O‘zbekistonda 21−25-oktabr kunlari yomg‘irli ob-havo kuzatiladi. Seshanba kuni ko‘p joylarda yomg‘ir yog‘ib, harorat +15 darajagacha pasayadi. Hafta o‘rtasida harorat kechasi +5 darajagacha tushadi. Respublikada eng jadal yomg‘irlar 25-oktabr kuni kutilmoqda, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat to‘liq modernizatsiya qilinadi. Hududda aholi gavjum bo‘lgani sababli aqlli svetofor ham o‘rnatiladi.
O‘zbekistonda kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi. 2025/2026 o‘quv yilidan belgilangan texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadi. Texnikumlarning direktor va direktor o‘rinbosari ochiq tanlov asosida tanlanadi.
Raqobat qo‘mitasi iste’molchilar murojaati bo‘yicha respublikadagi 700 taga yaqin restoran, kafe, oshxona va bufetlarni o‘rgandi. Ularning ko‘pida taomlar haqida to‘g‘ri ma’lumot berilmagani aniqlandi. 500 dan ortiq joylarda taomnoma o‘zbek tilida yuritilmagan. Yana ko‘pchiligida ish rejimi, narxnomalar yo‘q.
O‘zbekiston joriy haftaning ish kunlarida nam havo oqimi ta’sirida bo‘ladi, ammo bu havo oqimlari havo haroratini keskin sovitib yubormaydi. Dam olish kunlariga kelib havo harorati biroz ko‘tarilishi ham kutilmoqda. Umuman, hafta davomida bulutli va xazonrezgili haqiqiy kuz havosiga guvohi bo‘lish mumkin.
Toshloq tumanida Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas FVV qutqaruvchilari tomonidan suvdan olib chiqildi. Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan. Ular sog‘lom.
Nishon tumanida quvib o‘tish qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan Gentra o‘z yo‘nalishida kelayotgan Nexia bilan to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi vafot etdi.
Uzbekistan Airways 15-noyabrdan Toshkentdan Pokistonning Lahor shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
O‘zbekiston bo‘ylab oziq-ovqat do‘konlarida xaridorlarni Asl Baraka’ning yangi mahsuloti kutmoqda. Kolbasa kompaniya nomi bilan ataladi va o‘zida uning sifatlarini mujassamlashtiradi.
AOKA direktori Asadjon Xodjayevga ko‘ra, hozirda Axborot kodeksi loyihasining to‘rtinchi varianti ustida ish olib borilmoqda. Loyiha 2025-yil fevralida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, so‘ng parlamentga kiritiladi. “Biz Axborot kodeksini hamma bilan kelishgan holda qabul qilishimiz kerak”, — dedi u.
Samarqand davlat chet tillar institutining yotoqxonasi qurilishi nazorat inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tkazilmay, o‘zboshimchalik bilan olib borilgani aniqlandi. Shuningdek, jarayon sifatsiz bajarilgani tufayli qurilish to‘xtatildi. Avvalroq Agrar universitet yotoqxonasi qurilishi ham kamchiliklar sabab to‘xtatilgandi.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov kelasi yildan avtobuslarda yo‘l haqi uchun naqd pul qabul qilinmasligini, to‘liq elektron to‘lov tizimiga o‘tilishini ma’lum qildi. Bunda bekatlarga naqd pulga bilet yoki QR-kod sotib olish imkoniyati yaratiladi. Hozir bu tajriba Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Ko‘za sho‘rva, borshch, frikadelkali turkcha sho‘rva, loviyali pomidor sho‘rva va boshqa issiq sho‘rvalar retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
“Gazeta.uz” sud jarayonlarini yoritishda bir necha bor to‘siqlarga duch kelgan. Biz jinoyat ishlari bo‘yicha sudya Sarvar Mamadiyev bilan jurnalistlarning sud zalida bo‘lishi qoidalari, jarayonlarni yoritishga qo‘yiladigan taqiq sabablari haqida suhbatlashdik va tahririyat duch kelgan holatlarni muhokama qildik.
“Toshkent ilgari yashil shahar edi”, deb eslaydi taniqli dendrolog Atirgul Xolmirzayeva. U poytaxtni yana yashil qilish mumkin, deydi. Boshlanishiga esa daraxtlarni kesish va ularga zarar yetkazishni, suv havzalarini qisqartirishni to‘xtatish kerak. Buning ijtimoiy va iqtisodiy samaralari o‘zini uzoq kuttirmaydi.
BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujiiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati korrupsiyaga qarshi kurashishda dalillarga asoslanib ish yuritishga o‘tishi lozim. “Odamlar uchun ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash va jamiyatdagi shaffoflikni yaxshilash juda muhimdir”, — dedi u.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan Istiqlol ko‘chasiga qadar qismi dekabr oyi oxirigacha yopildi. Bunga ta’mirlash ishlari sabab qilib ko‘rsatilgan.
Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +10…+12, kunduzi +25…+28 darajani tashkil qiladi.
“Yovvoyi robot”, “Jigar” va yana beshta kinopremyera, qo‘l mehnat mahsulotlari yarmarkalari, hayvonot bog‘ining yubileyi munosabati bilan fotoko‘rgazma, Mot konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, bolalar uchun va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Namangan shahrida yuk mashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi ehtiyotsizlik oqibatida velosipeddagi 8 yoshli bolani urib ketgan. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting