2019 yil yakuni bo‘yicha UzAuto Motors kompaniyasining sof daromadi 2,6 trillion so‘mdan oshdi. Kompaniya rahbari vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabovning vakolat muddati uzaytirildi.
Ta’lim kontrakti to‘lovi uchun kimlarning daromadi soliqqa tortilmaydi? Kontrakt to‘lovchi shaxs uchun soliq imtiyozini olish usullari va ularning qo‘llanilishi haqida — «Gazeta.uz» qo‘llanmasida.
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida ikkita Nexia avtomashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi, yana ikki kishi turli jarohatlandi.
O‘zbekistonda Sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi.
Prezident boshchiligidagi selektorda korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingan mansabdorlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, Qibray tumani hokimi o‘rinbosari 35 ming, Toshkent hokimligi qoshidagi boshqarma boshlig‘i 1,4 mln, Marhamat tumani hokimi yordamchisi 29 ming, Buvayda hokimi o‘rinbosari 20 ming dollar olayotganda ushlangan.
Farg‘ona viloyatida 17 oktyabrdan niqob taqmagan shaxslar kamera orqali aniqlanadi. Ushbu shaxslarga nisbatan bayonnoma tuzilib, jarima pochta orqali jo‘natiladi.
DXM qaysi ma’lumotnomalar ko‘p so‘ralayotgani va qaysi davlat idoralari ularni talab etayotganini o‘rgandi. Monitoring natijasida ushbu hujjatlar asosan sog‘liqni saqlash, ichki ishlar organlariga ishga kirish hamda kredit olish uchun uchun so‘ralayotgani ma’lum bo‘ldi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Oqoltin tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan aholi o‘rtasida yurish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tajriba to‘g‘risida so‘zlab berdi. U sog‘lom turmush tarzi koronavirusga qarshi kurashda eng samarali yo‘l ekanini ma’lum qildi.
Davlat statistika qo‘mitasi saytida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning rahbari va ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Qo‘mita saytning yangilanayotganligi va nosozliklar tuzatilganligini ma’lum qildi.
Sentyabr oyida sayohatchi Sharof Egamberdiyevning jamoasi sarguzashtlarni sevuvchilar bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi tog‘li vodiyga yo‘l oldilar. Safar iqlim sinoviga aylandi — harorat -22°C ga tushdi. Ekstremal ob-havo sharoiti ustidan qozonilgan g‘alaba badali — “Gazeta.uz” materialida.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘z xodimlarining poytaxtdagi «Interkontinental» mehmonxonasida yashashi uchun 2 mlrd so‘m to‘ladi. Vazirning birinchi o‘rinbosari to‘lov byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmaganini ma’lum qildi.
TDPU rektori Alisher Umarov sud qarori ijrosini ta’minlamagani uchun BHMning 10 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Unga noqonuniy ishdan bo‘shatilgan kafedra mudirini lavozimiga qayta tiklash yuklatilgan edi.
O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘qitish sifatini baholashga muqobil shakllarni tatbiq etish maqsadida «Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi» nodavlat ta’lim tashkiloti tashkil etiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv bo‘yicha izoh berar ekan, o‘z harakatlarini tan oldi. U audioyozuvdagi gaplar tadbirkorga ortiqcha to‘langan QQS o‘z vaqtida to‘lanmagani va asossiz ravishda xisob raqami band qilinib, undagi mablag‘lar undirilmoqchi bo‘lgani uchun aytilganini ma’lum qildi.
«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruvi raisining investitsiya, eksport va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Abrayev 39 yoshida vafot etdi. «Gazeta.uz» manbasiga ko‘ra, marhum COVID-19dan davolanayotgan edi.
O‘zbekistonda yanvar-sentyabr oylari davomida 4294 ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan. YTHlar oqibatida 1293 kishi halok bo‘lgan, 3886 nafari jarohatlangan. Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH poytaxtda, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.
Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xodjayeva «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nima uchun oiladagi zo‘ravonlik holatlari sudgacha yetib bormasligi, ayollar uchun siyosat va biznesda kvotalar nima uchun zarurligi, nega Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z vazifalarini yangi Mahalla vazirligiga topshirmasdan, Ayollar ishlari bo‘yicha vazirlikka aylanishi lozimligi haqida gapirib berdi.
Yuk mashinasi «Toshkent — Andijon» yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdga borib urildi. Haydovchi qoidani buzib, «shlagbaum»ni aylanib o‘tishga uringan. U voqea joyida vafot etdi. Poyezd 42 daqiqaga ushlanib qoldi.
Samarqandda PPX xodimlarining 15 yoshli o‘smirni niqob taqmagani uchun majburan ichki ishlar bo‘limiga olib ketish jarayoni aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. IIO xodimlaridan biri jarayonni videotasvirga olayotgan fuqaroga ham tashlandi. Viloyat IIB hodisa yuzasidan bayonot berib, PPX xodimlariga fuqarolar bilan muloqotda odob-axloqqa rioya qilish lozimligi tushuntirilganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 1 dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etiladi. Ushbu tizim bo‘yicha test topshirgan abituriyentga OTMga kirish imtihonlarida maksimal ballga nisbatan tabaqalatirilgan ball beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting