Uzbekistan Airways 19 va 20-iyun kunlari Toshkentdan Termiz, Buxoro va Qarshi shaharlariga qo‘shimcha parvoz amalga oshiradi.
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, shaxsiy tomorqasida band bo‘lgan yer egalari yoki ularning oila a’zolari yerning maydoni yoki hayvon va parranda sonidan qat’i nazar o‘zlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.
Kitob tumanida qo‘lbola usulda yasalgan gazli suv tayyorlovchi apparat portlashi oqibatida ikki kishi jarohatlandi, ulardan biri shifoxonada vafot etdi.
Velosipedchi Andrey Barishev Mustaqillik shoh ko‘chasida prezident korteji o‘tishidan sal avval fuqaro kiyimidagi shaxs tomonidan kaltaklandi. “U menga hech kim emasligimni aytib baqirdi, soqolimdan tortdi, yuzimga urib, haqoratladi… Nega ular odamlarga huquqi yo‘q hayvondek munosabatda bo‘lishadi?” — deydi u.
Turkcha pide, burek, simit, menemen, turkcha ratatuy, tayyor filo xamiridan pistali paxlava va boshqalar — Zira.uz mashxur turk oshxonasiga mansub taom va shirinliklar ro‘yxatini taqdim etadi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining 6 ta tumanida 2 dan 4 ballgacha yer silkinishi qayd etildi. Epitsentr Sariosiyo tumani bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti dvigateli hajmi 1000 dan 1200 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillarni olib kirishda bojxona to‘lovlarini kamaytirishni ko‘zda tutgan qarorni imzoladi.
Toshkentda tartibga solinmagan o‘tish joyida avtomobil urib yuborgan yana bir piyoda halok bo‘ldi.
Aprelda ayol hamkasblarini do‘pposlagan Uzun tumanidagi 31-maktabning erkak o‘qituvchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. U 1,5 yil muddatga qamaldi. Shuningdek, undan ikki nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararlar undirilgan.
Andijon viloyatida “Zavroq” mikrogidroelektr stansiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, Oltinko‘l tumanida yangi charxpalak tipidagi mikro GES ham yangi quvvatda ishga tushirildi.
Toshkentda 24 yoshli qiz o‘zi bilan yashab kelgan Xitoy fuqarosini pichoqlab, o‘ldirgani aniqlandi. U psixotrop modda ta’sirida bo‘lgani va voqeaga rashk sababchi ekani aytilmoqda.
Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan 19 yoshli askar vafot etdi. Samarqand harbiy gospitaliga olib ketilgan askarning o‘limiga o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sabab sifatida keltirilmoqda.
Kasbi tumanida fuqaro Qizil kitobga kiritilgan 43 bosh bo‘z echkemarni o‘ldirib, terisini shilib olgani aniqlandi. Bundan tashqari, uning uyida bo‘lgan yana 20 bosh jonivor Muborak tumanidagi cho‘lga qo‘yib yuborildi.
Bektemir va Sergeli tumanlarida Veolia Energy Tashkent tomonidan 130 dan ortiq uy-joy va 30 dan ortiq ijtimoiy obyektni yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tkazish bo‘yicha pilot loyiha amalga oshirilmoqda. Bu binolarni samarali isitish imkonini beradi. Loyiha doirasida yangi qozonxonalar qurilmoqda.
O‘zgidromet uzoq davom etgan yuqori harorat Kavkazdan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi sababli pasayishini bildirdi. 20-iyundan respublikaning barcha hududlari bo‘yicha harorat 4−6 darajaga pasayadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, toshqinlar yuz berishi mumkin.
Human Rights Watch tashkiloti nashida ortidan qamalgan talaba Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha apellyatsiyani adolatli ko‘rib chiqishga chaqirdi. Tashkilot qo‘zg‘atilgan ish uning din va e’tiqod erkinligi huquqini buzishini qayd etdi.
BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistonda faoliyat boshlaganiga 30 yil to‘ldi. “BMTTD O‘zbekistonning barqaror kelajak qurish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi”, — deydi dasturning Yevropa va MDH davlatlari uchun mintaqaviy byurosi direktori Ivana Jivkovich.
18−21-iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 8 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Quvasoy shahrida mushukni qafasga solib, uni tiriklayi yoqib yuborgan shaxslar jarimaga tortildi.
Buxoro viloyatidagi Qoraqir tabiiy suv ombori hududida taqiqlangan to‘rlar bilan 327 ta turli turdagi baliqni ovlagan erkaklar qo‘lga olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting