Jamiyat

Andijon viloyatida o‘qituvchilar ota-onalardan kechirim so‘rashga majbur qilindi
9 fevral 2022, 07:57

Andijon viloyatida o‘qituvchilar ota-onalardan kechirim so‘rashga majbur qilindi

Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi maktablardan birining direktori va o‘qituvchilari ta’lim sifati hamda bitiruvchilarning OTMlarga kirish darajasi pastligi uchun ota-onalardan kechirim so‘rashga majbur qilindi. Bu ish hokim yordamchisi va tuman XTB rahbarining tashabbusi ekani aytilmoqda. XTV holatni keskin qoraladi. Jamoatchilik faollari hodisa uchun viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov javob berishi kerakligini aytishmoqda. Tuman va viloyat hokimligi ham munosabat bildirdi.

Qoraqalpog‘istonda yangi tug‘ilgan chaqaloq tunda ko‘chaga tashlab ketildi
8 fevral 2022, 22:31

Qoraqalpog‘istonda yangi tug‘ilgan chaqaloq tunda ko‘chaga tashlab ketildi

8 fevral kuni soat 03:00 larda Nukus shahrining Gone qala hududida ko‘chaga yangi tug‘ilgan chaqaloq tashlab ketilgani aniqlandi. Buni ko‘rgan fuqaro zudlik bilan tez yordamga murojaat qilgan. Uning aytishicha, tez yordam feldsheri Ikram Jumaniyazov sovuqdan himoya qilish maqsadida chaqaloqni ust kiyimiga o‘ragan va birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatgan. U hozirda reanimatsiyada, og‘ir ahvolda. Chaqaloqning onasi aniqlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

8 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 fevral 2022, 22:00

8 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Lukashenkoning O‘zbekiston haqidagi fantaziyalarini munosabat bildirgan siyosatchilar va jamoatchilik faollari, prezidentni haqorat qilgani uchun 3 yilga qamalgan bloger, so‘m ramzini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilgan Markaziy bank, Respublika maxsus komissiyasi faoliyati yuzasidan izoh bergan Ruslanbek Davletov, «shakar zavodlari bizga kerakmi?» degan savolni o‘rtaga tashlagan Mirkomil Xolboyev va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 8 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

2021-yilda Ombudsman aralashuvi bilan 53 nafar mahkum ozodlikka chiqarildi
8 fevral 2022, 20:52

2021-yilda Ombudsman aralashuvi bilan 53 nafar mahkum ozodlikka chiqarildi

2021-yilda Inson huquqlari bo‘yicha vakil aralashuvi bilan 53 nafar mahkum ozodlikka chiqarildi. Jumladan, 48 nafar mahkumga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi ahloq tuzatish ishlariga, 3 nafar mahkumni jazosi esa shartli ravishda ozod etishga va 2 nafar mahkumniki uy qamog‘iga almashtirilgan.

Andijon shahar XTB rahbarlari 57 mlrd so‘mni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda
8 fevral 2022, 20:12

Andijon shahar XTB rahbarlari 57 mlrd so‘mni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda

Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi rahbarlari 57 mlrd so‘m miqdoridagi moliyaviy qonunbuzarliklar, kamomad va o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda. Hozirda prokuratura mazkur ishni o‘rganmoqda.

Chor-Bakr madaniy merosi hududidagi yerlar noqonuniy tarzda auksionga qo‘yildi
8 fevral 2022, 17:34

Chor-Bakr madaniy merosi hududidagi yerlar noqonuniy tarzda auksionga qo‘yildi

Buxoro viloyatida XVI-XX asrlarda bunyod etilgan Chor-Bakr yodgorlik majmuasining muhofaza tegralaridagi yer uchastkalari ijara va mulk huquqi asosida auksionga qo‘yilgani aniqlandi. Ushbu majmua YUNESKOning Umumjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritish uchun nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

2021-yilda 2,7 mingdan ortiq fuqaroning bank kartasidan pul o‘g‘irlangan
8 fevral 2022, 17:02

2021-yilda 2,7 mingdan ortiq fuqaroning bank kartasidan pul o‘g‘irlangan

2021-yilda 2700 dan ortiq fuqaro bank kartalaridan pul o‘g‘irlanganligi bo‘yicha ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. So‘nggi paytlarda bank kartalaridan pul o‘g‘irlash holatlari ko‘payib bormoqda. IIV fuqarolardan bank kartalari ma’lumotlarini va tasdiqlash kodlarini hech kimga bermaslikni so‘radi.

«Toshkentshahargaz»ning sobiq xodimi firibgarlikda gumonlanib, qo‘lga olindi
8 fevral 2022, 16:13

«Toshkentshahargaz»ning sobiq xodimi firibgarlikda gumonlanib, qo‘lga olindi

«Toshkentshahargaz» korxonasining sobiq xodimi oilaviy korxonani gaz tarmog‘iga ulash uchun hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 16,5 million so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Xalqaro press-klubga yangi rais saylandi
8 fevral 2022, 16:13

Xalqaro press-klubga yangi rais saylandi

Jaloliddin Usmonov Xalqaro press-klubning yangi raisi etib saylandi. Bungacha press klub raisi bo‘lgan Sherzodxon Qudratxo‘ja esa Firdavs Abduholiqovning o‘rniga O‘zEOAVMA boshqaruv raisi etib tayinlangandi.

«Qashqadaryo hokimligi va IIB qonunni buzgan». Antimonopoliya qo‘mitasi Qashqadaryodagi chigit ishi haqida
8 fevral 2022, 16:03

«Qashqadaryo hokimligi va IIB qonunni buzgan». Antimonopoliya qo‘mitasi Qashqadaryodagi chigit ishi haqida

Antimonopoliya qo‘mitasi samarqandlik tadbirkor 100 tonna chigit mahsulotini Qashqadaryodan olib chiqib keta olmagan holatni o‘rganib, o‘z munosabatini bildirdi. Ta’kidlanishicha, Qashqadaryo viloyati hokimligi va viloyat IIB tomonidan «Raqobat to‘g‘risida» gi qonunning 12-moddasi talablari buzilgan. Qo‘mita tadbirkor zarar ko‘rgan holatda viloyat hokimligi va IIB ustidan sudga murojaat qilishi mumkinligini eslatib o‘tdi.

UNICEF va IIV Kiberxavfsizlik markazi bolalarni internetdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni boshladi
8 fevral 2022, 15:04

UNICEF va IIV Kiberxavfsizlik markazi bolalarni internetdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni boshladi

UNICEF va Kiberxavfsizlik markazi Xavfsiz internet milliy markazini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Ushbu onlayn-platformada internetdagi zo‘ravonlikdan himoyalanish haqida ma’lumotlar e’lon qilinadi, bolalar va ota-onalarga maslahat yoki ko‘mak bera oladigan operator faoliyat yuritadi.

Prezidentni haqorat qilgan bloger 3 yilga qamaldi
8 fevral 2022, 13:01

Prezidentni haqorat qilgan bloger 3 yilga qamaldi

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov hamda amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilishda ayblangan bloger, Sobirjon Boboniyozov 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U Telegram`dagi guruhlardan birida davlat rahbarlarini haqoratlovchi video e’lon qilganligi aytildi. Bloger ushbu harakatlarini mast holatda takroran sodir etgan.

«Qarorlarda yozilgan hamma narsani berib bo‘lmasdi». Ruslanbek Davletov — maxsus komissiyasi qarorlari nimaga e’lon qilinmasligi haqida
8 fevral 2022, 12:43

«Qarorlarda yozilgan hamma narsani berib bo‘lmasdi». Ruslanbek Davletov — maxsus komissiyasi qarorlari nimaga e’lon qilinmasligi haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Respublika maxsus komissiyasining faoliyati qonun bilan tartibga solinganini aytdi. Qolaversa, uning qarorlari nima sababdan e’lon qilinmasligiga izoh berdi. «Komissiya qarorlarida yozilgan hamma narsani berib bo‘lmasdi. Eng asosiysi komissiyadagi qoidalar vaqtida yetkazib turildi», — dedi u. Bloger Otabek Bakirov esa «maxsus komissiya tugatilishi va qonunchilikka qaytilishi» kerakligini aytmoqda.

280 mingdan ortiq bola koronavirusga qarshi to‘liq emlandi — SSV
8 fevral 2022, 11:52

280 mingdan ortiq bola koronavirusga qarshi to‘liq emlandi — SSV

O‘zbekistonda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning jami 280 140 nafari koronavirusga qarshi to‘liq vaksina kursini olgan. Bu umumiy emlanishlarning 5 foizini tashkil qiladi.

«Yunusoboddagi daraxtlar kesilmaydi, tamom» — Adliya vaziri
8 fevral 2022, 11:02

«Yunusoboddagi daraxtlar kesilmaydi, tamom» — Adliya vaziri

Adliya vaziri uch marta suiqasd uyushtirilgan Yunusoboddagi daraxtlar muammosi yuzasidan fikr bildirib, moratoriyga barcha amal qilishi shartligini aytdi. «Yunusoboddagi daraxtlar kesilmaydi, tamom… Siz uni qaysi maqsadda olgan bo‘lsangiz ham tegina olmaysiz. Tegsangiz siz jinoyat qilgan bo‘lasiz», — dedi Ruslanbek Davletov. Bunga Davlat ekologiya qo‘mitasi mas’ulligi, qolaversa, prokuratura organlari ham nazorat o‘rnatishi lozimligi qo‘shimcha qilindi.

Koronavirus statistikasi pasayishda davom etmoqda
8 fevral 2022, 10:53

Koronavirus statistikasi pasayishda davom etmoqda

Dushanba kuni O‘zbekistonda 773 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Bu avvalgi kunga nisbatan 59 nafarga kam. Pnevmoniyaga chalinganlar soni ham kamaymoqda. Virus qurbonlari esa kecha yana 2 nafarga ortdi.

36,7 ming nafar talaba hududlardan Toshkent shahriga yetib kelgan
8 fevral 2022, 10:44

36,7 ming nafar talaba hududlardan Toshkent shahriga yetib kelgan

7 fevraldan an’anaviy ta’lim bosqichma-bosqich boshlangach, hududlardan poytaxtga 36 738 nafar talaba yetib keldi. Ularning qariyb yarmi ijara uylariga, 27 foizi talabalar yotoqxonasiga, 23 foizi esa yaqin qarindoshlarinikiga joylashgan.

Ichki ishlar organlarida korrupsiyaviy jinoyatlar ikki baravar ko‘paygan
8 fevral 2022, 10:22

Ichki ishlar organlarida korrupsiyaviy jinoyatlar ikki baravar ko‘paygan

2021 yilda ichki ishlar organlarining 89 nafar xodimi 119 ta korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan. Bu 2020 yilga nisbatan 2 barobarga ko‘p. Ularning aksariyati hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va pora «oldi-berdi"si bilan bog‘liq.

«Kengash raisi hokimdan kuchli bo‘lishi kerak». Boyovut tumani hokimi kengash raisligini deputatlarga topshirdi
8 fevral 2022, 09:38

«Kengash raisi hokimdan kuchli bo‘lishi kerak». Boyovut tumani hokimi kengash raisligini deputatlarga topshirdi

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani va Shirin shahrida tajriba tariqasida hokimning xalq deputatlari kengashi raisi maqomi bekor qilinmoqda. «30 ta deputat ichidan kengash raisi saylanadi. U meni boshqaradida endi… Bir umrlik orzuyim shu», — dedi Boyovut hokimi Dilfuza Uralova. Uning so‘zlariga ko‘ra, doimiy ishlovchi deputat va senatorlar faoliyat yo‘lga qo‘yiladi, ularga oylik maosh to‘lanadi. Endi hokim o‘ziga emas, balki kengash oldida hisobot beradi.

Yuqorichirchiq tumanlararo sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanmoqda (to‘ldirildi)
8 fevral 2022, 09:25

Yuqorichirchiq tumanlararo sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanmoqda (to‘ldirildi)

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanmoqda. U sherigi bilan yer bilan bog‘liq nizoni ijobiy hal qilish uchun 3 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan. Sudyalar oliy kengashi uni javobgarlikka tortishga rozilik berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting