Jamiyat

Toshkentda mast bemor shifokor ayolni kaltakladi
25 mart 2021, 22:03 1

Toshkentda mast bemor shifokor ayolni kaltakladi

Chorshanba kuni Toshkentda shifokor-toksikolog tibbiy ko‘rikka kelgan, mast fuqaro tomonidan kaltaklandi. Shifokorning ahvoli og‘irligi va kuchli karaxtlik holatiga tushib qolgani aytilmoqda. Unga «qo‘shma kraniofatsial jarohat, og‘ir darajadagi bosh miya yopiq jarohati, nazogemorreya» tashxisi qo‘yilgan. Shifokorni kaltaklagan shaxs hibsga olingan.

Rossiya 1 apreldan O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarni qayta tiklaydi
25 mart 2021, 19:29

Rossiya 1 apreldan O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarni qayta tiklaydi

Rossiya 1 apreldan boshlab O‘zbekiston bilan haftasiga bir marotaba Moskva-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni qayta tiklaydi. Bu bo‘yicha Rossiya tezkor shtabining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yashnobod tumanida yuk mashinasi urib yuborgan ayol vafot etdi
25 mart 2021, 17:44

Yashnobod tumanida yuk mashinasi urib yuborgan ayol vafot etdi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yuk mashinasi 60 yoshli ayolni urib yubordi. Fuqaro voqea joyida vafot etdi.

«Amirsoy» yaqinida sodir bo‘lgan ko‘chki yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi
25 mart 2021, 17:18

«Amirsoy» yaqinida sodir bo‘lgan ko‘chki yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

«Amirsoy» kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘li hududida 6 mart kunidan boshlab 10−20 smgacha surilish, 1 metrgacha cho‘kishlar davom etayotgani ma’lum qilindi. Mazkur hodisa ko‘p miqdorda qor va yomg‘ir yog‘gani, namgarchilik me’yoridan ortgani sababli yuzaga kelgani aytilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
25 mart 2021, 16:24

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmi kursi 17,34 so‘mga pasaydi va jami 10 490,34 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham tushdi.

YPX xodimi avtomobilda «otvyortka» borligi uchun dalolatnoma tuzganligi yuzasidan surishtiruv boshlandi
25 mart 2021, 16:22

YPX xodimi avtomobilda «otvyortka» borligi uchun dalolatnoma tuzganligi yuzasidan surishtiruv boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda YPH xodimi avtomobilda «otvyortka» borligi uchun dalolatnoma tuzganligi haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Andijonda 6 gektar yerni $18 mingga sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
25 mart 2021, 16:07

Andijonda 6 gektar yerni $18 mingga sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi

Andijonda 6 gektar yerni $18 mingga sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi. Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fermer 189 mln so‘mni olgan vaqtida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berishga oid moddalari bilan jinoyat ishi ochildi.

Istanbul Toshkent ko‘chalarini obodonlashtirishga ko‘maklashadi
25 mart 2021, 14:08

Istanbul Toshkent ko‘chalarini obodonlashtirishga ko‘maklashadi

Istanbul va Toshkent o‘rtasida obodonlashtirish sohasi bo‘yicha memorandum imzolandi. Shaharlar gul va ko‘chatlarni ekishning yangi texnologiyalari, yo‘l qurilishi, ko‘priklarni saqlash bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Yaponiyada Olimpiya mash’alasi estafetasi boshlandi
25 mart 2021, 13:25

Yaponiyada Olimpiya mash’alasi estafetasi boshlandi

Yaponiyada Olimpiya mash’alasi estafetasi start oldi. U mamlakatning barcha 47 prefekturalarida bo‘lib o‘tadi va Tokioda tugaydi.

«Amirsoy» dam olish maskani yaqinida yo‘l cho‘kish holati kuzatildi
25 mart 2021, 10:53

«Amirsoy» dam olish maskani yaqinida yo‘l cho‘kish holati kuzatildi

Bo‘stonliq tumani «Amirsoy» dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘lning 19−20 piketida yo‘l cho‘kish holati kuzatildi. Transport harakati to‘xtatilib, dam olishga bormoqchi bo‘lganlardan sihatgoh tomon harakatlanmaslik so‘ralmoqda.

Samarqandda yangi maktab ochildi — bu viloyatdagi eng yirik maktab
24 mart 2021, 17:33

Samarqandda yangi maktab ochildi — bu viloyatdagi eng yirik maktab

Samarqandda deyarli 1700 o‘rinli yangi maktab foydalanishga topshirildi. Bu viloyatdagi eng yirik maktab hisoblanadi. Maktabda 60 ta o‘quv xonasi, ikkita sport zali, shuningdek, futbol, voleybol maydonlari va tennis korti mavjud.

Buxoro va Jizzax neft bazalarida — yirik debitorlik qarzlari mavjud
24 mart 2021, 16:52

Buxoro va Jizzax neft bazalarida — yirik debitorlik qarzlari mavjud

Buxoro va Jizzax neft bazalarida moliyaviy intizom buzilganligi — kamomad va xodimlarga asossiz to‘lovlar, shuningdek, debitorlik qarzlari (33 mlrd va 35 mlrd so‘mdan ortiq) aniqlandi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
24 mart 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmi kursi 11,48 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 507,68 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.

Yangihayotda 8 oylik chaqaloqni 10 ming AQSH dollarga sotgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
24 mart 2021, 15:49

Yangihayotda 8 oylik chaqaloqni 10 ming AQSH dollarga sotgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yangihayot tumanida 8 oylik chaqalog‘ini 10 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi.

O‘zini prezident Administratsiyasi rahbari deb tanishtirgan shaxs pul evaziga yordam taklif qilgan
24 mart 2021, 15:44

O‘zini prezident Administratsiyasi rahbari deb tanishtirgan shaxs pul evaziga yordam taklif qilgan

Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro Facebook saytida O‘zbekiston prezidentining soxta akkauntini ro‘yxatdan o‘tkazib, o‘zini prezident Administratsiyasi rahbari deb tanishtirgan. Shu bilan birga, odamlarga muammolarini ma’lum miqdordagi pul evaziga hal qilishda yordamni taklif qilgan.

Yarim-yalang‘och holda sumalak pishirgan ayollar jazolandi, 3 nafari 15 sutkaga qamaldi
24 mart 2021, 14:11

Yarim-yalang‘och holda sumalak pishirgan ayollar jazolandi, 3 nafari 15 sutkaga qamaldi

Navro‘z kuni yarim-yalang‘och holda sumalak pishirgan olti ayol ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan uch nafari 15 sutkaga qamaldi.

UzAuto Motors yangi Equinox va Tracker narxlarini e’lon qildi
24 mart 2021, 13:18

UzAuto Motors yangi Equinox va Tracker narxlarini e’lon qildi

UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Equinox va Chevrolet Tracker modellarini sotuvga chiqarishni boshladi.

Navoiyda 31 yoshli ayol o‘zi va farzandlarini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi
24 mart 2021, 13:04

Navoiyda 31 yoshli ayol o‘zi va farzandlarini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi

Navoiy viloyatida ayol 3 nafar qiz farzandini temir yo‘l iziga olib chiqqan. Poyezd urilishi natijasida ayol olgan tan jarohatidan vafot etdi, 2016 yilda tug‘ilgan farzandi shifoxonada davolanmoqda.

O‘zbekistonda 1 apreldan vaksinatsiya jarayonlari boshlanadi
24 mart 2021, 10:42

O‘zbekistonda 1 apreldan vaksinatsiya jarayonlari boshlanadi

O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlari 1 apreldan boshlanadi. Olib kelingan vaksina (AstraZeneca) bilan 330 ming aholini ikki marotaba emlash ko‘zda tutilgan.

Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etilishi mumkin
24 mart 2021, 00:54

Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etilishi mumkin

Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etilishi mumkin. Bu borada prezidentning qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hujjat bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan va shunga moyilligi bor shaxslarga ko‘maklashish tizimini qayta tashkil etish maqsad qilingan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting