Yakshanba kuni O‘zbekistonda pandemiya davridan beri ilk marotaba 1037 kishida koronavirus aniqlandi, shuni yarmidan ko‘pi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Qolaversa, bemorlarning yana 3 nafari vafot etdi.
Andijon shahar perinatal markazi hududida qimmatbaho daraxt navlari ro‘yxatiga kiritilgan 12 tup Eldor qarag‘aylari noqonuniy ravishda kesilgan. Davlat ekologiya qo‘mitasi buning natijasida o‘simlik dunyosiga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan deb baholab, hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonga kirayotganlardan ekspress test olish tartibi joriy qilinishi navbatlar va odamlarning noroziligini yuzaga keltirdi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati bir kun ichida mamlakatga tashrif buyurgan 15 mingdan ortiq kishining 151 nafarida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.
Endilikda 1hls.uz platformasi foydalanuvchilarini rag‘batlantirish uchun har hafta bitta 100 mln so‘m miqdorida pul mukofoti va mingta velosiped o‘ynaladi. Yangi rag‘batlantirish tizimi ishga tushgani munosabati bilan 2022 yil 16 yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m berish to‘xtatiladi.
Andijon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan viloyat perinatal markazi hududidagi 12 tup daraxt kesildi. Daraxtlarning kesilishi Ekologiya qo‘mitasi bilan kelishilmagan. Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov daraxtlarni kesishga buyruq berganini hokimlik matbuot xizmati rad etdi.
15 yanvar kuni O‘zbekistonda 912 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanish holatlarining yarmi Toshkent shahrida (456 ta) qayd etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi joriy umra mavsumida ilk reyslar 22, 25 va 28 yanvar kunlari amalga oshirilishini ma’lum qildi. Safarga 2020 yilning fevraligacha ro‘yxatdan o‘tganlar boradi. Ziyoratchilar Astra-Zeneca, Moderna, Pfizer yoki Jonson&Jonson vaksinalari bilan to‘liq emlangan bo‘lishi lozim. Sputnik V va o‘zbek-xitoy vaksinalarini olganlar esa talab qilingan vaksinalardan birining ilk dozasini olishi yetarli bo‘ladi.
Poytaxtning 12 tumanida 24 soat faoliyat olib boruvchi kovid-poliklinikalar o‘z ishini boshladi. Bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, PZR-test, zarur dori-darmonlar bilan ta’minlangan (ro‘yxat).
Koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar ketma-ket yettinchi kun o‘sishda davom etmoqda — juma kuni yana 876 kishida virus aniqlandi. Eng ko‘p kasallanish holatlari Toshkent shahrida (434 ta holat) qayd etildi. 2 kishi esa COVID-19 oqibatida vafot etdi.
Uyda tayyorlanadigan sarimsoqpiyozli suxariklar, lavash va pishloqli chipslar, shprotlardan tayyorlangan pashtet, pishloqli lavash, pishloq va kolbasali «atirgullar», pishloq va ko‘katli pishiqlar — Zira.uz gazaklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
«Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimi direksiyasidagi davlat ulushini investorga ishonchli boshqaruvga topshirish belgilanmoqda. Bundan tashqari, Arnasoy suv omborida bir yil muddatga baliq ovlashga moratoriy e’lon qilish rejalashtirilmoqda.
14 yanvar kuni kechki payt metroning Yunusobod yo‘nalishi «Turkiston» bekatida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv tutun chiqishiga olib keldi. Nosozlik bartaraf etilgan, yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish tiklangan.
Onlayn auksionda sotilgan qariyb 300 mlrd so‘mlik avtoraqamlar, 16 fevral voqealarida qatnashganlikda gumon qilingan shaxsning O‘zbekistonga qaytarilgani, Sharof Rashidov nomi berilgan SamDU, emlanganlar o‘rtasidagi lotereya o‘tkazilishi va unga avtomobil qo‘yilgani, xonadonida baliq yetishtiruvchilarga beriladigan 81 mln so‘mlik kredit, tunda «tez yordam» stansiyasiga borgan vazir va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 14 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Maxsus komissiya qarori bilan 15 yanvardan O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qarshi majburiy test topshirish joriy etilmoqda. Test topshirish narxi so‘m ekvivalentida 5 AQSh dollari miqdorida bo‘ladi. Talabalarga 50 foiz chegirma beriladi.
O‘zbekiston va Tojikiston transport vazirliklari pandemiya tufayli to‘xtab qolgan avtobus qatnovini qayta tiklash masalasini muhokama qildi. Qolaversa, «O‘zbekiston — Tojikiston — Xitoy» transport koridorini rivojlantirish yuzasidan ham fikr almashildi.
Prezident qarori bilan Samarqand davlat universitetiga Sharof Rashidov nomi berildi. SamDUni flagman universitet darajasiga olib chiqish maqsadida transformatsiya dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, universitet tarkibida ikki institut va bitta filial tashkil etiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurol-yarog‘ hamda harbiy texnika bilan ta’minlash, havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirish, serjant-yo‘riqchilarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. «Yangi usullar paydo bo‘layotgan hozirgi sharoitda muvaffaqiyat, ko‘p jihatdan, komandir-serjant boshqaradigan kichik bo‘linmalar harakatiga bog‘liq», — dedi u.
Koronavirusga qarshi emlangan fuqarolar o‘rtasida bosh sovrini avtomobil bo‘lgan yutuqli o‘yin tashkil etiladi. Qolaversa, SSV ish beruvchilardan 20 yanvarga qadar xodimlari koronavirusga qarshi emlanishini ta’minlashni so‘radi (yangilandi).
2021 yilda O‘zbekistonda aholi soni 712,4 ming kishiga ko‘payib, jami 35 mln nafardan ortiqni tashkil etdi. Aholining 49,7 foizi ayollar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Hududlar kesimida eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida (4 mlndan ortiq) yashashi qayd etildi.
USAIDning agrobiznesni rivojlantirish loyihasi hunarmand ayollar (5−50 mln so‘m miqdorida qo‘shma moliyalashtirish) va ayollar hunarmandchiligi korxonalarining (50−200 mln so‘m) loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting