Akbar Shukurov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi. U bundan avval Jizzah shahri xokimi vazifasida faoliyat yuritib, yanvar oyida lavozimdan ozod etilgan.
Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida 2020 yilgi davlat dasturi ijrosi bo‘yicha tanqidiy fikrlar bildirildi. «Kechirib bo‘lmaydigan har xil bahonalar qilgansizlar. Bahonalar ketmaydi bu yerda» — dedi Tanzila Narbayeva.
Navoiy viloyatida «GAZ» rusumli yuk mashinasi «Matiz» ga urilib, YTHga sodir etdi. Hodisa oqibatida «Matiz» haydovchisi tan jarohatlaridan vafot etdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini ushbu mamlakatdagi ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi.
Sentyabr oyidan buyon Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi bo‘lgan Xayrullo Bozorov, viloyat hokimi lavozimiga tayinlandi. «Juda tajribali, hozirgi zamonga munosib, xalqparvar, kamtar inson», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev bo‘lib o‘tgan kengash yig‘ilishida.
Prezident farmoni bilan daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriy muddati 2021 yil yakunigacha uzaytirildi. Bundan tashqari, noqonuniy kesilgan har tup daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va ularni 3 yil parvarishlash majburiyati yuklatiladi.
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati Quva tumanining hokimi, prokurori, IIB va soliq inspeksiyasi boshliqlarini ishdan oldi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Yozyovon tumanlarining sektor rahbarlari ham vazifasidan chetlatildi.
Senatorlar Inson huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga Feruza Eshmatova nomzodini tasdiqlashdi. U mazkur lavozimda Ulug‘bek Muhammadiyev o‘rnini egalladi. Bundan tashqari, Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisligiga esa Malika Kadirxanova saylandi.
Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashi yig‘ilishida deputatlar ijro hokimiyatidan yetarlicha talab qilmayotganligini ta’kidladi. «Ijro hokimiyatidan farg‘onacha emas, sal achchiqroq talab qilishlaringiz zarur», dedi davlat rahbari.
Buxoro viloyatida bir necha fuqarolar AJ rahbari va bosh hisobchining turli video yozuvlarini internetga joylab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish bilan qo‘rqitgan. Harakatlarni amalga oshirmaslik evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilgan.
Senatorlar Xalilillo To‘raxo‘jayevni Oliy sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tasdiqladi. U bunga qadar Kadastr agentligi direktori sifatida ishlab kelayotgan edi.
Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimiga tasdiqlandi. U bunga qadar qariyb 16 yil davomida Markaziy saylov komissiyani boshqargan.
Prezident qarori bilan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etildi. Jamg‘arma Alisher Navoiy hayoti, g‘oyalari va ilmiy-adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.
Toshkentda 14 kishini Yevropaga ishga jo‘natishga ishontirib, ularni Rossiya, Ukraina va Belorussiyada qiyinchiliklarga duchor qilgan shaxslarga firibgarlik va odam savdosi ayblovi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
6−8 fevral kunlari Kavkazdan nam va salqin havo massasining kirib kelishi, shuningdek, respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Sayyohlarga 24 soat yordam ko‘rsatuvchi Call-markaz o‘z faoliyatini boshladi. Xizmatlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida ko‘rsatiladi. Call-markaz respublikaning barcha hududlaridagi IIB xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari bilan bog‘langan.
Buxorodagi ko‘p qavatli uyning 3-qavatida yuz bergan gaz portlashi oqibatida jarohatlanganlar soni 12 kishiga yetdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2020 yilda yo‘l va ko‘prik qurilish sohasida byudjetdan ajratilgan pullarni o‘zlashtirish holati bo‘yicha 40ga yaqin jinoyat ishi ochilgani va ularda 11,5 mlrd so‘mlik davlat mulki talon-toroj qilingani fosh etildi. Shuningdek, yo‘l qurilishlari haligacha SSSR standartlari asosida olib borilayotgani ma’lum qilindi.
2021 yilgi davlat dasturiga fuqaro taklifi bilan Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklash va turizm maskaniga aylantirish bo‘yicha alohida band kiritildi. Ushbu darvozalar XVIII asrda Toshkentni bosqinchilardan himoya qilish maqsadida uning atrofida bunyod etilgan 8−20 metrlik devor ichiga kirish vazifasini o‘tagan. Uning 12 ta kaliti ham bo‘lgan.
Buxoroda qurilishi tugallanmagan 8 qavatli binoda portlash yuz berdi. Hodisa natijasida 3 kishi jarohatlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting