Jamiyat

Nima tayyorlaymiz: “dangasa” taomlar
2 noyabr 2024, 08:50

Nima tayyorlaymiz: “dangasa” taomlar

Dangasa “Napoleon”, lavashli tezpishar pitssa, “juda dangasa” do‘lmalar va “dangasa” taomlarning boshqa retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

1-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
1 noyabr 2024, 21:44

1-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar ro‘yxati, deputatlik mandatidan voz kechgan vazirlar, fermerni haqoratlagan Boyovut hokimi, ilk bor Superliga chempioni bo‘lgan “Nasaf” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Salonni erkak va ayollar uchun ikkiga ajratgan avtobus haydovchisi intizomiy jazoga tortildi
1 noyabr 2024, 19:58 1

Salonni erkak va ayollar uchun ikkiga ajratgan avtobus haydovchisi intizomiy jazoga tortildi

Samarqandda avtobusga “Ayollar oldinda, erkaklar orqada” plakatini osib qo‘ygan avtobus haydovchisi intizomiy jazoga tortildi. Yo‘nalishga xizmat ko‘rsatuvchi korxona haydovchilari bilan bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida suhbat o‘tkazildi.

Boyovut hokimi Dilfuza Uralova paxta “plan”ini bajarmagan fermerni haqoratladi
1 noyabr 2024, 18:18

Boyovut hokimi Dilfuza Uralova paxta “plan”ini bajarmagan fermerni haqoratladi

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova paxta “plan”ini bajarmagan fermerni haqoratladi. Yozib olingan audioga ko‘ra, Uralova IIBga hokimni qamab qo‘yishni buyurganini ham eshitish mumkin. Unga intizomiy jazo ko‘rish bo‘yicha viloyat hokimiga taqdimnoma kiritildi.

Samarqandda 41 yoshli erkak o‘zini yuk mashinasi ostiga tashlab, vafot etdi
1 noyabr 2024, 17:51

Samarqandda 41 yoshli erkak o‘zini yuk mashinasi ostiga tashlab, vafot etdi

Samarqandning Paxtachi tumanida ruhiy kasal erkak o‘zini yuk mashinasiga ostiga tashlab, joniga qasd qildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kameradalarda qayd etilgan yo‘l qoidasi buzilgani videosi 48 soat ichida YHXXga yuborilishi kerak
1 noyabr 2024, 17:31

Kameradalarda qayd etilgan yo‘l qoidasi buzilgani videosi 48 soat ichida YHXXga yuborilishi kerak

Foto va videokuzatuv vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ishlar 48 soat ichida YHXXga yuborilishi kerak, aks holda haydovchi javobgarlikka tortilmaydi. IIV ma’lumotlar bir necha kundan keyin, hatto bir necha oydan keyin ham kelishi mumkinligini ta’kidlagandi edi.

Samarqandda isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlandi
1 noyabr 2024, 17:00

Samarqandda isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlandi

Samarqand viloyatida isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlandi. Gaz va elektr ta’minoti korxonalariga qozonxonalar, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi
1 noyabr 2024, 15:51

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi

2−3-noyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab asosan quruq ob-havo kuzatiladi. Shanba kuni ba’zi hududlarda qisqa yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Yakshanba kuni harorat +25 darajagacha isishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketishi oqibatida uch kishi vafot etdi
1 noyabr 2024, 15:49

Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketishi oqibatida uch kishi vafot etdi

Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida mast haydovchi boshqaruvidagi Lacetti kanalga tushib ketdi. Oqibatda ikki yo‘lovchi voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etdi.

O‘zbekiston orqali tamaki tranziti uchun talablar belgilandi
1 noyabr 2024, 15:09

O‘zbekiston orqali tamaki tranziti uchun talablar belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tamaki mahsulotlarining O‘zbekiston orqali tranzitini amalga oshirish uchun yangi talablar joriy etildi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (2−3-noyabr)
1 noyabr 2024, 15:07

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (2−3-noyabr)

To‘qqizta kinopremera, Amerika sirki tomoshasi, ko‘rgazma va yarmarkalar, bolalar hamda kattalar uchun ijodiy mahorat darslari, shuningdek, kelayotgan dam olish kunlarida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlar.

Zarafshon aeroporti qayta ishga tushirilishi mumkin
1 noyabr 2024, 14:30

Zarafshon aeroporti qayta ishga tushirilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga Zarafshon shahridagi 80-yillarda qurilgan aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini o‘rganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Toshkent viloyatida bir oilaning ikki a’zosi is gazidan vafot etdi
1 noyabr 2024, 12:41

Toshkent viloyatida bir oilaning ikki a’zosi is gazidan vafot etdi

Toshkent viloyati Bekobod tumanida ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Prezident Navoiy viloyatida 2025-yilni “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilishni taklif qildi
1 noyabr 2024, 12:06

Prezident Navoiy viloyatida 2025-yilni “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilishni taklif qildi. Bu yil doirasida “Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglash” mavzusida prezident sovg‘asi uchun tanlov tashkil etiladi. Quriladigan Yangi O‘zbekiston bog‘ida Alisher Navoiyga bag‘ishlab memorial muzey ochiladi.

Andijonda 24 yoshli yigit ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi
1 noyabr 2024, 12:01

Andijonda 24 yoshli yigit ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi

Andijon shahrida 24 yoshli yigit o‘zini yoqib yuborib, joniga qasd qilishga urindi. U kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

Andijonda hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli qizcha qutqarildi
1 noyabr 2024, 11:30

Andijonda hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli qizcha qutqarildi

Andijonning Asaka tumanida 1 yoshli qizaloq hojatxonaga tushib ketdi. FVB qutqaruvchilari qizni chuqurdan olib chiqdi.

1-noyabrdan “Paxtakor” metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi
1 noyabr 2024, 11:25

1-noyabrdan “Paxtakor” metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi

“Paxtakor” metro bekatidagi eskirgan eskalator yangilanishi sababli 1-noyabrdan bekatning eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi. Jarayon qachon tugashi ma’lum emas. Metropoliten undan so‘ng Chilonzor yo‘nalishidagi “Mustaqillik maydoni” va “Hamid Olimjon” bekatlaridagi eskalatorlarni ham yangilaydi.

Taksi haydovchisiga pichoq bilan hujum qilgan ikki talaba 7 va 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
1 noyabr 2024, 10:50

Taksi haydovchisiga pichoq bilan hujum qilgan ikki talaba 7 va 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Toshkent yaqinidagi dalada Yandex Go haydovchisiga pichoq bilan hujum qilgan ikki talaba 7 va 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sudda ulardan biri qarzlari tufayli jinoyatni rejalashtirganlarini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘istonda ikkita korxona 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi
1 noyabr 2024, 09:54

Qoraqalpog‘istonda ikkita korxona 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda ikkita korxona umumfoydalanishdagi tarmoqqa noqonuniy ulanish orqali 1,5 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagani aniqlandi. Toshkentda ishlab chiqarish sexi 578 mln so‘m zarar yetkazdi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari ochildi.

Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazigan tashkilot 274 mlrd so‘m to‘laydigan bo‘ldi
1 noyabr 2024, 09:37

Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazigan tashkilot 274 mlrd so‘m to‘laydigan bo‘ldi

Toshkent viloyatidagi Chirchiq daryosi bo‘yida qum-shag‘al aralashmasi qazib olgan xususiy tashkilot tabiatga 273 mlrd 802 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. U avval ham shu qonunbuzarligi uchun javobgarlikka tortilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting