Bolalar bog‘chasi va bolalar uylaridagi bazmlar, san’atkorlarning televideniyedagi chiqishlari, Prezident archasi. «Gazeta.uz» so‘roviga binoan Kinofotofonohujjatlar milliy arxivi tahririyatga 1960−1990-yillarda mamlakatda Yangi yil qanday nishonlangani aks etgan suratlarni taqdim etdi.
2022-yilning birinchi sutkasida 2316 nafar chaqaloq, shundan 13 holatda egizaklar dunyoga keldi. Chaqaloqlarning 1118 nafari qiz, 1198 nafari esa o‘g‘il bola bo‘lib, eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida (270 nafar) tug‘ilgan. Bu so‘nggi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkich.
O‘zbekistonning 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda bir qancha ustuvor maqsadlar qatoridan — 5 yil ichida aholi jon boshiga YAIMni 1,6 baravarga oshirish, inflyatsiya darajasini 9,9 foizdan 5 foizgacha pasaytirish, davlat budjeti taqchilligi 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash, davlat qarzini yiliga $4,5 mlrddan oshirmaslik, eksport hajmini $30 mlrdga yetkazish o‘rin olgan.
Toshkent shahar IIBB o‘t o‘chirgich yoqib yuborilgan holat yuzasidan 4 kishiga nisbatan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.
1 apreldan boshlab daraxtlarni noqonuniy tarzda kesish holatlari tasvirlangan foto va videolarni birinchi bo‘lib yuborgan shaxslarga BHMning bir baravari (270 ming so‘m) miqdorida pul mukofoti to‘lab beriladi. Huquqbuzarlik haqida xabar berganlarning ma’lumotlari oshkor qilinmaydi.
Tasdiqlanmagan xabarni «repost» qilgani uchun hibsga olingan jamoatchilik faoli Ruslan Xairnurov ozodlikka chiqarildi. Apellyatsiya sudi — birinchi instansiya sudi gumondorga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasini qo‘llab xatolikka yo‘l qo‘yganini tan olib, uni «uy qamog‘i»ga almashtirdi. Jamoatchilik faoliga aloqa vositalari hamda internetdan foydalanmaslik bo‘yicha majburiyatlar ham yuklatildi.
DXX Bekobod shahar hokimligining bosh mutaxassisini maktabgacha ta’lim muassasasi binosini xususiylashtirish va shahar hududidan 1 gektar yer maydoni olib berish evaziga 128 ming dollar olgan vaqtida ushladi. Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham noqonuniy yer sotish holatlari aniqlandi.
Poytaxtda Yangi yilni nishonlash vaqtida noma’lum shaxslar o‘t o‘chirish moslamasini yoqib yuborishdi. Natijada u portlab ketgan va buni tasvirga tushirayotgan 3 kishi jiddiy tan jarohatlarini olgan.
Frikadelkali, qarsildoq tovuq solingan pishloqli, fransuzcha, xamir bo‘lakchalari solib pishirilgan hamda dudlangan tovuqli sho‘rvalar — Zira.uz sovuq kunlar uchun issiq sho‘rvalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Prezident farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirildi. Jarimalar besh baravarga, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori esa ikki baravarga oshirildi. Qolaversa, daraxtlarni har qanday holatda kesish yoki yo‘q qilish to‘g‘risida hukumat farmoyishlari va hokimlar qarorlarini qabul qilish taqiqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Yangi yil bayrami bilan tabrikladi. «Ishontirib aytamanki, xalqimizning hayoti yanada farovon va mazmunli bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz», — dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev yangi 2022 yilni O‘zbekistonda «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb e’lon qilishni taklif etdi. Prezident yilni nomlash bo‘yicha taklifini birinchi marotaba Yangi yil arafasida e’lon qilmoqda.
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida hammomda gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuzaga keldi. Portlash oqibatida hammom tomi qulagan. Uch kishining vafot etgani, to‘rt fuqaroning jarohatlangani ma’lum qilindi.
Samarqand shahridagi Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishmasida barpo etilgan tunnel tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Qurilish ishlari ikki yil davom etdi va qurilishga 143 mlrd so‘m sarflandi. 2022 yilda shaharda SHHT sammiti bo‘lib o‘tadi.
31 dekabr va 1 yanvar kunlari «Yangi O‘zbekiston» bog‘i atrofidagi yo‘llarda harakat vaqtincha cheklanadi. 31 dekabrdan 10 yanvargacha Chimyon yo‘lida harakat bir tomonlama bo‘ladi.
O‘zbekistonda odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda gumon qilingan va qidiruvda bo‘lgan erkak Interpol tomonidan AQShda qo‘lga olindi.
Yangi yildan oldin Toshkent bezatildi. Turli xil installyatsiyalar va chiroqlar bilan o‘ralgan daraxtlar Yangi yil kayfiyatini ulashmoqda. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin shaharning bayramoldi muhitini ko‘rsatadi.
Nukusda muz o‘rtasida qolib ketgan bolalar, O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi etib tayinlangan Farhod Arziyev, 1 noyabrdan niqob taqish bekor qilinganini aytgan YPX xodimi, Ekoqo‘mita raisligiga ma’qullangan Narzullo Oblomurodov, aholi piyoda yurgani uchun to‘langan 43,4 mlrd so‘m, Top-5 talikka kirgan shaxmatchi Javohir Sindarov, Yangi yilda o‘zbekistoniklar eng ko‘p qanday sovg‘a kutayotgani haqidagi so‘rovnoma va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 30 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Pora olganlikda gumonlangan «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» sobiq bosh direktori Muratbay Bazarimbetovga nisbatan sud 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Avvalroq, u tadbirkordan gaz stansiyasini elektr tarmog‘iga ulash uchun 15 ming dollar olgani aytilgandi. Uning sherigiga esa 6 yil qamoq jazosi berildi.
UzAuto Motors Chevrolet Equinox 2022 yilgi modelining narxni 250 mln so‘mdan 391 mln so‘mgacha etib belgiladi. Kompaniyaning ishontirishicha, yangi Equinox avtomobilining afzalligi uning gibrid tizimi hisoblanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting