Jamiyat

Toshkentdagi sobiq Miran mehmonxonasi binosida ro‘y bergan yong‘in o‘chirildi
16 oktabr 2024, 20:08

Toshkentdagi sobiq Miran mehmonxonasi binosida ro‘y bergan yong‘in o‘chirildi

Sobiq Miran mehmonxonasi binosidagi yong‘inni o‘chirishga 14 nafar yong‘in-qutqaruv guruhi jalb qilindi. Holat alangadan deyarli ikki soat o‘tib bartaraf etildi. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

KNAUF O‘zbekistondagi past uglerodli tosh mineral paxta ishlab chiqarish biznesini o‘z tarkibiga qo‘shmoqda
16 oktabr 2024, 19:00

KNAUF O‘zbekistondagi past uglerodli tosh mineral paxta ishlab chiqarish biznesini o‘z tarkibiga qo‘shmoqda

KNAUF va Texnopark kompaniyalari Toshkent shahrida tosh mineral paxta ishlab chiqarish masalasida kelishuvga erishdi.

Toshkentda Miran mehmonxonasi binosi yonmoqda. Foto, video
16 oktabr 2024, 18:57

Toshkentda Miran mehmonxonasi binosi yonmoqda. Foto, video

Toshkentning Mirobod tumanida Miran mehmonxonasi joylashgan binoning tomi yonib ketdi (u yerda Swissôtel Tashkent mehmonxonasini ochish uchun ta’mirlash ishlari olib borilmoqda). O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirmoqda, voqea joyiga Toshkent shahri FVB rahbariyati va xodimlari yetib keldi. Foto, video.

Foto: Shahrisabz va Xivada havo sharlari festivali o‘tkazildi
16 oktabr 2024, 18:17

Foto: Shahrisabz va Xivada havo sharlari festivali o‘tkazildi

10−15-oktabr kunlari Shahrisabz va Xiva shaharlarida havo sharlari festivali o‘tkazildi. “Musaffo osmon” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda jami 20 ta havo shari uchirildi. Ular 500 metrdan 900 metrgacha bo‘lgan balandlikka ko‘tarildi. Festivalda chet eldan kelgan aeronavt sportchilar ham qatnashdi. Foto.

O‘zbekistonda 97 nafar 2-jahon urushi faxriylari pensiya olmoqda
16 oktabr 2024, 18:09

O‘zbekistonda 97 nafar 2-jahon urushi faxriylari pensiya olmoqda

Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda respublikada 97 nafar 2-jahon urushi faxriylari pensiya olmoqda. Ularning deyarli yarmi ayollardir. Eng ko‘p urush faxriysi Toshkent shahri va viloyatida ro‘yxatga olingan.

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan avtohalokatda 6 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
16 oktabr 2024, 16:15

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan avtohalokatda 6 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida avtomobillar to‘qnashuvi oqibatida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi, yana to‘rt kishi kasalxonaga yotqizildi.

Andijonda Spark va Damas to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
16 oktabr 2024, 15:02

Andijonda Spark va Damas to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Andijonning Ulug‘nor tumanida Spark haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida Damas bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Mashinalar yonib ketdi, hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi kasalxonaga yotqizildi.

Toshkent metropoliteni xodimlari uchun ko‘p qavatli uylar qurilmoqda
16 oktabr 2024, 14:43

Toshkent metropoliteni xodimlari uchun ko‘p qavatli uylar qurilmoqda

Poytaxtning Yashnobod tumanida metropoliten xodimlariga ijtimoiy uylar qurilmoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, bunyod etilayotgan to‘rtta 7 qavatli uylarda 416 ta xonadon bo‘ladi. “Uysiz xodimlar, ya’ni asosan, tizimda ko‘p yildan beri ishlab kelayotgan va yosh oilalarga beriladi”, — dedi metropoliten rasmiysi.

Toshkentda 1 mln dollarlik sintetik giyohvand vositalar tayyorlangan laboratoriya fosh etildi
16 oktabr 2024, 10:44

Toshkentda 1 mln dollarlik sintetik giyohvand vositalar tayyorlangan laboratoriya fosh etildi

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro bir nechta manzillarda sintetik giyohvand vositalar tayyorlash bilan shug‘ullangani aniqlandi. Tezkor tadbir davomida laboratoriyalardan qariyb 15 kg miqdordagi narkotik vositalar musodara qilindi.

Uzum Fintex assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlaydi
16 oktabr 2024, 09:00

Uzum Fintex assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlaydi

Uzum milliy raqamli ekotizimi va Fintex assotsiatsiyasi ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va e-tijorat sohasida tadbirkorlikning iqtisodiy rivojlanishini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma faoliyatni rejalashtirmoqda.

Toshkentda Nikolay II davriga oid 100 ta oltin tangani sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
16 oktabr 2024, 00:40

Toshkentda Nikolay II davriga oid 100 ta oltin tangani sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

DXX Toshkentda XIX va XX asrlarga oid 100 ta “Nikolay” oltin tangalarini 67 ming dollarga sotishga uringanlarni qo‘lga oldi. Ushbu tangalar madaniy boylik hisoblanadi va tarixiy ahamiyatga ega. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Oktabrda xorijda qarovsiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi
15 oktabr 2024, 23:27

Oktabrda xorijda qarovsiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi

IHMA oktabr oyi davomida xorijda ota-onasi qarovisiz qolgan 11 nafar bolani O‘zbekistonga qaytardi. Ular Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlardan olib kelinmoqda. Tez orada yana bir guruh bolalar keltiriladi.

15-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
15 oktabr 2024, 22:30

15-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkent viloyatida yig‘ilish o‘tkazgan prezident, O‘zbekiston mulki bo‘lib qoladigan kichik AES, apellyatsiyadan so‘ng ozodlikka chiqqan brbalo a’zolari, ilk bor Toshkentda mag‘lub etilgan BAA termasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga kambag‘al oila qolishining o‘zi uyat” — prezident
15 oktabr 2024, 21:15

“Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga kambag‘al oila qolishining o‘zi uyat” — prezident

Prezident Toshkent viloyatida kambag‘allikka qarshi kurashish rejalarini ma’qullamadi. U hudud kichik biznes orqali aholini ishli qilishda eng oxirgi o‘rinlarda turganini tanqid qildi. “Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga viloyatda kambag‘al oila qolishining o‘zi uyat”, — dedi davlat rahbari.

Yumoristik klipi uchun qamoqqa olingan blogerlar apellyatsiya asosida ozodlikka chiqdi
15 oktabr 2024, 20:54

Yumoristik klipi uchun qamoqqa olingan blogerlar apellyatsiya asosida ozodlikka chiqdi

Apellyatsiya sudi brbalo musiqiy guruhi a’zolari Kamal Yusupov va Abror Gulyamovning qamoq muddatini qisqartirdi, ular ozodlikka chiqdi. Blogerlar yumoristik klipi uchun 15 sutkaga qamalgandi.

Prezident OKMKda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishini boshlab berdi
15 oktabr 2024, 20:28

Prezident OKMKda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishini boshlab berdi

Shavkat Mirziyoyev OKMKda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishini boshlab berdi. Loyiha qiymati 5,3 mlrd dollar bo‘lib, zavodda 146 ming tonna katodli mis, 13 tonna oltin, 73 tonna kumush olish quvvatlari yaratiladi, 3 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlanadi.

Video: Qamchiq dovonida qor yog‘di
15 oktabr 2024, 18:07

Video: Qamchiq dovonida qor yog‘di

15-oktyabr tongidan beri Toshkent — O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida qor yog‘moqda. «Gazeta.uz» tarmoqlarda e’lon qilingan qorli hududdan olingan tasvirlarni jamladi.

«1 mln dollar katta miqdor emas». Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi — Umra litsenziyasi uchun yangi talablar haqida
15 oktabr 2024, 17:34

«1 mln dollar katta miqdor emas». Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi — Umra litsenziyasi uchun yangi talablar haqida

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev Umra litsenziyasi uchun yangi talablar tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirdi. «Bu katta miqdor emas… O‘sha 15 ming kishi bilan muammo bo‘lganida, qo‘yilgan 100 ming dollarga 100 kishini ham qaytarib olib kelishga imkoniyatimiz yo‘q edi», — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi “Yoshlik-1” koni va 3-misni boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi (foto, video)
15 oktabr 2024, 16:34

Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi “Yoshlik-1” koni va 3-misni boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi (foto, video)

Prezident mis, oltin va kumush ishlab chiqariladigan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi “Yoshlik-1” koni hamda 2021-yilda qurilishi boshlangan, kon ma’danlaridan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun barpo etilayotgan 3-misni boyitish fabrikasida bo‘ldi.

Navoiyda parranda fermasida mayning ferma tashkil etilgani aniqlandi
15 oktabr 2024, 15:18

Navoiyda parranda fermasida mayning ferma tashkil etilgani aniqlandi

Navoiy shahrida tovuq fermada mayning qurilmalarini o‘rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting