Jamiyat

«Pulimiz bor, hududlarda ham, tarmoqlarda ham imkoniyatimiz bor, lekin loyiha yo‘q» — Shavkat Mirziyoyev
4 dekabr 2020, 13:58

«Pulimiz bor, hududlarda ham, tarmoqlarda ham imkoniyatimiz bor, lekin loyiha yo‘q» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident mamlakatdagi ilm-fan sohasidagi yutuq va kamchiliklar haqida nutq so‘zlab, OTMlarda ilmiy tadqiqotlar darajasi o‘ta past, ilm va innovatsiya masalalari bo‘yicha mas’ul prorektorlar umuman ishlamayotganini qayd etdi. Bundan tashqari, hududlardagi suv xo‘jaligi sohasidagi muammolarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Rossiyaga olib borilgan quruq mevalarda zararli organizm aniqlandi
4 dekabr 2020, 12:25

Rossiyaga olib borilgan quruq mevalarda zararli organizm aniqlandi

O‘zbekistondan Rossiyaga yetib borgan 1 tonna quritilgan o‘riklar orasida karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizm — kapr qo‘ng‘izi (Trogoderma granarium Ev.) aniqlangan. Ushbu partiya Rossiya fitosanitariya talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi o‘zbekcha sertifikat bilan Rossiyaga olib kirilgan. Kapr qo‘ng‘izi O‘zbekistonda rasmiy ravishda yo‘q qilingan ob’ekt hisoblanadi.

Andijonlik blogerga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bekor qilindi
4 dekabr 2020, 10:01

Andijonlik blogerga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bekor qilindi

Andijon viloyati prokuraturasi bloger Otabek Nuritdinovga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini bekor qildi. Avvalroq Andijon shahridagi 25-maktab direktori o‘rinbosari Gulchehra Mirzayevaning shikoyatidan so‘ng ish ochilgan edi.

G‘ildirakdagi karantin
3 dekabr 2020, 19:20

G‘ildirakdagi karantin

Natasha va Lyuda — Smolensk viloyatidan bo‘lgan opa-singillar. 2019 yilda ular ishdan bo‘shash uchun ariza yozib, iti Yuni o‘zlari bilan olib, Markaziy Osiyo bo‘ylab ko‘p oylik velosayohatiga chiqdilar. Ularni barqaror ish joyini velosiped egariga, issiq orom ko‘rpalarni sayyohlik chodiriga almashtirishga nima majbur qildi va uyni yo‘lda his qilish nima ekanligi haqida — “Gazeta.uz” materialida.

«Hukumat matbuotni xavf-xatar emas, o‘ziga sherik deb bilishi kerak» — Xelena Frayzer
3 dekabr 2020, 16:55

«Hukumat matbuotni xavf-xatar emas, o‘ziga sherik deb bilishi kerak» — Xelena Frayzer

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Frayzer inson huquqlari doirasida so‘z erkinligining ahamiyati haqida so‘zladi. Shuningdek, u blogerlar, jurnalistlar, OAV xodimlari faoliyatini erkin olib borishlariga ta’qiqlar qo‘yilmasligini va bunday vaziyatlarda ximoya choralari ko‘rilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

2021 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi
3 dekabr 2020, 16:31

2021 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

3 dekabr kuni qabul qilingan prezident farmoniga ko‘ra, 2021 yilda 2−3 sentyabr kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilandi.

Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi
3 dekabr 2020, 16:02

Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi

Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi. Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot tizimi kabi sohalarda mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashadi. O‘qitish yapon va o‘zbek tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Sodiq Safoyev: «So‘z erkinligi bo‘lmaganida, pandemiya davrida ahvolimiz ancha murakkab bo‘lardi»
3 dekabr 2020, 15:53

Sodiq Safoyev: «So‘z erkinligi bo‘lmaganida, pandemiya davrida ahvolimiz ancha murakkab bo‘lardi»

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev koronavirus pandemiyasi davridagi so‘z erkinligining ahamiyati haqida so‘zladi. «So‘z erkinligi, matbuot erkinligi — demokratiyaning qon aylanish tizimidir, usiz bu tushunchalar faoliyat ko‘rsata olmaydi», — deya ta’kidladi u.

Yana uchta shifoxona odatiy ish faoliyatiga qaytdi
3 dekabr 2020, 15:24

Yana uchta shifoxona odatiy ish faoliyatiga qaytdi

Koronavirusga chalinish holatlari kamaygani sababli COVID-19 bemorlarini davolashga ixtisoslashgan yana 3 ta shifoxona — Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi, Toshkent shahar perinatal markazi va Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonalari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha odatiy ish faoliyatiga qaytdi.

Uchuvchi bo‘lishni orzu qiluvchi inklyuziya qahramoni
3 dekabr 2020, 14:34

Uchuvchi bo‘lishni orzu qiluvchi inklyuziya qahramoni

Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuniga bag‘ishlab «Gazeta.uz» YUNISEF tomonidan tayyorlangan oddiy maktabga boruvchi, tengdoshlari bilan oson do‘stlashuvchi va doimo kulib turuvchi Daun sindromi mavjud bo‘lgan 8 yoshli bola haqidagi hikoyani taqdim etadi.

Peshko‘ va Sherobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
3 dekabr 2020, 13:43

Peshko‘ va Sherobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Vahob Qahhorov Buxoro viloyatining Peshko‘ tumaniga, Jarqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ziyodulla Davlatov esa Surxondaryo viloyatining Sherobod tumaniga hokim etib tasdiqlandi.

Jondor tumani hokimi o‘zgardi
3 dekabr 2020, 11:28

Jondor tumani hokimi o‘zgardi

San’atillo Hikmatov Jondor tumani hokimi etib tasdiqlandi. U Buxoro viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Milliy test tizimi uchun onlayn ro‘yxatga olish boshlandi
2 dekabr 2020, 18:27 16

Milliy test tizimi uchun onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

DTM milliy test tizimida onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini e’lon qildi. Dekabr oyidan ona tili va adabiyot hamda matematika fanlari bo‘yicha testlarni topshirish mumkin bo‘ladi.

Xalq ta’limi vazirligi tizimida 70 mlrd so‘mlik o‘g‘irlik va o‘zlashtirish aniqlandi
2 dekabr 2020, 18:11

Xalq ta’limi vazirligi tizimida 70 mlrd so‘mlik o‘g‘irlik va o‘zlashtirish aniqlandi

Xalq ta’limi vazirligi tizimida 11 oy ichida 69,9 mlrd so‘m ish haqidan o‘g‘rilik va ortiqcha to‘lovlar amalga oshirilganligi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, 220,8 mlrd so‘m miqdoridagi moliyaviy xato kamchiliklar aniqlangan.

Gayane Umerova O‘zbekistonning UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi Bosh kotibi etib tayinlandi
2 dekabr 2020, 17:24

Gayane Umerova O‘zbekistonning UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi Bosh kotibi etib tayinlandi

O‘zbekistonning UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi Bosh kotibi etib Gayane Umerova tayinlandi. U hozirda Madaniyat vazirligi huzuridagi San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritadi.

Rossiyadagi YTHda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
2 dekabr 2020, 17:21

Rossiyadagi YTHda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston fuqarolari harakatlanayotgan avtomashina bilan YTH sodir bo‘ldi. Haloqat natijasida ikki nafar inson vafot etdi. Yana besh nafar fuqaro esa og‘ir ahvolda kasalxonalarga yotqizilgan.

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini qanday hisoblash mumkin? JB iqtisodchisi Uilyam Zeyts bilan intervyu
2 dekabr 2020, 17:15

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini qanday hisoblash mumkin? JB iqtisodchisi Uilyam Zeyts bilan intervyu

Bir kishiga kuniga 5600 so‘m miqdorida bo‘lgan kambag‘allik chegarasi qanday belgilangan va nega bu hisob-kitob mukammal emas? O‘zbekistonda kambag‘allik mezonlarini ishlab chiqishda qanday omillarni hisobga olish kerak? Bu haqda Jahon banki iqtisodchisi Uilyam Zeyts bilan suhbatda o‘qing.

2021 yildan mol-mulk solig‘i kadastr qiymati asosida hisoblanadi
2 dekabr 2020, 16:41

2021 yildan mol-mulk solig‘i kadastr qiymati asosida hisoblanadi

2021 yil yanvardan mol-mulk va yer soliqlarini kadastr qiymati asosida hisoblash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Birinchi bosqichda mazkur tizim kvartira, yakka tartibdagi uy-joy va dala-hovlilar uchun qo‘llaniladi.

Dunyodagi maktab o‘quvchilarining uchdan ikki qismi internetga ega emas — YUNISEF
2 dekabr 2020, 16:09

Dunyodagi maktab o‘quvchilarining uchdan ikki qismi internetga ega emas — YUNISEF

Dunyo bo‘ylab taxminan 1,3 mlrd bola internetga ega emas. COVID -19 tufayli maktablarning yopiqligi bolalarning ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lishiga olib keladi, deyiladi YUNISEF hisobotida.

2021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni «Avtomobilsiz kun» sifatida e’lon qilindi
2 dekabr 2020, 15:54

2021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni «Avtomobilsiz kun» sifatida e’lon qilindi

Hukumat qaroriga ko‘ra,1 dekabrdan boshlab rahbarlarga ishga kelib-ketishda avtomobillardan foydalanmaslik tavsiya etildi. Bundan tashqari, 2021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni «Avtomobilsiz kun» sifatida e’lon qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting