Yaqin kunlarda havo haroratining sovishi, biroq yog‘ingarchiliklarsiz bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +10 daraja iliq bo‘ladi, ba’zi hududlarga tuman tushishi mumkin.
Toshkent metropoliteni tajriba tariqasida «Chilonzor» metro bekatida hojatxona qurishni boshladi, agar bu o‘zini oqlasa, boshqa bekatlarda ham tadbiq etiladi. Shuningdek, bekatlarda yo‘l ko‘rsatkichlarini zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich almashtirish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Jenisbek Piyazov jamoatchilik asosida maktabgacha ta’lim vaziri maslahatchisi etib tayinlandi. U sohada madaniyat va san’atni rivojlantirishga yordam beradi.
So‘nggi ikki kun ichida O‘zbekistonda 397 kishi koronavirus yuqtirib oldi, uch kishi esa vafot etdi. 5 yanvargacha COVID-19`ga chalinganlar soni 100 kishidan oshmayotgan, 9 kundan beri esa o‘limlar qayd etilmagan edi.
Buyuk Britaniya 10 yanvardan O‘zbekistonning koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarini rasman tan olishni boshlaydi. Endilikda vaksina olgan o‘zbekistonliklar Angliyaga kirish uchun PZR testini taqdim etishlari shart bo‘lmaydi.
Oliy sud 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha surgun qilingan, otilgan va mol-mulki musodara qilingan 120 nafar qatag‘on qurbonlari nomini oqladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 kun davom etgan mehnat ta’tilidan qaytib, odatdagi tartibda ishlashga kirishdi. O‘tgan yili davlat rahbari 7 kun davomida mehnat ta’tilida bo‘lgandi.
Tez-tez o‘chib turuvchi chiroq, pechdan taraladigan achchiq tutun isi, sovuq havoda o‘choqda tayyorlangan ovqat, sandal atrofidagi tushlik. Qishloq ahli qishni qanday o‘tkazishi — Madina A’zam fotohikoyasida.
Qozog‘iston prezidenti bilan muloqot qilgan Shavkat Mirziyoyev, OTM, kollej va litsey talabalari uchun uzaytirilgan qishki ta’til, chigit ishi sabab Qashqadaryo hokimligini ogohlantirgan Biznes-ombudsman, Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirgan TIV, Navoiyda qum bosib qolgan 5 nafar buxorolik oltin qazuvchi, YPX ko‘z oldida uchta yo‘l qoidasini buzgan Qashqadaryo hokimligi haydovchisi va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 6 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qarshi shahrida sport ustasi Elbek Rahimovning o‘ldirib ketilganiga oid jinoyat ishini sudda ko‘rish boshlandi. Jami 26 kishi — qasddan odam o‘ldirish, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir va yengil tan jarohatlari yetkazish, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, odam o‘g‘irlash, pora olish va berish, aybsiz kishini javobgarlikka tortish, yolg‘on guvohlik berish, jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish, bezorilik moddalari bilan sudlanmoqda.
Uzbekistan Airways kompaniyasi 8−13 yanvar kunlari Qozog‘iston shaharlariga uchishi rejalashtirilgan reyslarni bekor qildi.
O‘zbekistonda «fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish» maqsadida milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. 2018 yil dekabrida prezident qarori bilan «kriptografik himoyalangan birinchi milliy UzChat messenjeri»ni joriy etish belgilangan edi.
XTVning “Gazeta.uz"ga aniqlik kiritishicha, maktablarda qishki ta’til odatdagidek davom etadi, 11 yanvardan uchinchi chorak boshlanadi. Qishki ta’til uzaytirilishi faqat oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilariga taalluqli.
Biznes-ombudsman Qashqadaryodan samarqandlik tadbirkorning 100 tonna chigit mahsuloti chiqarilmayotgani holati yuzasidan viloyat hokimligini «tadbirkorlarning huquqlariga rioya etilishiga doir qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda tegishli chora ko‘rish bo‘yicha ogohlantirdi». Kompaniya vakili hujjatlarida muammo yo‘qligiga va chigit og‘zaki topshiriq bilan ushlab turilganiga ishontirmoqda.
Konimex tumanida noqonuniy tarzda oltin qazib olayotgan 5 nafar buxorolik qum bosib qolishi oqibatida vafot etgan. Ta’kidlanishicha, ular qum ostida 10 kundan ko‘proq qolib ketishgan.
OTM, kollej va akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun qishqi ta’til 24 yanvargacha uzaytirildi. Avia va temir yo‘l chiptalariga 50 foizlik chegirma muddati ham uzaytiriladi, xarid qilingan chiptalar esa bepul tarzda boshqa sanaga almashtirib beriladi.
Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari xizmat mashinasi ekanligi aytilayotgan Trailblazer haydovchisi YPX xodimlari ko‘z o‘ngida uchta yo‘l harakati qoidasini buzdi. Video internetda e’lon qilinganidan so‘ng, avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Mashina oynalari ham ruxsatsiz qoraytirilgani ma’lum bo‘ldi.
Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga ko‘ra, Bo‘stonliq va Zomin tumanlarida FVVning o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan otryadlari tashkil etiladi. Qolaversa, 2022 yilda vazirlikning aviatsiya xizmati faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi. Ëng‘in-texnik vositalarini ishlab chiqarishga esa xususiy sektor jalb etiladi.
Urgut tumanidagi «Dehqonobod dehqon bozori» yaqinida 29 yoshli fuqaro qo‘shnisining bosh va bo‘yni sohasiga temir bolta bilan urib, o‘ldirib qo‘ygani aytilmoqda. Gumondor protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasining navbatdagi mehmoni — Ilon Mask asos solgan Yevropadagi Tesla gigazavodida ishlovchi Muzaffar Hamroyev. Biz undan nega o‘qishni Germaniyada davom ettirgani, u yerdagi ta’lim sifati, Tesla`ga ishga kirishi qanday bo‘lgani, Ilon Mask uchun o‘tkazgan taqdimoti qanday natija bergani, xorijdagi qiyinchiliklar va O‘zbekistondagi yoshlarga beradigan maslahatlari haqida so‘radik.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting