Jamiyat

Hafta davomida yomg‘ir yog‘adi
21 oktabr 2024, 15:20

Hafta davomida yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda 21−25-oktabr kunlari yomg‘irli ob-havo kuzatiladi. Seshanba kuni ko‘p joylarda yomg‘ir yog‘ib, harorat +15 darajagacha pasayadi. Hafta o‘rtasida harorat kechasi +5 darajagacha tushadi. Respublikada eng jadal yomg‘irlar 25-oktabr kuni kutilmoqda, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat modernizatsiya qilinadi
21 oktabr 2024, 15:04

Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat modernizatsiya qilinadi

Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat to‘liq modernizatsiya qilinadi. Hududda aholi gavjum bo‘lgani sababli aqlli svetofor ham o‘rnatiladi.

O‘zbekistonda kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
21 oktabr 2024, 12:35

O‘zbekistonda kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi

O‘zbekistonda kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi. 2025/2026 o‘quv yilidan belgilangan texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadi. Texnikumlarning direktor va direktor o‘rinbosari ochiq tanlov asosida tanlanadi.

O‘zbekchasi yo‘q taomnoma, ish rejimi va narxnomalardagi kamchiliklar. Raqobat qo‘mitasi umumiy ovqatlanish korxonalarida o‘rganish o‘tkazdi
21 oktabr 2024, 11:17

O‘zbekchasi yo‘q taomnoma, ish rejimi va narxnomalardagi kamchiliklar. Raqobat qo‘mitasi umumiy ovqatlanish korxonalarida o‘rganish o‘tkazdi

Raqobat qo‘mitasi iste’molchilar murojaati bo‘yicha respublikadagi 700 taga yaqin restoran, kafe, oshxona va bufetlarni o‘rgandi. Ularning ko‘pida taomlar haqida to‘g‘ri ma’lumot berilmagani aniqlandi. 500 dan ortiq joylarda taomnoma o‘zbek tilida yuritilmagan. Yana ko‘pchiligida ish rejimi, narxnomalar yo‘q.

O‘zbekistonda 21−27-oktabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
21 oktabr 2024, 10:14

O‘zbekistonda 21−27-oktabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekiston joriy haftaning ish kunlarida nam havo oqimi ta’sirida bo‘ladi, ammo bu havo oqimlari havo haroratini keskin sovitib yubormaydi. Dam olish kunlariga kelib havo harorati biroz ko‘tarilishi ham kutilmoqda. Umuman, hafta davomida bulutli va xazonrezgili haqiqiy kuz havosiga guvohi bo‘lish mumkin.

Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas suvdan olib chiqildi. Uning ichida haydovchi va ikki farzandi bo‘lgan
20 oktabr 2024, 17:26

Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas suvdan olib chiqildi. Uning ichida haydovchi va ikki farzandi bo‘lgan

Toshloq tumanida Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas FVV qutqaruvchilari tomonidan suvdan olib chiqildi. Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan. Ular sog‘lom.

Qashqadaryoda Gentra va Nexia to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi
20 oktabr 2024, 13:54

Qashqadaryoda Gentra va Nexia to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi

Nishon tumanida quvib o‘tish qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan Gentra o‘z yo‘nalishida kelayotgan Nexia bilan to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi vafot etdi.

Toshkent-Lahor-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
20 oktabr 2024, 11:06

Toshkent-Lahor-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways 15-noyabrdan Toshkentdan Pokistonning Lahor shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Asl Baraka o‘zining Asl Baraka deb nomlangan yangi eksklyuziv kolbasasini taqdim etadi
20 oktabr 2024, 11:00

Asl Baraka o‘zining Asl Baraka deb nomlangan yangi eksklyuziv kolbasasini taqdim etadi

O‘zbekiston bo‘ylab oziq-ovqat do‘konlarida xaridorlarni Asl Baraka’ning yangi mahsuloti kutmoqda. Kolbasa kompaniya nomi bilan ataladi va o‘zida uning sifatlarini mujassamlashtiradi.

“Axborot kodeksi OAV va jamoatchilik muhokamasidan keyin qabul qilinadi” — AOKA direktori
20 oktabr 2024, 09:18

“Axborot kodeksi OAV va jamoatchilik muhokamasidan keyin qabul qilinadi” — AOKA direktori

AOKA direktori Asadjon Xodjayevga ko‘ra, hozirda Axborot kodeksi loyihasining to‘rtinchi varianti ustida ish olib borilmoqda. Loyiha 2025-yil fevralida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, so‘ng parlamentga kiritiladi. “Biz Axborot kodeksini hamma bilan kelishgan holda qabul qilishimiz kerak”, — dedi u.

Samarqand davlat chet tillar instituti yotoqxonasi qurilishi sifatsiz ishlar sabab to‘xtatildi
19 oktabr 2024, 13:10

Samarqand davlat chet tillar instituti yotoqxonasi qurilishi sifatsiz ishlar sabab to‘xtatildi

Samarqand davlat chet tillar institutining yotoqxonasi qurilishi nazorat inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tkazilmay, o‘zboshimchalik bilan olib borilgani aniqlandi. Shuningdek, jarayon sifatsiz bajarilgani tufayli qurilish to‘xtatildi. Avvalroq Agrar universitet yotoqxonasi qurilishi ham kamchiliklar sabab to‘xtatilgandi.

“Kelasi yildan yo‘l haqi uchun naqd pul qabul qilinmaydi”. Transport vaziri — avtobuslar elektron to‘lov tizimiga o‘tishi haqida
19 oktabr 2024, 11:26

“Kelasi yildan yo‘l haqi uchun naqd pul qabul qilinmaydi”. Transport vaziri — avtobuslar elektron to‘lov tizimiga o‘tishi haqida

Transport vaziri Ilhom Mahkamov kelasi yildan avtobuslarda yo‘l haqi uchun naqd pul qabul qilinmasligini, to‘liq elektron to‘lov tizimiga o‘tilishini ma’lum qildi. Bunda bekatlarga naqd pulga bilet yoki QR-kod sotib olish imkoniyati yaratiladi. Hozir bu tajriba Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Nima tayyorlaymiz: issiq sho‘rvalar
18 oktabr 2024, 23:00

Nima tayyorlaymiz: issiq sho‘rvalar

Ko‘za sho‘rva, borshch, frikadelkali turkcha sho‘rva, loviyali pomidor sho‘rva va boshqa issiq sho‘rvalar retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

“Sud jarayonlarining yoritilishi aholining ishonchini oshiradi” — jinoyat ishlari bo‘yicha sudya
18 oktabr 2024, 18:32

“Sud jarayonlarining yoritilishi aholining ishonchini oshiradi” — jinoyat ishlari bo‘yicha sudya

“Gazeta.uz” sud jarayonlarini yoritishda bir necha bor to‘siqlarga duch kelgan. Biz jinoyat ishlari bo‘yicha sudya Sarvar Mamadiyev bilan jurnalistlarning sud zalida bo‘lishi qoidalari, jarayonlarni yoritishga qo‘yiladigan taqiq sabablari haqida suhbatlashdik va tahririyat duch kelgan holatlarni muhokama qildik.

Shahar parklari qanday bo‘lishi kerak? Dendrolog nuqtai nazari
18 oktabr 2024, 17:49

Shahar parklari qanday bo‘lishi kerak? Dendrolog nuqtai nazari

“Toshkent ilgari yashil shahar edi”, deb eslaydi taniqli dendrolog Atirgul Xolmirzayeva. U poytaxtni yana yashil qilish mumkin, deydi. Boshlanishiga esa daraxtlarni kesish va ularga zarar yetkazishni, suv havzalarini qisqartirishni to‘xtatish kerak. Buning ijtimoiy va iqtisodiy samaralari o‘zini uzoq kuttirmaydi.

“Odamlar uchun ma’lumotlarning ochiq bo‘lishi juda muhim” — Akiko Fujii korrupsiyaga qarshi kurashish haqida
18 oktabr 2024, 16:32

“Odamlar uchun ma’lumotlarning ochiq bo‘lishi juda muhim” — Akiko Fujii korrupsiyaga qarshi kurashish haqida

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujiiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati korrupsiyaga qarshi kurashishda dalillarga asoslanib ish yuritishga o‘tishi lozim. “Odamlar uchun ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash va jamiyatdagi shaffoflikni yaxshilash juda muhimdir”, — dedi u.

Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 2 oyga yopildi
18 oktabr 2024, 16:15

Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 2 oyga yopildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan Istiqlol ko‘chasiga qadar qismi dekabr oyi oxirigacha yopildi. Bunga ta’mirlash ishlari sabab qilib ko‘rsatilgan.

Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi
18 oktabr 2024, 15:52

Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +10…+12, kunduzi +25…+28 darajani tashkil qiladi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (19−20-oktyabr)
18 oktabr 2024, 15:36

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (19−20-oktyabr)

“Yovvoyi robot”, “Jigar” va yana beshta kinopremyera, qo‘l mehnat mahsulotlari yarmarkalari, hayvonot bog‘ining yubileyi munosabati bilan fotoko‘rgazma, Mot konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, bolalar uchun va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Namanganda 8 yoshli bola yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etdi
18 oktabr 2024, 14:56

Namanganda 8 yoshli bola yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etdi

Namangan shahrida yuk mashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi ehtiyotsizlik oqibatida velosipeddagi 8 yoshli bolani urib ketgan. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting