Jamiyat

2021−2022 o‘quv yilida xotin-qizlarga 2000 nafar qo‘shimcha davlat grantini ajratish taklif etilyapti
29 mart 2021, 13:36 8

2021−2022 o‘quv yilida xotin-qizlarga 2000 nafar qo‘shimcha davlat grantini ajratish taklif etilyapti

2021−2022 o‘quv yilida OTMlarga qabul qilishning davlat buyurtmasiga oid prezident qarori loyihasi e’lon qilindi. Hujjatga ko‘ra, bakalavrning barcha ta’lim shakliga jami — 157 879 nafar, magistraturaga 12 914 nafar, nodavlat OTMlarga esa 56 nafar davlat buyurtmasini belgilash taklif etilgan. Bundan tashqari, tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun 2000 nafar qo‘shimcha davlat granti ajratish ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekistonda uch kundan beri 200 ga yaqin koronavirusga chalinish holatlari aniqlanmoqda
29 mart 2021, 12:16

O‘zbekistonda uch kundan beri 200 ga yaqin koronavirusga chalinish holatlari aniqlanmoqda

Respublika bo‘ylab uch kun mobaynida 200 ga yakin fuqaroda COVID-19 kasalligi aniqlandi. Toshkent shahrida 28 mart kuni mazkur ko‘rsatkich 164 kishini tashkil etdi.

Samarqandda 4 nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etdi
29 mart 2021, 11:57

Samarqandda 4 nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etdi

Samarqand viloyatida is gazidan zaharlanish oqibatida 4 kishi vafot etdi, 1 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Samarqand va Navoiy viloyatlarida bir nechta tumanlar sel ichida qoldi
29 mart 2021, 11:11

Samarqand va Navoiy viloyatlarida bir nechta tumanlar sel ichida qoldi

28 mart kuni kuchli yog‘ingarchilik sababli Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi bir nechta hududlar sel ichida qoldi. Samarqandda uylar suv ostida qolgan, mashinalar oqib ketgan va ko‘priklar buzilgan. Navoiy viloyatida ham suv mashinani oqizib ketgan va ba’zi hududlardagi uylarni sel bosgan.

Toshkentdagi namoyishdan so‘ng 12 kishi qo‘lga olindi
29 mart 2021, 09:22

Toshkentdagi namoyishdan so‘ng 12 kishi qo‘lga olindi

Toshkent IIBB LGBT faollari deb ataluvchi yoshlarga qarshi namoyishda qatnashgan 12 kishining qo‘lga olinganini xabar qildi. «Bezorilik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Deputat Alisher Qodirov Jinoyat kodeksining 120-moddasini yanada kuchaytirish hamda ozodlikdan va fuqarolikdan mahrum etishgacha bo‘lgan choralarni o‘rnatishni taklif qildi.

«Sen o‘g‘il farzand tug‘maysan». Senator navoiylik ayol o‘limi tafsilotlarini o‘rgandi
27 mart 2021, 20:58

«Sen o‘g‘il farzand tug‘maysan». Senator navoiylik ayol o‘limi tafsilotlarini o‘rgandi

Senator Malika Qodirxonova Navoiyda qizlari bilan birgalikda poyezd ostiga o‘zini tashlagan 31 yoshli ayol o‘limi tafsilotlarini o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, ayolning eri o‘g‘il tug‘mayotganini ro‘kach qilib janjallashib turgan. Yanvarda ayol navbatdagi homilasining ham qizligini bilib, abort yo‘li bilan undan voz kechgan ekan.

Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurishga 2 mlrd dollar sarflanadi
27 mart 2021, 18:08

Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurishga 2 mlrd dollar sarflanadi

Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslar Jahon banki konsultantlari tomonidan ishlab chiqildi. Qurilish ishlari ikki bosqichli xalqaro tender g‘olibiga topshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 2 mlrd dollardan oshadi.

1 apreldan nimalar o‘zgaradi?
27 mart 2021, 17:54

1 apreldan nimalar o‘zgaradi?

Tadbirkorlarga haydovchilik guvohnomasi uchun imtihonlarni tashkil etishga ruxsat berilishi, zargarlik buyumlarini onlayn sotish mumkinligi, ayrim mutaxassislarning ish haqi va ba’zi pensionerlar nafaqasining oshirilishi, uy-joy narxlarining optimallashtirilishi — 1 apreldan mamlakat qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Toshkentda tez tibbiy yordam shifokori bemor tomonidan do‘pposlandi
27 mart 2021, 16:28

Toshkentda tez tibbiy yordam shifokori bemor tomonidan do‘pposlandi

Toshkent shahrida chaqiruv bo‘yicha yetib borgan tez tibbiy yordam shifokori ko‘rikni o‘tkazayotgan paytda bemor tomonidan do‘pposlandi. Hozirda shifokorning ahvoli og‘ir, unga bosh miyaning turli darajadagi jarohatlari yetkazilgan.

Tayanch punktlari o‘rniga mahalla huquq-tartibot maskanlari tashkil etiladi
27 mart 2021, 15:09

Tayanch punktlari o‘rniga mahalla huquq-tartibot maskanlari tashkil etiladi

Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari asosida mahalla huquqni muhofaza qilish punktlari tashkil etilmoqda. 1 iyunga qadar Toshkent va Samarqand viloyatlarida profilaktika inspektorlariga masofadan turib murojaat qilish mumkin bo‘lgan «Smart mahalla» tizimi joriy etiladi. Ichki ishlar vazirligi tarkibida beshta yangi bo‘lim shakllantirildi.

Lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlar ilmiy asoslanishi kerak
27 mart 2021, 15:02 4

Lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlar ilmiy asoslanishi kerak

Davlat tilini rivojlantirish departamenti lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosi bo‘yicha taklif etilgan o‘zgarishlar o‘quvchilar savodiga ijobiy ta’sir qilishini va amaldagi alifbo o‘zbek tilining internet tiliga aylanishiga to‘siq bo‘layotganligini aytmoqda. «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilov departament argumentlarining asosida ilmiy dalillarni ko‘rmaganligini ta’kidladi.

Mart oyi oxirida havo salqin bo‘ladi
27 mart 2021, 12:57

Mart oyi oxirida havo salqin bo‘ladi

Dam olish kunlari nam va sovuq havo massalari sababli harorat pasayadi. Salqin havo keyingi haftaning birinchi yarmida ham ta’sirini saqlab qoladi: yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayadi.

Mast haydovchi YPX inspektorini urib yuborib, hayotiga zomin bo‘ldi
27 mart 2021, 12:12

Mast haydovchi YPX inspektorini urib yuborib, hayotiga zomin bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasini boshqarib kelayotgan mast haydovchi mashinani to‘xtatmoqchi bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib ketdi. YPX xodimi tan jarohatlari sababli shifoxonada olamdan o‘tdi.

Toshkentning 10 ta ko‘chasida pulli «parkovkalar» ochilishi mumkin
27 mart 2021, 11:52

Toshkentning 10 ta ko‘chasida pulli «parkovkalar» ochilishi mumkin

Toshkent shahrining 10 ta markaziy ko‘chalarida esperimental tarzda parkomatlar tashkil etilishi taklif etilmoqda. To‘lovlar maxsus talon yoki shartnoma asosida naqd va plastik kartalar orqali amalga oshiriladi. I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va maxsus avtomashinalar mazkur parkomatlardan bepul foydalana oladi.

Uyda tayyorlaymiz: sog‘lom turmush tarzini tanlaydiganlar uchun taomlar
27 mart 2021, 10:30

Uyda tayyorlaymiz: sog‘lom turmush tarzini tanlaydiganlar uchun taomlar

Sog‘lom turmush tarziga rioya qiluvchilar uchun Zira.uz dan ajoyib yangilik — 6 ta mazali va xilma-xil taomlar retseptlari.

Qaysi hududda shaxsiy avtomashinalar ko‘pligi ma’lum qilindi
27 mart 2021, 10:16

Qaysi hududda shaxsiy avtomashinalar ko‘pligi ma’lum qilindi

1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari 2 955 295 tani tashkil etmoqda.

27 mart kuni xitoy-o‘zbek vaksinasi 1 mln dozada olib kelinmoqda
27 mart 2021, 09:46

27 mart kuni xitoy-o‘zbek vaksinasi 1 mln dozada olib kelinmoqda

Xitoy-O‘zbekiston hammuallifligidagi vaksina 27 mart kuni O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda. Mazkur vaksina 95 foizlik samaradorlik ko‘rsatgani ma’lum qilingan edi.

Rossiyaga parvoz qiladigan o‘zbekistonliklar mamlakatga kirishi uchun asos ko‘rsatishi kerak bo‘ladi
26 mart 2021, 18:46

Rossiyaga parvoz qiladigan o‘zbekistonliklar mamlakatga kirishi uchun asos ko‘rsatishi kerak bo‘ladi

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Konsullik bo‘limi 1 apreldan yo‘lga qo‘yilayotgan Toshkent va Moskva o‘rtasidagi aviaqatnovlarda kimlar parvoz qila olishi mumkinligiga oydinlik kiritdi.

Bahs va yarashish alifbosi
26 mart 2021, 17:30 2

Bahs va yarashish alifbosi

Alifboni o‘zgartirish masalasi ma’lum vaqtdan keyin yana paydo bo‘lishini istamasak, alifbo va imlo bilan bog‘liq masalalarni siyosiylashtirmaslik kerak. Har qanday o‘zgarish aniq ilmiy asoslangan va puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak, deb yozadi kolumnist Komil Jalilov.

Qarshida “Amerika burchagi” ochildi
26 mart 2021, 17:00

Qarshida “Amerika burchagi” ochildi

Qarshida ingliz tilida o‘quv va madaniy materiallardan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan “Amerika burchagi” ochildi. Shuningdek, u yerda AQSHdagi bakalavriat va magistraturada ta’lim olmoqchi bo‘lganlarga maslahat xizmatlarini bepul ko‘rsatadigan markaz ham xizmat qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting