Rossiyaga kirishga taqiq qo‘yilgan besh nafar O‘zbekiston fuqarolari Lugansk viloyatida Ukraina-Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan vaqtda qo‘lga olindi.
Toshkent amaliy fanlar universitetiga hujjatlarni onlayn tarzda topshirishingiz mumkin. Ta’lim kunduzgi va sirtqi shakllarda mavjud.
Bolalar bog‘chasiga navbatga qo‘yish, ijro holati bo‘yicha qarzdorlikni, kadastr obyektiga va xorijga chiqishga taqiqni aniqlash, tadbirkorlar ma’lumotlarini avtomatik tarzda, mobil qurilmadagi USSD so‘rovi yordamida olish imkoniyati yaratildi.
Milliy arxeologiya markazi xodimlari Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Ko‘xitang tog‘ida o‘rta paleolit davriga oid yangi yodgorlikni aniqladi.
O‘zbekistonliklar yangi yilni yog‘ingarchiliksiz, iliq ob-havoda kutib oladi. Faqat 4 yanvar kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, shu kuni qor faqat tog‘li hududlarda yog‘adi. Umuman olganda, O‘zgidromet xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda Yangi yilda qor yog‘ishi kam uchraydigan holat. 31 dekabrda yog‘ingarchilik o‘rtacha 4−5 yilda bir marta, 1 yanvarda esa 2−3 yilda bir marta kuzatiladi.
UZINFOCOM veb-sayt foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qiladigan DNSSEC texnologiyasini o‘rnatishni taklif qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi 1 noyabrdan niqob taqish bekor qilinganligini aytgan video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi «Gazeta.uz»ga tibbiy niqob taqish majburiyati bekor qilinmaganligini ma’lum qildi. Xodimning harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Chorshanba kuni Nukusdagi «Qosko‘l» drenaj ko‘liga o‘ynashga chiqqan ikki nafar 11 yoshli bola muz yorilishi natijasida suvga tushib ketgan. Ërdam kelgunicha, ular muzning qalinroq qismiga chiqib olishgan. Qoraqalpog‘iston FVB xodimlari ularni qutqarib, tibbiy yordam ko‘rsatishgan (video).
«Gazeta.uz» o‘quvchilari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aksariyat respondentlar Yangi yil bayrami sovg‘asi sifatida kitoblar va pulni ma’qul ko‘rishadi. Bayram kayfiyatining asosiy manbai esa oila davrasida, deb bilishadi. Shuningdek, respondentlarning har uchtadan bittasi 2022 yilda pandemiya nihoyasiga yetishini istaydi.
29 dekabr kuni oxirgi 6 oy ichida birinchi marotaba koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi. Kasallik yuqtirganlar soni esa yana 100 nafardan oshib ketdi.
«Ijtimoiy fikr» so‘rovi natijalariga ko‘ra, qariyb 82% o‘zbekistonliklar Yangi yilni «xursandchilik, ko‘tarinki kayfiyat» bilan kutib olishmoqda. Ko‘pchilik 2022 yildan faqat ro‘shnolik va yaxshilikni kutmoqda.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov blits yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunida top-5 talikka kirdi. 16 yoshli sportchi 12 turning birida dunyoning to‘qqizinchi raqamli shaxmatchisini mag‘lub etdi. Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidovlar hozircha yetakchilardan ortda qolmoqda.
7,5 yilga qamalgan Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari, tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov, 477,9 mln so‘mlik KIA Sorento xaridini bekor qilgan Sirdaryo hokimligi, 40 kishiga OITS yuqtirgan buxorolik ayol, bayram kunlari ish vaqti uzaytirilgan jamoat transporti, O‘zbekistonda quriladigan AES va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 29 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Energetika vazirligi O‘zbekistondagi texnik muammolar tufayli Afg‘onistonning 15 provinsiyasi, jumladan, Kobulda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Qonunchilik palatasi «Ichimlik suvi ta’minoti va oqava suvlarni chiqarish to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi. Deputat Rasul Kusherbayev «yangi O‘zbekistonda suv ta’minoti masalasi eskiligicha qolayotganini» aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, iste’molchi «suv hisoblagichini o‘zi sotib oladi, hisobini o‘zi yuritadi va ko‘rsatkichlarni o‘zi tekshiradi». «O‘zsuvta’minot» korxonasi rahbari Sohib Saifnazarovning aytishicha, korxona o‘z hisobidan hisoblagichlarni o‘rnatishga tayyor, ammo keyin «barcha xarajatlarni tariflarga qo‘shishga to‘g‘ri keladi».
Deputatlar qiynoqlardan jabrlanganlarga tovon puli to‘lashni nazarda tutuvchi Fuqarolik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz rahbarining birinchi o‘rinbosari mazkur hujjat BMT Qo‘mitasi va maxsus ma’ruzachisi tavsiyalarini inobatga olgan holda, shuningdek, O‘zbekiston obro‘siga putur yetkazuvchi va uning manfaatlariga ta’sir etuvchi qiynoq holatlari, GSP+ bo‘yicha majburiyatlar hamda boshqa omillar tufayli qabul qilinishi zarur ekanligini ta’kidladi.
Xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatlarga ega xodimlarga qo‘shimcha ustama to‘lanishi, YATTlarning ijtimoiy soliq stavkasi ikki baravarga kamaytirilishi, 15 turdagi ma’lumot va hujjat aholidan talab qilinmasligi, chek bermasdan tovar sotganlar haqida xabar berganlarning mukofotlanishi, tugallanmagan qurilishni moliyalashtirish to‘xtatilishi, avtomobilni notarius tasdig‘isiz ijaraga berish mumkinligi va metro poyezdlari harakatini ko‘rsatuvchi mobil ilova ishga tushirilishi va boshqalar — 1 yanvardan nimalar o‘zgaradi?
«Yangi yil» bayrami munosabati bilan dam olish kunlari poytaxtda avtobuslar va metro harakati vaqti o‘zgaradi. Jumladan, 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi jamoat transporti harakati 1 soatga uzaytiriladi. 5 yanvarga qadar ular yakshanba kuniga mo‘ljallangan jadval asosida faoliyat yuritadi.
Sirdaryo viloyati hokimligining 477,9 mln so‘mga KIA Sorento Comfort xizmat avtomobili xaridi bo‘yicha shartnomasi bekor qilindi. Ushbu mablag‘ esa «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasiga yo‘naltirilgan. Holat bo‘yicha hokimning birinchi o‘rinbosariga «hayfsan» berildi.
Jizzaxdagi bino qulashi ortidan viloyat hokimining ishdan bo‘shatilgan o‘rinbosari Akram Rahmonqulov bir qancha jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 7 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish va 111,5 mln so‘m jarimaga tortish jazosi tayinlandi. Jinoyat ishi doirasida jami 27 kishi, jumladan, Akram Rahmonqulovning to‘rt nafar ukasi va o‘g‘li javobgarlikka tortildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting