Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi sohasidagi atoqli olim, Fanlar akademiyasi akademigi Tursunboy Rashidov 86 yoshida vafot etdi.
«Ijtimoiy shartnoma» orqali nodavlat kasb-hunar o‘quv kurslarini bitiradigan yoshlar va ayollarga ta’lim xarajatlari uchun 1 million so‘mgacha subsidiya beriladi. O‘quv kurslarini tamomlab, sertifikat olganlarga imtiyozli kreditlar ajratish uchun 90 mln dollar ajratiladi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi virusga qarshi «Remdesevir» va grippga qarshi «Inflyuvak» dorilarining eng past, o‘rtacha va eng baland chakana narxlarini e’lon qildi.
Prezident Kasb va lavozimlar klassifikatorida oliy ma’lumot talab qiladigan mutaxassisliklar va lavozimlarni qisqartirish vazifasini qo‘ydi. Hozirda 2484 ta xizmatchi lavozimi bo‘yicha oliy ma’lumot talab etiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 46 yoshli er xotiniga bolasining najosatini majburlab yedirgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent IIBB erkakning qo‘lga olingani va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Samarqandda xonadonlardan birida tuz o‘rniga natriy nitrat sepilgan tovuq kabobni iste’mol qilgan 15 kishi zaharlandi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti fuqaroni arqon bilan bog‘lagan holda traktor tirkamasida majburiy ravishda olib ketayotganligi aks etgan, Navoiydagi «samosud» videosi haqida ma’lumot berdi.
Jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida 1 noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi.
Pandemiya sharoitida turizmni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, jumladan, yangi dor yo‘llarini qurib foydalanishga topshirgan investorlarga har 500 metr uchun 1 mlrd so‘mgacha mabag‘ ajratiladi.
SSV koronavirus bilan bog‘liq statistik raqamlarni yashirishdan manfaatdor emasligini ma’lum qildi. Koronavirusga gumon qilingan, lekin infeksiya tasdiqlanmagan va pnevmaniyaga chalingan bemorlar statistikada hisobga olinmaydi. Avvalroq Aksilkorrupsiya agentligi rasmiy statistikadan 8 baravar yuqori bo‘lgan muqobilini keltirgan, biroq keyinroq o‘z bayonotini rad qilgan edi.
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Lacetti rusumli avtomobilning daraxtga borib urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi.
Gulistondagi COVID-19 bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish markazida yuz bergan kislorod baloni portlashi oqibatlari fotolavhalarda.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari (superkontrakt) tasdiqlandi.
Uzbekistan Airways reyslarida qo‘l yuklari tashuviga cheklovlar joriy etildi. Mazkur qaror ijtimoiy masofani saqlash va o‘rindiqqa joylashish vaqtini qisqartirish maqsadida qabul qilindi.
Bosh prokuratura Gulistondagi COVID-19 markazida gaz balloni portlashi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi. Tergovni Sirdaryo IIB huzuridagi Tergov bo‘limi olib boradi.
Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyev vafot etdi. Daryo nashrining manbasiga ko‘ra, hokim pnevmoniya kasalligi asoratlari va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan olamdan o‘tgan.
Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov vafot etdi. «Gazeta.uz» manbasining xabar berishicha, hokim o‘rinbosari COVID-19 dan davolanayotgan bo‘lgan. U 2017 yildan buyon Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mahalla faoliyatida faol qatnashayotgan uyboshi va ko‘chaboshilarni moddiy rag‘batlantirishni taklif qilmoqda. Ularga BHMning 50 foizi miqdorida har oyda kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lab berilishi mumkin.
Magistraturaga kirish imtihonlari natijalari tegishli OTMlar rasmiy veb-saytlarida 7 oktyabr soat 17:00 da e’lon qilinadi.
8 sentyabr kuni hibsga olingan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva uy qamog‘iga o‘tkazildi. Avvalroq Saida Mirziyoyeva jazo chorasini o‘zgartirishni so‘ragan edi. Xuddi shunday so‘rov Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ham bildirildi — biroq bosh shifokor qamoqdan chiqarilishi haqidagi xabarlardan so‘ng.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting