Alifboni o‘zgartirish masalasi ma’lum vaqtdan keyin yana paydo bo‘lishini istamasak, alifbo va imlo bilan bog‘liq masalalarni siyosiylashtirmaslik kerak. Har qanday o‘zgarish aniq ilmiy asoslangan va puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak, deb yozadi kolumnist Komil Jalilov.
Qarshida ingliz tilida o‘quv va madaniy materiallardan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan “Amerika burchagi” ochildi. Shuningdek, u yerda AQSHdagi bakalavriat va magistraturada ta’lim olmoqchi bo‘lganlarga maslahat xizmatlarini bepul ko‘rsatadigan markaz ham xizmat qiladi.
Diplomlari O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi va haroratning biroz pasayishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi.
Davlat tilini rivojlantirish departamenti ta’kidlashiga ko‘ra, lotin yozuviga kiritilayotgan o‘zgartirishlar barcha harflarning zamonaviy gadjetlar klaviaturalarida bo‘lishida, transliteratsiya dasturlarida kirill alifbosidagi adabiyotlarni tezkor va xatosiz o‘girishiga xizmat qiladi.
Qo‘shni mamlakatlarda poliomelit epidemiyasi boshlanganligi sababli O‘zbekistonda ushbu xavfli kasallikning epidemiologik kuzatuvini kuchaytirish maqsadida chora-tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Qashqadaryoda 7 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Nexia yuk mashinasiga urildi. Nexia`dagi 4 nafar fuqaro vafot etdi, yana 3 nafari jiddiy tan jarohatlari olgan.
World Happiness Report hisobotining 2021 yilgi reytingida Finlyandiya dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi. 95 ta mamlakatdan iborat reytingda bu yil O‘zbekiston o‘rin olmagan. O‘rtacha uch yillik davrda (2018−2020) baxtli mamlakatlar reytingida esa O‘zbekiston uch pog‘ona pastlab, 42-o‘rinni egalladi.
Namanganda 2 nafar fuqaro qishloq vrachlik punkti o‘rniga klinika qurishni rejalashtirganini ma’lum qilganidan so‘ng, ularni o‘sha yerda davolanayotgan 2 bemor haqoratlab, kaltakladi.
Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pullik yo‘llaridan o‘tish narxi 5−6 dollar (ekvivalentda) atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu yo‘llardagi harakatlanishning maksimal tezligi 120−150 km/s bo‘lishi mumkin.
Kadastrning Zangiota tuman filiali bo‘limi boshlig‘iga jamiyatlarning birining rahbariyati tomonidan 1000 dollar pora taklif qilindi. Xodim bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etgani bois, Kadastr agentligi tomonidan 10 mln so‘m mukofot berildi.
Chorshanba kuni Toshkentda shifokor-toksikolog tibbiy ko‘rikka kelgan, mast fuqaro tomonidan kaltaklandi. Shifokorning ahvoli og‘irligi va kuchli karaxtlik holatiga tushib qolgani aytilmoqda. Unga «qo‘shma kraniofatsial jarohat, og‘ir darajadagi bosh miya yopiq jarohati, nazogemorreya» tashxisi qo‘yilgan. Shifokorni kaltaklagan shaxs hibsga olingan.
Rossiya 1 apreldan boshlab O‘zbekiston bilan haftasiga bir marotaba Moskva-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni qayta tiklaydi. Bu bo‘yicha Rossiya tezkor shtabining yig‘ilishi o‘tkazildi.
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yuk mashinasi 60 yoshli ayolni urib yubordi. Fuqaro voqea joyida vafot etdi.
«Amirsoy» kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘li hududida 6 mart kunidan boshlab 10−20 smgacha surilish, 1 metrgacha cho‘kishlar davom etayotgani ma’lum qilindi. Mazkur hodisa ko‘p miqdorda qor va yomg‘ir yog‘gani, namgarchilik me’yoridan ortgani sababli yuzaga kelgani aytilmoqda.
Dollarning rasmi kursi 17,34 so‘mga pasaydi va jami 10 490,34 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham tushdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda YPH xodimi avtomobilda «otvyortka» borligi uchun dalolatnoma tuzganligi haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijonda 6 gektar yerni $18 mingga sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi. Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fermer 189 mln so‘mni olgan vaqtida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berishga oid moddalari bilan jinoyat ishi ochildi.
Istanbul va Toshkent o‘rtasida obodonlashtirish sohasi bo‘yicha memorandum imzolandi. Shaharlar gul va ko‘chatlarni ekishning yangi texnologiyalari, yo‘l qurilishi, ko‘priklarni saqlash bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Yaponiyada Olimpiya mash’alasi estafetasi start oldi. U mamlakatning barcha 47 prefekturalarida bo‘lib o‘tadi va Tokioda tugaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting