Adliya vazirligi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, qarz summasi chet el valyutasida belgilanganda shartnoma yozma shaklda tuzilishi va notarial tartibda tasdiqlanishi shart bo‘ladi. Vazirlik bu fuqarolar «o‘zining qonuniy manfaatlarini sudda to‘liq himoya qilishiga huquqiy asos bo‘ladi» deb hisoblamoqda.
20 yildan ortiq vaqt davomida aql janglari maydoni bo‘lib kelayotgan «Zakovat» ko‘plab bilimdonlarni xalqqa tanitdi. «Gazeta.uz» «Zakovat» yulduzlari bilan suhbat uyushtirib, ular klubga qanday kirib kelganligi, asosiy raqib sifatida kimni ko‘rishlari, nega o‘yinni tark etmasliklari va yangi avlodni qanday qilib jalb qilish mumkinligi haqidagi fikrlarini o‘rgandi. Materialning ikkinchi qismida bilimdonlar Umid Valiyev va Jobir Ahmedov bilan suhbatlarni taqdim etamiz.
Yaponiya hukumati Termiz tumanidagi birlamchi tibbiyot muassasalarining suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun grant ajratdi. Loyiha YUNICYeF tomonidan amalga oshirilmoqda.
Toshkentdagi «Kosmonavtlar» metro bekatida poyezd vagonida «nosozlik sababli tutun chiqdi», deya xabar qildi FVV. Yo‘lovchilar vagondan tushirilgan, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. Poyezd ta’mirlashga jo‘natildi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi rahbari, Osiyo olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarovni faxriy yorliq bilan taqdirladi.
Payshanba kuni O‘zbekistondan Afg‘onistonga gumanitar yordam yuklangan poyezd jo‘nab ketdi. 63 vagonga oziq-ovqat, kiyim-kechak va ko‘mir ortilgan.
O‘zbekiston xalq artisti, bolalar xori san’atining faol targ‘ibotchisi, kompozitor va dirijyor Shermat Yormatov 82 yoshida vafot etdi.
Zaxirasi 5 ming tonnadan ortiq Olmaliqdagi oltin koni, Xovosda 7 mln dollari talon-toroj qilingan OTB, 540 mln so‘mgacha imtiyozli kredit olish imkoniga ega bo‘lgan yosh tadbirkorlar, sotuvga qo‘yilgan Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi, hokimlari almashgan tumanlar, yo‘l-transport infratuzilmasi ishlab chiqilayotgan Toshkent va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 22 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Transport vazirligi hozirda 18 ta xorijiy mamlakatlar bilan muntazam aviaqatnovlar tiklangani, haftasiga 28 ta yo‘nalish bo‘yicha 144 ta parvoz amalga oshirilayotgganini ma’lum qildi.
Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayev Osiyo taraqqiyot bankining Xovos tumanining 126 ming aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ajratilgan 7 mln dollardan ortiq kredit mablag‘lari talon-toroj qilinganini ma’lum qildi.
Transport vazirligi Toshkentda yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi. Konsepsiya birinchi o‘rinda piyodalar, keyingi o‘rinlarda velotransport, shahar jamoat transporti va shaxsiy avtotransport uchun qulay infratuzilmani yaratishni ko‘zda tutadi.
Shokolad pastasini ishlab chiqaruvchi Ramella kompaniyasiga iste’molchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq qonun buzilishini bartaraf etish haqida majburiyat yuklatildi . Italiyaning «FERRERO S.p.A.» kompaniyasi tomonidan tarqalgan Nutella shokoladining mashhur brendi dizayni Ramella mahsulotining qadoqlarida ham aks ettirilgan.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev «Toshkent yoshlar forumi — 2021» doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda Mehnat vazirligida ish boshlagan yillarda pul yetishmasligi sababli kirakashlik qilganini esga oldi.
Qashqadaryoning G‘uzor tumanida chang bo‘roni sababli uchta yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil to‘qnashib ketdi.
Orol dengizining kuni kutayotgan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgani uchun butun umrga qamalgan shaxslar, changli bo‘ron kuzatilayotgan Qarshi, avtomobillarni chaqirib olayotgan UzAuto Motors, Qibrayda qariyb 14 gektar yerni 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, totalizatorlar faoliyatiga qarshi Ruslanbek Davletov, bloklangan Twitter post e’lon qilayotgan Tanzila Narbayeva, O‘zbekistonlagi rahbarlarning mutaxassisligi va karera yo‘li — «Gazeta.uz» ning 21 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Paymart hamkorlik tarmog‘ida 500 dan ortiq maishiy texnika, ofis va uy uchun, tekstil va boshqa mahsulotlarni sotadigan do‘konlar mavjud.
Qibray tumanidan 8 ta mahalla, 3 ta maktab va 5 mingdan ortiq turar joylar Toshkentning Yashnobod tumani tarkibiga o‘tdi.
Fevral oxirida Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesida yong‘in chiqib, buning oqibatida 5 kishi vafot etgandi. JIB Olmazor tuman sudi ushbu jinoyatni sodir etgan 36 va 26 yoshli shaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. «Gazeta.uz» jinoyat nima sababdan va qanday sodir etilganini ham aniqlashtirdi.
Milliy gvardiyaning harbiylashtirilgan soqchilik va qorovullik bo‘linmalari shartnoma asosida qo‘riqlash xizmatlarini ko‘rsatadi.
Qibray tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga mo‘ljallangan 13,7 gektar yer maydonini 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Noqonuniy ravishda yer sotishga urinishlar Sirdaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida ham qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting