Uzbekistan Airways «Temir daftar»ga kiritilgan ayollar uchun «Ilk parvozim» ijtimoiy loyihasi boshlanganini ma’lum qildi. Uning doirasida shu vaqtgacha samolyotda uchmagan ayollar O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylariga parvoz qiladilar.
Buxoroda yog‘ingarchilik tufayli XVI asrga oid “Talipoch qal’a darvozasi” devorining bir qismi qulab tushdi. Qal’aning ushbu qismi 2003 yilda qayta tiklangan. Madaniy meros agentligi restavratsiya ishlarida shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilgani va malakasiz hunarmandlar tomonidan amalga oshirilganini ta’kidladi.
Yakshanba kuni soat 16:00 dan Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining «Taxtaqoracha» dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga sabab, dovondan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining 1138−1141 kilometrlari oralig‘ida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida qisman o‘pirilish yuzaga kelgan.
«Gazeta.uz» Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng, O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan Rossiya fuqarolari bilan suhbatlashdi. Ular Rossiyani nima sababdan tark etishgani, Toshkentda nima bilan shug‘ullanayotganliklari, bu yerda qanaqa muammolarga duch kelayotgani va qanday shartlar asosida uyga qaytishi mumkinligi haqida so‘zlab berishdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Toshkent-Vodiy» avtomobil yo‘lidagi «Qamchiq» dovonida transport harakati qayta tiklanganini ma’lum qildi.
«Qamchiq» dovoni avtomobil harakati uchun yopilganligi sababli yo‘lda qolib ketgan fuqarolar Ohangaron, Angren va Orzu vokzallaridan yo‘lovchi poyezdlarida manzillariga yetkazib qo‘yiladi. FVV haydovchilardan vaqtincha dovon orqali harakatlanmaslikni so‘ramoqda.
Juma kuni Yangiyo‘l tumanidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan “Isuzu” rusumli avtobus yonib ketdi. Shu kuni boshqa bir holatda, Toshkent shahrida “Lacetti” haydovchisi 60 yoshli piyodani urib yubordi. Avariya oqibatida fuqaro shifoxonada vafot etdi.
«Qamchiq» dovonidagi ikki tunnel o‘rtasidagi avtomobil yo‘lining ostki tuproq qismi o‘pirilib ketdi. FVV holat yuzasidan Angren shahridagi «Angrenlend» kafesida maxsus shtab tuzilganini ma’lum qildi. Yo‘lovchilar dovonga yaqin hududdagi ovqatlanish shoxobchalariga joylashtirilmoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida qo‘shni davlat fuqarosi tamaqi qutilari ichiga 27,3 ming dollar va 1,8 mln rublni yashirgan holda O‘zbekistondan Istanbulga olib chiqib ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.
Baqlajon va pishloqli tovuq go‘shti, qozon-kabob, qaymoq-qo‘ziqorinli qaylada pishirilgan tovuq filesi, ko‘zachada pishirilgan tovuq, grechka va tovuq oyoqchalari, «dangasa» xonim — Zira.uz tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
FVV qor ko‘chish xavfi yuzaga kelganligi sababli 12 mart soat 9:00 dan boshlab «Qamchiq» dovoni transport harakati uchun vaqtincha yopilganini ma’lum qildi.
O‘zbek paxtasiga boykot bekor qilinganiga munosabat bildirgan prezident, Moldovadan evakuatsiya qilingan 100 ga yaqin o‘zbekistonliklar, «hayfsan» olgan Farmatsevtika agentligi rahbari va «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisi, bolalarni 2 yoshdan qabul qilishiga ruxsat berilgan ayrim bog‘chalar, rekonstruksiyasi boshlangan Abdulla Qodiriy bog‘i va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 11 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston razvedkachilari Pokistonda bo‘lib o‘tgan V Xalqaro «Jamoa ruhi» musobaqasida 16 ta davlat orasida rekord natija — 2850 ball bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin esa 1860 ball to‘plagan Marokash jamoasiga nasib etdi.
Xorijdagi nufuzli OTMda o‘qiyotgan va yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan yosh vatandoshlarga vazirlik, idora va tashkilotlarda ishlash uchun sharoitlar yaratiladi. Jumladan, ularga xizmat uylari beriladi, kamida 2 yil ishlaganlarga uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarining bir qismini qoplashga subsidiya ajratiladi. 1 iyungacha esa «Yosh vatandoshlar reyestri» ishga tushiriladi.
Navoiy viloyatining Navbahor tumanida 250 gramm «Radiy» radioaktiv moddasini noqonuniy ravishda sotishga uringan ikki kishi ushlandi.
Poytaxtning Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘i dushanbadan rekonstruksiya uchun yopildi. Bu yerda sug‘orish tizimi va piyodalar yo‘laklari yangilanadi, o‘rindiqlar, chiqindi qutilari, chiroqlar va mashg‘ulotlar uchun maydonlar o‘rnatiladi, shuningdek, yashil maydonlar maydoni kengaytiriladi. Bog‘ning yoz boshida ochilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston hukumati Cotton Campaign koalitsiyasining o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qilish qarorini olqishladi. Prezident matbuot kotibi bu boradagi islohotlar ortga qaytmasligi va bundan buyon ham qat’iy davom etishini ta’kidladi, Senat raisi esa buni «tarixiy voqea» deb atadi.
Samarqand shahri va Pastdarg‘om tumanida o‘zaro kelishmovchiliklarni «razborka» yo‘li bilan hal qilmoqchi bo‘lgan shahslar qo‘lga olindi. Ushbu guruhlarga rahbarlik qilgan va faol ishtirok etgan shaxslarga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
«Rosaviatsiya» ikki yil avval O‘zbekiston va yana yettita davlatga parvozlar uchun koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida kiritilgan cheklovlarni bekor qildi.
O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari o‘rinbosarlari sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini imzoladilar. U 20 ta tadbir, jumladan, Rossiya va O‘zbekiston turizm yilini o‘tkazish hamda “Buyuk ipak yo‘li” transchegaraviy sayyohlik yo‘nalishini ishga tushirishni o‘z ichiga oladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting