Jizzax shahrida Yandex Go xizmati ish boshladi. Dastlabki bosqichda safarning minimal narxi 2500 so‘mdan boshlanadi.
Muzrabot tumanida Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetiga chiqib ketgan va gaz quvuriga kelib urilgan. Oqibatda gaz sizib chiqqan va 915 ta xonadon ta’minotdan vaqtincha uzib qo‘yilgan. Voqeadan bir kun o‘tib gaz yetkazib berish bosqichma-bosqich tiklangan.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir-biriga tutash ikkita hovli uy yonib ketdi. Yong‘inni o‘chirishga 4 ta ekipaj va 3 ta suv tashuvchi transport jalb etildi. Jarohatlanganlar yo‘q, hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Londonda YeTTBning Ozarbayjondagi vakolatxonasini boshqargan va o‘z vatanida ko‘plab ijtimoiy loyihalarni amalga oshirgan o‘zbekistonlik Kamola Maxmudova vafot etdi. “Gazeta.uz” 2022-yilda undan intervyu olgandi.
May oyida Kia Stinger haydovchisi Toshkentdagi avtotyuning ustaxonasi hududidagi poyga vaqtida avtotuning_uz Instagram sahifasi asoschisini urib yuborgan, u shifoxonaga olib ketilayotganda halok bo‘lgandi. Avgustda u 3 yillik qamoqqa hukm qilingandi, ammo apellyatsiya sudi jazoni yengillashtirib, uni ozod qildi.
Jahonga mashhur Zaha Hadid Architects kompaniyasi Yangi Toshkentdagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini o‘z ichiga olgan majmua loyihasini yaratdi. Chirchiq daryosi sohilida dam olish zonasi tashkil etiladi. Loyihalar prezidentga taqdim etildi.
BMTda nutq so‘zlagan tashqi ishlar vaziri, Toshkent maktablaridan biridagi holatga “rasmiy tushuntirish” so‘ragan Rossiya, pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha konsepsiya, Nyu-York merining O‘zbekiston bilan ehtimoliy aloqalari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Akademik Vohidov nomidagi tibbiyot markazi 50 yilligi munosabati bilan prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi samarali mehnati uchun qator tibbiyot xodimlarini faxriy unvon va ordenlar bilan mukofotladi.
Maff kompaniyasi Toshkentda yangi katta shourum ochdi. Maydoni 1200 kv. m. bo‘lgan yangi shourumda tashrif buyuruvchilar 17 ta jahon brendlar mahsulotlari bilan tanishishi mumkin.
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi “Eng yaxshi milliy kontent” tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi. Tanlovning internet-jurnalistika yo‘nalishidagi “Eng yaxshi milliy kontent uchun” nominatsiyasida “Gazeta.uz” jurnalisti Gulira’no Musayeva g‘olib deb topildi.
Bo‘lajak Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka chek qo‘yish bo‘yicha global konferensiyasi O‘zbekistonning sadoqatini ta’kidlash va ilg‘or qonunlarni haqiqatga aylantirish uchun ideal imkoniyatdir. YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bolalarni himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Antoniya Lyudekening kolonkasi.
Beruniy metro bekati yaqinida jamoat avtobusi ichida yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashib, tashqariga olib chiqildi. Fuqaro tez yordam yetib kelgunga qadar vafot etdi. Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Nurota davlat qo‘riqxonasi, “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i, “Sudoche-Akpetki” buyurtma qo‘riqxonasi va Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi rahbarlari lavozimidan ozod etildi. Ular faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan va ishni lozim darajada tashkil etmagan.
Salkam yarim yilda 19 ming nogironligi bo‘lgan va nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez va reabilitatsiya vositalari uchun 32,5 mlrd so‘m subsidiya ajratildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ko‘ra, fuqarolarga 30 turdagi mahsulot elektron vaucher shakllantirish orqali berilmoqda.
Prezident Toshkent shahrida havo sifatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi. Unda “Shahar — piyodalar uchun” tamoyilini joriy etish, sun’iy suv havzalari va yashil zonalar barpo etish, korxonalarda tozalash uskunalarini o‘rnatish va boshqa tadbirlar ko‘zda tutilmoqda.
Toshkentdagi 188-maktabda o‘quvchini urgan sinov muddatidagi o‘qituvchi voqeaning ertasi kuni qizi o‘qiyotgan boshqa maktabda direktor o‘rinbosari bilan tortishib, unga kuch ishlatdi. Ayol Milliy gvardiya va IIO xodimlari talablariga ham bo‘ysunmagan. Buning ortidan unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida Nexia haydovchisi yo‘l chetidagi tirkamaga borib urildi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqandda boshlangan OIIB yig‘ilishi, tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l, chang bo‘ronlariga qarshi kurashish bo‘yicha milliy dastur, iqlim o‘zgarishidan xavotir bildirgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi korrupsion surishtiruv institutini joriy etish tashabbusini ilgari surmoqda. Bu korrupsiyaviy holatlarni ilk bosqichlarda aniqlash, faktlarni to‘plash va tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida Matiz bilan to‘qnashgan Nexia-3 avtomashinasi yonib ketdi, bir haydovchi jarohatlandi. Boshqa holatda Lacetti’da yong‘in chiqdi. Surishtiruv ishlari boshlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting