Surxondaryodagi To‘palang daryosi qirg‘og‘idan Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davriga oid mis tangalar topildi. Tangalarning bet tarafida «Samarqand», «Adliyya» so‘zlari, hijriy 823 va 832 kabi zarb qilingan yillari aks etgan.
Londonning ICE birjasida aprel oyi uchun ming kubometr gazning fyuchers narxlari 3950 dollargacha ko‘tarildi. Bir soat ichida narxlar 1000 dollarga pastladi va ayni paytda 2900 dollar atrofida bo‘lib turibdi.
O‘zbekistonga Eron va Kaspiy dengizi hududlaridan bir qator nam havo massalari kirib kelishi hisobiga mamlakatda beqaror ob-havo saqlanib turadi. 10 mart sanasidan tashqari hafta davomida turli jadallikda va tanaffus bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Gulistondagi koloniyada jazo o‘tayotgan fuqaro turli viloyatlardagi koloniyalarda jazo o‘tayotgan 20 nafar mahkum va 11 nafar ozodlikdagi kishi bilan Suriyaga chiqib ketishni rejalashtirganlikda gumonlanmoqda.
Uzbekistan Airways O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatilmasligi va jadvalga muvofiq uzilishlarsiz amalga oshirilishini ma’lum qildi.
2020 yildan beri Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Muxtor Muhitdinov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Hokimlikning «Gazeta.uz» ga aniqlik kiritishicha berishicha, u mahalla vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Har qanday siyosiy ziddiyat, qurolli to‘qnashuv va urushlar ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelib, insoniyat taraqqiyotining bir necha yillar ortda qolishiga sababchi bo‘ladi. Urush natijasida xalq kambag‘allashadi, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash tanazzulga yuz tutadi, butun boshli avlodlar, umrlar boy beriladi. Urushning iqtisodiyot va inson kapitaliga salbiy ta’siri haqida — «Gazeta.uz» kolumnisti, iqtisodchi Muqaddamxon Saidrasulova maqolasida.
Shavkat Mirziyoyev 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilinganini aytdi. Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun alohida universitet va joylarda uning texnikumlari tashkil etiladi. Qolaversa, endi barcha talaba qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit beriladi.
O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasida maslahatchi lavozimida ishlagan Sherzod Ismailov Xorazm viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi.
6−7 mart kunlari Polshaning Katovitse aeroportidan yana 674 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi. Polsha hududida O‘zbekistonning 350 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. 7 mart kuni yana bitta reysni amalga oshirish rejalashtirilgan.
DXX fuqaro “Olmaliq KMK” ishchilari bilan kelishib, kiyim almashtirish xonasiga tarkibida 117,5 mln so‘mlik qimmatbaho metallar bo‘lgan 4,4 kg sanoat qumlarini yashirib qo‘yganini aniqladi. Gumondorning o‘zi kombinatning qo‘riqlash xizmatiga ishga kirish uchun suhbatga kelgan vaqtida qo‘lga olingan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent ko‘chalaridan biriga Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomi berilishi kutilmoqda. Mazkur nom ostidagi ko‘cha avval ham bo‘lgan, u 2011 yilda Zarafshon ko‘chasi etib o‘zgartirilgandi.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Ukrainaning Sumi, Xarkov viloyatlari hamda «Nexoteyevka» neytral hududida bo‘lgan 12 nafar yuk tashuvchini Rossiyaga kirishida yordam ko‘rsatdi. Yana 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi 4 ta yuk mashinasida Ukraina chegarasi chizig‘idan uzoqroq masofada qolib ketdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat va jamiyat hayotida faol bo‘lgan bir guruh ayol-qizlarni turli unvon, orden va medallar bilan mukofotladi. Ular orasida tadbirkor, o‘qituvchi, san’at sohasi vakillari, hokim va prokuror lavozimida faoliyat yuritayotgan ayollar bor. Shuningdek, 28 nafar ayol-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
28-fevraldan 5-martga qadar Ukrainadan Polsha orqali jami 3 685 nafar o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi. Polsha hududida 850 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qolayotgani aytilmoqda.
Toshkentda jamoatchilik vakillari ham a’zo bo‘lgan Yo‘l harakati xavfsizligi komissiyasini tuzish rejalashtirilmoqda. Birinchi o‘rinda Vision Zero (nol o‘lim) konsepsiyasi asosida YTHlarda jarohatlanish va o‘lim holatlarini kamaytirish bo‘yicha dastur qabul qilinadi. Yagona organ — Yo‘l harakatini tashkil etish markazini tuzish ham ko‘zda tutilgan.
5 martga qadar 14 ta aviareys bilan 3245 nafar o‘zbekistonlik Polsha orqali Ukrainadan evakuatsiya qilindi. Diplomatlar jang ketayotgan hududlardan ham fuqarolarni olib chiqishga harakat qilmoqda. Jumladan, hozirda Sumi viloyatidan 25 nafar talabani evakuatsiya qilish uchun «yashil yo‘lak» ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Ukrainadan Polsha chegarasiga kiraverishda uch nafar o‘zbekistonlik yo‘l transport hodisasiga uchradi. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanovning ma’lum qilishicha, ulardan biri vafot etgan, qolgan ikki nafari esa Lvovdagi shahar kasalxonasiga yotqizilgan.
Antikorrupsiya agentligi Uchquduq tuman hokimining sobiq o‘rinbosari va boshqalar 33 nafar fuqaroni «Yo‘lchilar», «Ko‘kpatas» va «Ko‘kayaz» mahallalarida 3 yil davomida yashaganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ulardan 25 nafari OTMga davlat granti asosida kirishiga sababchi bo‘lganini ma’lum qildi. Davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgani uchun mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Rosselxoznadzor 2020 yildan beri amalda bo‘lgan taqiqni bekor qilib, Rossiyaga 9 ta davlat qatorida O‘zbekistondan ham pomidor va qalampirni olib kirishga ruxsat berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting