Yangiyo‘l tumanining Tuyabo‘g‘iz qishlog‘ida fuqaro uyida noqonuniy saqlanuvchi 30 dan ortiq kobra ilon qochib ketdi (Ekologiya boshqarmasiga ko‘ra, qo‘yib yuborilgan). Hozirda ishchi guruh xonadonlarda dorilash ishlarini olib bormoqda, fuqarolarga uy hayvonlarini vaqtincha tutqunlikda saqlab turish tavsiya qilindi.
Les Ailes O‘zbekiston yoshlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi loyihaga qo‘l urdi. Kampaniya qahramonlari o‘zlarining o‘sish tarixlarini aytib beradi.
Xonanda Jahongir Otajonov Zeekr avtomobilida aholi punktidan tashqarida 195 km/soat tezlikkacha chiqdi (ruxsat etilgan tezlik 100 km/soat). U videoni Instagram’ga joyladi. Bu so‘nggi kunlarda yo‘l harakati qoidalari namoyishkorona buzilgan birinchi holat emas. YHXX tegishli chora ko‘rilishini ma’lum qildi.
Yandex Maps ilovasida endi o‘zbek tilida ovozli navigatsiya mavjud. U avtomobilda yo‘nalish bo‘ylab yurishga yordam beradi.
Poytaxtda Amerika texnologiyalar universiteti ochildi. Unda muhandislik, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari o‘qitiladi. 2024/2025 o‘quv yilida Xalqaro savdo va Dasturiy muhandislik yo‘nalishida o‘qish boshlanadi.
Qorako‘l tumanida Lacetti tunda piyodalar o‘tish joyida qizil chiroqda o‘tayotgan 3 nafar o‘quvchi qizning 2 nafarini urib yubordi. Hodisa oqibatida ulardan biri vafot etdi, boshqasi shifoxonada davolanmoqda.
Piskent tumanidagi ko‘prik ustidan yuk mashinasi o‘tayotgan vaqtda qulab tushdi. Hodisa vaqtida ko‘prikda odamlar bo‘lmagan. Yuk mashina haydovchisi sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.
Uzbekistan Airways Yaqin Sharqdagi notinch vaziyat sabab “xavfsizlikni ta’minlash maqsadida” parvozlarni Iroq va Eron havo hududlarini aylanib o‘tgan holda amalga oshiradi.
Ketma-ket ikkinchi oy qadrsizlangan dollar, Transport vazirligi sotib oladigan Stadler poyezdlari, O‘zbekistonda PayPal’ni ishga tushirish rejalari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari to‘g‘risidagi qonunni ma’qullagan Senat va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kunlik dayjestida.
Toshkent shahri Chilonzor tumanida AQShga, Samarqandning Qo‘shrabot tumanida esa Angliyaga ishga yuborish uchun fuqarolardan jami 16 500 dollar olgan shaxslar qo‘lga tushdi.
O‘zbekistonda 3−4-oktabrda qulay ob-havo muhiti hukmronlik qiladi — shaharlarda kechki vaqt yengilroq kiyinish ham mumkin hatto. Hafta oxirida esa havo harorati pasayadi, magnit bo‘ronlari, cho‘l va janubiy hududlarda chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi mumkin. “Gazeta.uz”dan ob-havo sharhi va tavsiyalar.
Senatorlar bozor modeliga asoslangan tizimli temiryo‘l transportiga oid yangi qonunni ma’qulladi. Davlat tezyurar poyezdlarda tariflarni tartibga solmaydi, ammo oddiy poyezdlar narxi ustidan nazoratni saqlab qoladi. 2025-yilda davlat kompaniyalari yo‘qotishlarni qoplash uchun 1,7 trln so‘m ajratadi.
Flynas va Qeshm Air aviakompaniyalari Eron ustidagi havo hududi yopilgani sababli O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Xususan, chorshanba kunidagi Jidda — Toshkent — Jidda va Tehron — Toshkent — Tehron parvozlari bekor qilindi.
O‘zbekistonda oktabr oyi iliq ob-havo bilan boshlanadi, 5-oktabrdan esa harorat foni pasaya boshlaydi, yomg‘ir yog‘adi. Oy davomida harorat kechalari +8…+15, kunduz kunlari +15…+28 daraja atrofida bo‘ladi. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda 1-yanvardan boshlab davlat-boshqaruv, harbiy, ilmiy va sanoat turizmi kabi turizmning yangi turlari joriy qilinadi. Shuningdek, Tourist map interaktiv portali ishga tushiriladi. Paypal, Apple Pay, Google Pay kabi to‘lov kompaniyalari O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari va bank xizmatlariga ulanadi.
Prokurorlar yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararni qoplash va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud ishlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
Samarqand shahrida tormozi ishlamay qolgan “KamAZ” oldindagi 7 ta yengil avtomashinaga urilib, ularni surib ketdi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar bo‘lmagan, hozirda surishtiruv olib borilmoqda.
Olmazor tumanidagi maktabda tunda futbol o‘ynagani borgan bolalardan biri darvoza to‘siniga osilib, undan yiqilib tushdi. 17 yoshli yigit yiqilganidan so‘ng uning ustiga darvoza to‘sini qulashi ortidan vafot etdi. Olmazor tumani prokuraturasi holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Agrar universiteti hududidagi binolarda dushanba kuni yong‘in yuz bergandi. Hodisa sabablari ma’lum qilinmadi. Universitetda tahsil davom etyapti — talabalar yaqin-atrofdagi boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirilgan. “Gazeta.uz” muxbiri Shohruh Haydarov hodisa joyida bo‘lib, yong‘in oqibatlarini suratga tushirdi.
Namangan viloyatidagi Axsikent yodgorligida arxeologlar tomonidan ikkita noyob yerosti yo‘llari, qadimiy rakovina, pol osti isitish tizimi, sopol quvurlar topildi. Hokimlik matbuot xizmati yodgorlik va undagi so‘nggi topilmalar haqida National Geographic hujjatli film suratga olishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting