Jamiyat

“O‘zbekkonsert” tashkilotni ogohlantirmay xorijda konsert beradigan san’atkorlarning litsenziyasini to‘xtatishini ma’lum qildi
29 oktabr 2024, 16:56

“O‘zbekkonsert” tashkilotni ogohlantirmay xorijda konsert beradigan san’atkorlarning litsenziyasini to‘xtatishini ma’lum qildi

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi san’atkorlarga O‘zbekistondan tashqarida konsertlar o‘tkazishdan avval tashkilotni yozma ravishda xabardor qilish shartligini eslatdi. Talablarni buzganlarning litsenziyasi muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin.

Jizzaxda metan “zapravka” 8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi
29 oktabr 2024, 16:23

Jizzaxda metan “zapravka” 8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi metan “zapravka” elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

“Mahalla yettiligi” tizimida 51 ming nafar xodim faoliyat yuritmoqda — Qahramon Quronboyev
29 oktabr 2024, 16:18

“Mahalla yettiligi” tizimida 51 ming nafar xodim faoliyat yuritmoqda — Qahramon Quronboyev

Hozir O‘zbekistonda jami 9452 ta mahalla mavjud. Qahramon Quronboyevga ko‘ra, aholini boshqarish uchun yaratilgan “mahalla yettiligi” tizimi dunyoning birorta davlatida yo‘q. “Bugungi kunda 51 137 nafar xodim yettilikda faoliyat yurityapti”, — dedi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi.

Elektroskuter va samokatlarda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar joriy etildi
29 oktabr 2024, 12:19

Elektroskuter va samokatlarda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar joriy etildi

Elektroskuterlar, shuningdek, elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monog‘ildirak haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar kuchga kirdi. Bu vositalar yorug‘lik qaytargichlar va chiroqlar bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Ularda yo‘lovchi tashish taqiqlandi.

Sirdaryoda 13 yoshli bola qarindoshini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi
29 oktabr 2024, 09:13

Sirdaryoda 13 yoshli bola qarindoshini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 13 yoshli bola ruhiy nosog‘lom qarindoshini o‘ldirib qo‘ydi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, marhum bolaning qo‘liga pichoq berib, uni o‘ldirishini so‘rab qo‘rqitgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Uzum IT Community of Uzbekistan’ning strategik hamkoriga aylandi
29 oktabr 2024, 09:00

Uzum IT Community of Uzbekistan’ning strategik hamkoriga aylandi

IT Community of Uzbekistan va Uzum IT sohasida yosh mutaxassislarni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik boshlanganini e’lon qildi.

28-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
28 oktabr 2024, 23:47

28-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi yangi o‘rinlari, MDH missiyasining deputatlik sayloviga bahosi, o‘quvchilar uchun kuzgi ta’til muddatlari, Markaziy bank nomidan qilinayotgan firibgarlik holatlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Angrenda metan “zapravka” 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
28 oktabr 2024, 22:41

Angrenda metan “zapravka” 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent viloyati Angren shahridagi metan “zapravka” elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
28 oktabr 2024, 22:18

Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Yangi qonun bilan foydali qazilmalarni takroran ruxsatnomasiz qazib olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochiladi. Amaldagi qonunchilikda bu uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.

Individual harakatlanish vositalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi
28 oktabr 2024, 21:22

Individual harakatlanish vositalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi

MJTKga individual harakatlanish vositalari (velosiped, skuter, samokat va hokazo) va ularning elektron variantlari orqali sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi
28 oktabr 2024, 20:14

Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Talab etilgan til sertifikatiga ega bo‘lib, ammo kvota doirasida magistraturaga tavsiya etilmagan talabgorlar OTMlar belgilaydigan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi. Qo‘shimcha qabul asosida o‘qimoqchi bo‘lganlar tegishli oliygohga murojaat qiladi.

1-bosqich talabalariga to‘lov-kontraktni to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi
28 oktabr 2024, 17:59

1-bosqich talabalariga to‘lov-kontraktni to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

OTMlarda kontrakt yoki “superkontrakt” asosida o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi. Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddatini uzaytirish masalasini OTM rahbari hal qiladi.

Toshkentda oltin quymalari va xitoy tangalarini olib chiqib ketmoqchi bo‘lganlar to‘xtatildi
28 oktabr 2024, 17:21

Toshkentda oltin quymalari va xitoy tangalarini olib chiqib ketmoqchi bo‘lganlar to‘xtatildi

Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari tomonidan 6 dona oltin quymasi, quyma tilla uzuk va 7 dona xitoy iyerogliflari tushirilgan tangalar olib o‘tayotgan shaxs ushlandi. Buyumlarning umumiy qiymati 223 mln so‘mni tashkil qildi.

Maktab o‘quvchilari kuzgi ta’tilda ketma-ket 8 kun dam oladi
28 oktabr 2024, 17:05

Maktab o‘quvchilari kuzgi ta’tilda ketma-ket 8 kun dam oladi

Maktab o‘quvchilari uchun 2-noyabr so‘nggi o‘qish kuni bo‘ladi. Ular 4-noyabrdan kuzgi ta’tilga chiqib, 10-noyabrgacha dam oladi.

Komil Allamjonovga qurolli hujumda gumonlangan yana uch kishi ushlandi
28 oktabr 2024, 16:29

Komil Allamjonovga qurolli hujumda gumonlangan yana uch kishi ushlandi

Bosh prokuratura Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirishda gumon qilinayotgan yana uch shaxs hibsga olinganini ma’lum qildi. Avvalroq bir gumonlanuvchi hibsga olingandi.

“Deputatda siyosiy tafakkur yuqori bo‘lishi shart” — Ozodbek Nazarbekov
28 oktabr 2024, 14:40

“Deputatda siyosiy tafakkur yuqori bo‘lishi shart” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov poytaxtdagi 531-sonli saylov uchastkasida ovoz berdi. Parlament deputatligiga nomzodi ko‘rsatilgan vazirga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mavqeini jamiyat oldida yuksaltirish zarur. “Deputatda aynan siyosiy tafakkur yuqori bo‘lishi shart, deb o‘ylayman”, — dedi u.

Vazirlar deputatga aylanadimi? Markaziy saylov komissiyasi raisi javob berdi
28 oktabr 2024, 14:09

Vazirlar deputatga aylanadimi? Markaziy saylov komissiyasi raisi javob berdi

MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev proporsional saylov tizimi bo‘yicha partiyalar ro‘yxatida nomzodi ilgari surilgan vazirlar deputatga aylanishi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi. Uning aytishicha, bu nomzodlarning o‘z ixtiyorida bo‘lib, ular 5 kun ichida MSKga o‘z qarori to‘g‘risida ariza berishi kerak.

“Umume’tirof etilgan moslamalar ishlab chiqilsa, keyingi saylovlarda qo‘llash rejamiz yo‘q emas”. MSK raisi onlayn ovoz berish tizimi haqida
28 oktabr 2024, 13:27

“Umume’tirof etilgan moslamalar ishlab chiqilsa, keyingi saylovlarda qo‘llash rejamiz yo‘q emas”. MSK raisi onlayn ovoz berish tizimi haqida

MSK raisi dunyo bo‘ylab onlayn ovoz berish tizimida uning xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni ochiqlamasdan ovoz berish dasturlari hali yetarli darajada ishlab chiqilmaganini ma’lum qildi. “Agar umume’tirof etilgan moslamalar bo‘lsa, keyingi saylov jarayonlarida qo‘llash rejamiz ham yo‘q emas”, — dedi u.

Markaziy bank regulyator nomi bilan firibgarlik qilinayotganidan ogohlantirdi
28 oktabr 2024, 13:08

Markaziy bank regulyator nomi bilan firibgarlik qilinayotganidan ogohlantirdi

Markaziy bank fuqarolarning onlayn firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi. Odamlarga regulyatorning ramziy belgilari tushirilgan soxta hujjatlar yuborilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda er-xotin va ularning mehmoni is gazidan zaharlanib vafot etdi
28 oktabr 2024, 11:45

Qoraqalpog‘istonda er-xotin va ularning mehmoni is gazidan zaharlanib vafot etdi

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida er-xotin va ularning uyiga mehmonga kelgan yigit qozonxona mo‘risidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting