Uchtepa tumanida 125 yo‘nalishda harakatlanayotgan «Mercedes-Benz» avtobusi yonib ketdi. FVV yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 6 daqiqada yetib borgani va olov 4 daqiqada o‘chirilganini ma’lum qildi.
Angren ko‘mir konida 2 ta elektrovoz to‘qnashishi natijasida 20 ta vagon ag‘darilib ketgan, shundan 14 tasida ko‘mir bo‘lgan. 2 kishi yengil tan jarohati oldi.
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi oshxonada portlash sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 kishi jarohatlangan.
Davlat statistika qo‘mitasi orginfo.uz sayti bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berar ekan, faqatgina qo‘mita nomining manba sifatida keltirilishiga e’tiroz bildirganini ma’lum qildi. «Davlat statistika qo‘mitasi Orginfo.uz va shu kabi boshqa elektron platformalarning yopilishi tarafdori emas», — deyiladi bayonotda.
Uzbekistan Airways 24 dekabrdan Toshkent — Dehli — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga 2 marotaba amalga oshirilishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasida 108 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan Odil Ahmedov futboldagi faoliyatiga yakun yasadi. «Sizlarning ko‘z oldilaringizda butsilarimni mixga ilib, futbolchilik faoliyatimni tugatganimni e’lon qilaman», — dedi u.
Senator Tolibjon Madumarov Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i yuzasidan shartnomalar tuzilmaganini ma’lum qildi. Senator Baxtiyor Sayfullayev esa mazkur masala yuzasidan o‘rganish olib borilishini bildirdi. «Bundan keyin shahar hokimligining obyektlarni investorlarga berilishi bo‘yicha o‘ylab ish qilishini nazoratimizga olamiz», — dedi u.
Burger & Lounge restoranining yangi filialida 2022 yil 31 yanvargacha ayrim burgerlarni «TOCHKA» promokodi bilan yarim narxga xarid qilish mumkin.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «Toshkent ETK» tomonidan DSS kompaniyasiga hisoblangan 1,75 mlrd so‘m qarzdorlikni asossiz deb topib, uni bekor qildi. Ushbu holat bo‘yicha elektr tarmoq korxonasining shikoyati sud tomonidan ko‘rib chiqilib, rad qilingan va qo‘mita qarori o‘z kuchida qolgan.
Senator Tolibjon Madumarov «Qo‘yliq» bozori ko‘chirilishi bo‘yicha hali biror qonuniy asos yo‘qligini hamda bu boradagi shov-shuvlar o‘sha yerdagi bozorchilarning asossiz tashviqoti ekanini ta’kidladi. Avvalroq bozor ko‘chirilishi haqida 2017 yildayoq qaror qilingani aytilgandi.
Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida kuchli bo‘lmagan zilzila sezildi. Uning epitsentri Qirg‘izistonning Botken viloyati hududida bo‘lgan.
«Yangi yil gulchambari», shuba ostidagi seld balig‘i ruleti, «Bayram torti», «Sezar», assorti va steyk bilan tayyorlangan salat — Zira.uz yangi yil dasturxoni uchun salatlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Dasturchi Boburmirzo Hamroqulov Davlat statistika qo‘mitasining yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan Orginfo.uz saytini ishlab chiqdi. Davlat organining saytidan farqli ravishda, ushbu sayt kompaniyalarni nomi bo‘yicha qidirish, affillangan shaxslar va boshqa ma’lumotlarni ko‘rish imkonini beradi. Qo‘mita talabiga binoan dasturchiga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. «Gazeta.uz» vaziyatni o‘rgandi.
O‘zbekistonga 400 mln ajratgan Jahon banki hamda 162 mln dollar qarz bergan Osiyo taraqqiyot banki, Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In qabul qilgan qo‘shma bayonot, korrupsiyaviy jinoyatni sodir etgan 14 mingdan ortiq mansabdor, narxi arzonlashgan «AI-80» benzini, 2022 yilda kutilayotgan xavf-xatarlar, yangi 50 ming so‘mlik banknotadagi xatoni tan olgan MB va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 17 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
18 dekabr kuni Istanbulda «O‘zbekiston yoshlari forumi — Turkiya» o‘tkaziladi. Forum ishtirokchilarining loyihalarini yoshlarga doir qabul qilinishi kutilayotgan O‘zbekiston hukumati qarori uchun taklif sifatida kiritish mo‘ljallangan.
Toshkent viloyatida ekologiya sohasiga oid masalalarni ko‘rib chiqishda tizimli ravishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Qolaversa, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun 14 nafar mas’ulga «xayfsan» berildi.
Shanba kuni kunduzgi havo harorati +17 darajagacha pasayadi, yakshanba kuni esa Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi natijasida hududlarda yomg‘ir yog‘adi va havo biroz soviydi.
Xalq ta’limi vazirligi maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28 dekabrdan (seshanba) 10 yanvarga (dushanba) qadar davom etishini ma’lum qildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi norasmiy valyuta operatsiyalarining oldini olish uchun xususiy valyuta shoxobchalarining ishlashiga ruxsat berish taklifini ilgari surdi.
AQShning Nyu-York shahrida Svetlana Rashidova — Sharof Rashidovning qizi 70 yoshida vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting