Euromedlab mustaqil laboratoriyasi barcha turdagi tahlillar uchun tekshiruvlar o‘tkazishga tayyorligini e’lon qiladi.
2021 yilning iyuli 142 yillik global meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi.
Koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni qanday va qayerda olish mumkin? Vaksina olganlik to‘g‘risida SMS-xabar kelmasa, nima qilish kerak? Qaysi davlatlar O‘zbekiston SSV tomonidan berilgan sertifikatlarni tan olgan? O‘quvchilar so‘rovlari asosida «Gazeta.uz» ushbu va boshqa savollarga javob oldi.
Poytaxtning Yangihayot tumanida olti kunlik qizini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.
Muzqaymoqli, quymoqli, ananasli Pancho, Napoleon va Medovik — Zira.uz mazali va chiroyli tortlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Toshkent hokimi Muqimiy ko‘chasida avtobuslar uchun 3 kilometrlik alohida yo‘l harakatlanish bo‘lagini ajratish ko‘zda tutilgan qarorni imzoladi. Bundan tashqari, avtobus bekatlarini yangilash rejalashtirilmoqda, yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi davom ettiriladi.
Prezidentning olimpiada ishtirokchilari bilan uchrashuvi, Oqqo‘rg‘onda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari zaharlanishi, O‘zbekistonga yuborilayotgan 276 mingdan ortiq AstraZeneca vaksinasi — “Gazeta.uz"ning 13 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Prezident legioner sportchilarni olib kelish tajribasi o‘zini oqlamayotganligini ta’kidladi. «Xorijdan legionerlar emas, yetuk mutaxassislarni hamda sportchilarni tayyorlash metodikasini olib kelish kerak», — dedi u.
11 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan «Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi qonun rasmiy statistik raqamlarni tayyorlash uslublari hamda barcha uchun ochiq statistik ma’lumotlar to‘g‘risidagi qoidalarni belgilab beradi.
Dam olish kunlari respublika hududiga salqin kirib kelishi davom etadi. Havo harorati +28…+31 daraja, kechasi va erta tongda esa harorat +13…+18 darajada bo‘ladi.
14 avgust kuni COVAX dasturi doirasida Fransiyadan O‘zbekistonga 276 480 doza AstraZeneca vaksinasi olib kelinadi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida hokim qarori bilan bog‘ yaratish uchun ijaraga berilgan 16 gektar yer maydonini 5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkentdagi “Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda “VOLVO” yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Natijada avtokran haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov Oqqo‘rg‘onda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilarining zaharlanishi holati yuzasidan munosabat bildirdi. Deputat Jinoyat kodeksiga bolalar bog‘chasi, maktab va oliygohlarda «vazifasiga xiyonat qilayotganlar, bolalarning xaqqi va vaqtini o‘g‘rilayotganlarga» nisbatan choralar belgilanishini taklif qildi.
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida 25 nafar tarbiyalanuvchilar zaharlandi. Ulardan 6 nafari og‘ir holatda jonlantirish bo‘limida, 1 nafar tarbiyalanuvchi o‘pkaning sun’iy nafas berish moslamasiga ulangan va 19 nafar tarbiyalanuvchilarning holati o‘rtacha og‘ir deb baholangan. Bolalar klinik ko‘rinishlariga ko‘ra botulizm tashxisiga gumon qilinmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Navoiydagi gaz quyish shoxobchasida yuk avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. Natijada to‘rt kishi jarohatlandi.
Jizzax viloyatida tuman hokimligining mansabdor shaxslari 7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirish yoki rastrata orqali talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida «Buyuk ipak yo‘li» metro bekatiga tutash yerosti o‘tish yo‘lagi shiftining bir qismi qulab tushdi. FVV hodisa sababini ma’lum qildi.
“To‘palang” suv omboridan 361 kilometrlik suv quvurlari yotqizilishi, to‘rtta viloyatda bittadan tumanda yangi hokim tayinlanishi, Toshkent markazidagi radar o‘rnatish joyi 3,5 mlrd so‘mga sotilishi — “Gazeta.uz"ning 12 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Mudofaa vazirligining qariyb 95 foiz harbiy xizmatchilari koronavirusga qarshi vaksinaning kamida birinchi dozasi bilan emlangan. Ikkinchi dozani — 91,6 foizi, uchinchisini — 61,1 foizi qabul qilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting