Davr Bank tashkil etilganining 23 yilligini nishonlaydi hamda mijozlarni bayram va sovrinlar o‘yinida ishtirok etishga taklif qiladi.
O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi yarim yilligida sudlarda bolani oilaga farzandlikka olish bilan bog‘liq 2701 ta ish ko‘rilgan bo‘lsa, undan 2543 ta da’vo arizasi qanoatlantirilgan.
O‘zbekistonda ish haftasi davomida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Harorat kechalari +8…+13, kunduz kunlari +23…+28 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin.
Qoraqalpog‘istonda Damas haydovchisi salkam 30 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi bilan harakatlangani aniqlandi. Holatga “bog‘chaning ikkinchi avtomobili buzilib qolgani” sabab bo‘lgan.
“Afrosiyob” elektrpoyezdlari qatnovlari vaqti 8-oktabrdan boshlab bir soat oldinga ko‘chiriladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi buni sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash bilan izohlagandi.
Namangan shahrida 5 nafar o‘quvchi ijaraga olgan Gentra yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, katta tezlikda yuk mashinasiga urildi. Oqibatda mashina boshqargan 17 yoshli o‘smir vafot etdi, qolgan 4 nafari shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.
Respublika tez tibbiy yordam markazi yanvar-sentabr oylarida 9,9 millionta chaqiriq qabul qildi. Ularning eng ko‘pi Farg‘ona vodiysi va Toshkentda, eng kami esa Jizzax, Buxoro hamda Xorazm viloyatida qayd etildi. Chaqiruvlarning 2,5 milliontasida bemorlar surunkali kasalliklardan shikoyat qilgan.
Giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi, shuningdek, bu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etganlik uchun jazolar kuchaytirildi. Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga qo‘shimcha moddalar qo‘shildi. Yangi moddalar va ularda belgilangan jazolar bilan ushbu materialda tanishish mumkin.
"O‘zagrosug‘urta" yangi xalqaro hamkori Swiss Rye bilan birgalikda fermerlarning sug‘urta xatarlarini qayta sug‘urta qilish masalasini muhokama qildi.
Pastdarg‘om tumanida mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olgan “GAZ53” yuk mashinasi “Jiguli” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.
Haydovchilar uchun qaysi gaz “zapravka”lar ishlayotganini ko‘rsatuvchi mobil ilova 1-dekabrgacha tayyor bo‘ladi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U ilova bepul bo‘lishi va uni ishlatish AGTKSHlar uchun ihtiyoriy bo‘lishini ta’kidladi.
Nukus-Shumanay-Taxtako‘pir yo‘lida belgilanmagan joydan o‘tayotgan velosiped haydovchisini Lacetti urib yubordi. Oqibatda 32 yoshli fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Boysundagi kon avariyasining bugungi holati haqida gapirarkan, u yerda mutaxassislar ishlayotgani va holat hali bartaraf qilinmaganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, hozirgi ssenariy ish bermasa, yana boshqalariga o‘tiladi va bu 2−3 oy vaqt olishi mumkin.
Samarqand shahrida 1800 o‘rinli maktab binosi qurilishida qator qoidabuzarliklar aniqlandi. Xususan, obyektda g‘isht terish va plita o‘rnatishda me’yorlarga amal qilinmagan. Qurilish inspeksiyasi tomonidan sifatsiz ishlar joyida demontaj qildirildi.
Mehnat inspeksiyasi 2025-yil 1-martdan boshlab mehnat huquqlari buzilishi va boshqa masalalar yuzasidan kameral nazoratini o‘tkazishni boshlaydi. Shuningdek, uning xodimlariga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilayotgan obyektlarda ishchilar sonining muvofiqligini tekshirishga ruxsat beriladi.
Oktabr oyidan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi iste’molchilarga chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha qarzdorlik ortidan elektr uchun to‘lovlarni cheklash to‘g‘risida ogohlantiruvchi SMS xabarlarni jo‘natishni boshladi. HET xabariga ko‘ra, bildirishnomalar yuborilayotgan bo‘lsa ham to‘lov imkoniyati cheklanmagan.
“O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyatining Toyloq tumanida 55 ta to‘plam qurilmada elektrdan noqonuniy foydalanib kelgan mayning fermani aniqladi.
E-auksion platformasida poytaxtning Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino bozori noturar binosi sotuvga qo‘yildi. Xaridor obyekt negizida “ekobozor” qurishi kerak.
“Adolat” SDP “Kafolatlangan birinchi ish joyi” loyihasini taklif etmoqda. Bu loyiha bitiruvchilarga birinchi ish joyini topishda yordam berish va ularni mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiya qilishga qaratilgan.
Toshkent xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlar o‘rnatilmoqda. Bunda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun tiflotexnik vositalar, taktil piktogrammalar, tovush va taktil mimik diagrammalar, axborot vositalari, yordam chaqirish tugmalari joylashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting