonga avtobus qatnovlarini tikladi
14 mart 2022, 21:18 3

O‘zbekiston ikki yil o‘tib Qozog‘istonga avtobus qatnovlarini tikladi

16 martdan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida muntazam avtobus qatnovlari tiklanadi. Bundan ikki yil oldin koronavirus pandemiyasi sababli ushbu qatnovlar to‘xtatilgandi.

Ayrim fuqarolardan xorijga chiqish pasporti uchun davlat boji undirilmaydi
14 mart 2022, 18:13

Ayrim fuqarolardan xorijga chiqish pasporti uchun davlat boji undirilmaydi

Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan ayrim shaxslarga xorijga chiqish pasporti berganlik uchun davlat boji undirilmaydi. Shuningdek, ushbu pasport uchun boj miqdori tushirildi.

Mast holda mashina boshqarganlar 5 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi mumkin
14 mart 2022, 17:30

Mast holda mashina boshqarganlar 5 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi mumkin

Mast holda mashina haydaganlarni 5 yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilishni ko‘zda tutgan qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu qilmish uchun jarima miqdori ham oshirilmoqda.

Turkiya O‘zbekiston kovid-sertifikatlarini tan olishni boshladi
14 mart 2022, 16:11

Turkiya O‘zbekiston kovid-sertifikatlarini tan olishni boshladi

O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari milliy darajadagi kovidga qarshi emlanganlik sertifikatlarini tan olish borasida kelishuvga erishdi. Sertifikatga ega fuqarolar davlatlarning hududiga COVID-19 tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovlarsiz kirishi mumkin.

Navro‘z bayramida ichki sayohatlar uchun chegirmalar e’lon qilindi
14 mart 2022, 16:10

Navro‘z bayramida ichki sayohatlar uchun chegirmalar e’lon qilindi

Navro‘z bayrami munosabati bilan 19 martdan 23 martga qadar fuqarolarga avia va temir yo‘l chiptalar, shuningdek ziyoratgohlarga kirish uchun 10 foizdan 50 foizgacha chegirmalar beriladi.

Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi
14 mart 2022, 14:42

Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

O‘zbekiston maktablarida 19-mart uchinchi chorakning so‘nggi kuni bo‘ladi, to‘rtinchi chorak esa 28-martdan boshlanadi. O‘quvchilar bahorgi ta’til vaqtida jami 8 kun dam oladi.

Ayrim joylarda qisqa muddatli qor yog‘ishi kutilmoqda
14 mart 2022, 13:16

Ayrim joylarda qisqa muddatli qor yog‘ishi kutilmoqda

Hafta davomida aksariyat hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17−22 m/s, momaqaldiroq paytida esa 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

11 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘istondagi yanvar voqealarida qatnashganlikda gumonlanmoqda
14 mart 2022, 13:04

11 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘istondagi yanvar voqealarida qatnashganlikda gumonlanmoqda

Qozog‘iston bosh prokuraturasi xabar berishicha, yanvar voqealari bo‘yicha ochilgan ishlarga 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi jalb qilingan. Ular tartibsizliklarda ishtirok etish va o‘g‘rilikda gumonlanmoqda.

O‘zbekistonda 3 yillik IT-Visa joriy etilmoqda
14 mart 2022, 12:15

O‘zbekistonda 3 yillik IT-Visa joriy etilmoqda

1 apreldan IT kompaniyalar ta’sischilari va axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar uchun 3 yillik IT-Visa berish rejalashtirilmoqda. Ushbu viza egalari O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Toshkent viloyatida kuchsiz zilzila qayd etildi
14 mart 2022, 11:40

Toshkent viloyatida kuchsiz zilzila qayd etildi

Tojikiston hududida sodir bo‘lgan 4,7 magnitudali zilzila Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida ham sezildi.

Yakshanba kuni 20 dan ortiq koronavirus holati aniqlandi
14 mart 2022, 11:10

Yakshanba kuni 20 dan ortiq koronavirus holati aniqlandi

Yakshanba kuni O‘zbekistonda 22 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, bu shanba kungidan 47 taga kam (69 ta).

Nurobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
14 mart 2022, 10:54 2

Nurobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Sherali Yuldashev Samarqand viloyatining Nurobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanning avvalgi rahbari prezident tomonidan «faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun» ishdan olingan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting