Jamiyat

Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi
1 noyabr 2024, 09:31

Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi

Prezident Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Maqsad — aniq va tabiiy fanlar, IT, iqtisodiyot, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash.

31-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
31 oktabr 2024, 23:54

31-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Prezidentning Navoiy viloyatiga tashrifi, 2025-yilda soliq tizimida kutilayotgan o‘zgarishlar, AQSh sanksiyasiga uchragan o‘zbek kompaniyalari, 15 foizga oshirilgan issiqlik ta’minoti va issiq suv narxlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentda Nexia 3 bordyurga urilishi oqibatida yonib ketdi
31 oktabr 2024, 23:41

Toshkentda Nexia 3 bordyurga urilishi oqibatida yonib ketdi

Toshkentning Yunusobod tumanida Nexia 3 yo‘l chetidagi beton bordyurga borib urildi. Oqibatda mashinada yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirish uchun beton aralashtirgich transportidagi suvdan ham foydalanildi.

“Bilim va hunaringiz kelajakda sizlarga qanot bo‘ladi” . Prezident — maktab o‘quvchilariga
31 oktabr 2024, 22:05

“Bilim va hunaringiz kelajakda sizlarga qanot bo‘ladi” . Prezident — maktab o‘quvchilariga

Navoiyga tashrif buyurgan prezident shaharning yangi mahallalaridan birida joylashgan 22-maktabni ko‘zdan kechirdi. Unda 10 dan ortiq to‘garaklar — amaliy san’at, mehmonxona xizmatlari, rassomchilik, suratkashlik, IT, robototexnika, shuningdek, harbiy vatanparvarlik guruhi tashkil etilgan.

Prezident Yangi Navoiy shaharchasidagi qurilish ishlari boshlanishini ko‘zdan kechirdi
31 oktabr 2024, 20:27

Prezident Yangi Navoiy shaharchasidagi qurilish ishlari boshlanishini ko‘zdan kechirdi

Prezident Navoiyga tashrifi chog‘ida 1100 gektar maydonda qurilayotgan Yangi Navoiy shaharchasi birinchi bosqichining borishi bilan tanishdi. Shaharchada balandligi 7 dan 22 qavatgacha bo‘lgan uylar, 4170 o‘rinli maktablar, 1620 o‘rinli bog‘chalar va poliklinika, shuningdek, bog‘ va pedinstitutning yangi binosi quriladi.

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Qurbon bor
31 oktabr 2024, 17:45

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Qurbon bor

Toshkent shahri Olmazor tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 74 yoshli fuqaro vafot etdi.

Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari 15 foizga oshirildi
31 oktabr 2024, 17:41

Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari 15 foizga oshirildi

Toshkent shahar hokimi aholi va yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari tariflarini 15 foizga oshirish qarorni imzoladi.

Noyabr oyining boshlanishi iliq, keyingi haftalari sovuq bo‘ladi
31 oktabr 2024, 17:03

Noyabr oyining boshlanishi iliq, keyingi haftalari sovuq bo‘ladi

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda noyabr oyining boshida iliq ob-havo kuzatiladi. Harorat kunduzi +20 darajagacha isishi mumkin. 8−10-noyabrdan boshlab kunlar sovib, harorat kunduzi +12, kechasi −5…−0 darajagacha tushadi. Yog‘ingarchilik oktabrdagidan ko‘proq, davomiy va jadal bo‘ladi.

Xalqaro kinofestivallarda taqdirlangan milliy filmlar ijodkorlari rag‘batlantiriladi
31 oktabr 2024, 16:00

Xalqaro kinofestivallarda taqdirlangan milliy filmlar ijodkorlari rag‘batlantiriladi

Kinematografiyani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy komissiya vazifalari belgilanmoqda. Shuningdek, xalqaro kinofestivallarda taqdirlangan milliy filmlar ijodkorlarini rag‘batlantirish tizimi joriy etilmoqda.

Surxondaryoda isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlanadi
31 oktabr 2024, 15:38

Surxondaryoda isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlanadi

Surxondaryo viloyatida isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlanadi. Gaz va elektr ta’minoti korxonalariga qozonxonalar, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Navoiydagi cho‘lda 10 nafar yigit janjallashdi, ulardan biri vafot etdi
31 oktabr 2024, 15:12

Navoiydagi cho‘lda 10 nafar yigit janjallashdi, ulardan biri vafot etdi

Navoiy Konimex tumanida 10 nafar yigit kelishmovchilik ortidan cho‘lga borib janjallashdi. Oqibatda ulardan biri boshqasini pichoqlab o‘ldirdi.

Shavkat Mirziyoyev Navoiydagi vodorod peroksidi ishlab chiqariladigan korxona faoliyati bilan tanishdi
31 oktabr 2024, 14:33

Shavkat Mirziyoyev Navoiydagi vodorod peroksidi ishlab chiqariladigan korxona faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston prezidenti Navoiy viloyatiga tashrifi avvalida Uzbekistan hydrogen peroxide qo‘shma korxonasi bilan tanishdi. U yerda vodorod peroksidi ishlab chiqariladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot ichki ehtiyojni to‘liq qoplab, import o‘rnini to‘ldirishi kutilmoqda.

Global amaliyotda ekoturizm nima va O‘zbekiston uni qanday rivojlantirishi mumkin?
31 oktabr 2024, 14:17

Global amaliyotda ekoturizm nima va O‘zbekiston uni qanday rivojlantirishi mumkin?

Ekoturizm deganda jahon amaliyotida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lib, tabiat qo‘ynida dam olish tushuniladi. Chetda ekoturizm qanday rivojlantirilyapti, bu borada kim ilg‘or, O‘zbekistonda uni qanday yo‘lga qo‘yish mumkin — Atlas konsalting kompaniyasining “Gazeta.uz” uchun maxsus sharhi shu haqda.

O‘zbekistonda bir yilda 14 nafar shaxs ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilishda ayblanib sudlandi
31 oktabr 2024, 13:07

O‘zbekistonda bir yilda 14 nafar shaxs ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilishda ayblanib sudlandi

O‘zbekistonda 2023-yil noyabr oyidan buyon ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilgan 14 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 7 nafar shaxs esa jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilgani uchun javobgarlikka tortildi.

Cobalt Midnight hozirgisidan 7,3 mln so‘m qimmatroq bo‘ladi
31 oktabr 2024, 12:31

Cobalt Midnight hozirgisidan 7,3 mln so‘m qimmatroq bo‘ladi

Cobalt avtomobilining yangi modifikatsiyasi — Cobalt Midnight hozirgi mavjud modifikatsiyadan 7,3 mln so‘m qimmatroq bo‘ladi. Birinchi bosqichda yangi modifikatsiyada yoritish tizimi va g‘ildirak disklari qoramtir tusda bo‘ladi. Keyingi bosqichlarda esa interer qismi bo‘yicha qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritiladi.

UNICEF’ning O‘zbekistondagi bolalar va o‘smirlar holati bo‘yicha yangi tahlili nimalarni ko‘rsatib berdi?
31 oktabr 2024, 11:56

UNICEF’ning O‘zbekistondagi bolalar va o‘smirlar holati bo‘yicha yangi tahlili nimalarni ko‘rsatib berdi?

UNICEF va bolalar ombudsmani O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar holati bo‘yicha yangi tahlil natijalarini taqdim etdi. Unda yutuqlar ham, muammolar ham, jumladan, tibbiyotni moliyalashtirishning yetishmasligi, ta’lim sifati, YTHlarda o‘lim darajasi yuqoriligi, to‘liq bo‘lmagan statistika va boshqalar tavsiflangan.

Surxondaryoda 17 yoshli qiz 8-qavatdan yiqilib, vafot etdi
31 oktabr 2024, 11:42

Surxondaryoda 17 yoshli qiz 8-qavatdan yiqilib, vafot etdi

Surxondaryoning Denov tumanida 17 yoshli qiz o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uyning 8-qavatidan yiqilib, vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqandda avtobus traktor tirkamasiga urildi. Avtobus yo‘lovchisi jarohatlandi
31 oktabr 2024, 11:12

Samarqandda avtobus traktor tirkamasiga urildi. Avtobus yo‘lovchisi jarohatlandi

Narpay tumanida Yutong avtobusi qayrilib olayotgan traktorning tirkamasiga borib urildi. Hodisadan so‘ng avtobusning bir yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.

Chery 2024 Global innovatsion konferensiyasining tantanali ochilish marosimi qanday o‘tdi
31 oktabr 2024, 11:00

Chery 2024 Global innovatsion konferensiyasining tantanali ochilish marosimi qanday o‘tdi

2024-yil oktabr oyida Xitoyning Uhu shahrida “Kelajak uchun texnologiyalar” shiori ostida Chery 2024 Global innovatsion konferensiyasining (CGIC) ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Issiqlik ta’minotiga qachon start beriladi? Aslida qachon berilishi kerak?
31 oktabr 2024, 07:17

Issiqlik ta’minotiga qachon start beriladi? Aslida qachon berilishi kerak?

O‘zbekiston shaharlarida issiqlik ta’minoti yoqilishi uchun havo harorati ketma-ket 5 kun +8 darajadan past bo‘lishi shartmi? Bu qoida qayerdan olingan? Unga so‘zsiz rioya etiladimi? Qo‘shni davlatlarda qanday? Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun shu kabi savollarga javob izladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting