Prezident bilan uchsharuvlarda amaldorlar bloknotlarga qaydlar yozib borishi — “bu shakllangan siyosiy madaniyat va biz uni hurmat qilishimiz kerak”, dedi Sardor Umurzakov. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘ziga tegishli bo‘lgan topshiriqlarni yozib boradi, keyin esa tizimlashtiradi va ulardan o‘z chiqishida asosiy masalalarni o‘rtaga tashlashda foydalanadi.
Xorijda qiyin ahvolga tushgan fuqarolarni qaytarish uchun avia yoki temiryo‘l chiptalarini to‘lashda ko‘maklashuvchi jamg‘arma tashkil etilishi kutilmoqda. Bundan tashqari vafot etgan fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelishda ham moddiy yordam ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan.
Kechasi Namanganda 4 balli zilzila qayd etildi. Uning epitsentri Namangan viloyatining Chortoq tumanida bo‘lgan.
Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi Yakkasaroy tumanida ko‘p qavatli uy qurilishi qonunbuzarliklar sababli to‘xtatildi. Quruvchi ishlarni inspeksiyani xabardor qilmasdan boshlagan, ob’ektda mualliflik va texnik nazorat o‘tkazmagan.
Sud xonanda Jasur Umirovni litsey o‘quvchisini zo‘rlashda aybdor deb topdi va 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ushbu ishda ishtirok etgan yana ikki kishi jinoyatni yashirgani va yolg‘on guvohlik bergani uchun 1,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Mirzo Ulug‘bek tumani «Xalq banki» filiali sayyor kassa hisobchisi 170 mln so‘m miqdoridagi pensiya va nafaqalarni talon-taroj qilganligi aniqlandi. Bank hodimi ushbu pullarni o‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon tarqatmasdan, o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.
Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Zuhra Mirg‘oziyeva Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Xalq ta’limi tizimidagi turli nohaqliklar, yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarda murojaat qilish mumkin bo‘lgan ishonch raqamlari e’lon qilindi. Bundan tashqari, o‘qituvchilarning yozma ravishda shikoyatlarini yo‘llash imkoniyati mavjud bo‘lgan web-platforma yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekistonda 2021−2022 yillarda mahalla qo‘mitalari uchun 2951 ta bino qurilishi rejalashtirilgan. Buning uchun jami 1,7 trln so‘mdan (161,6 mln dollar) mablag‘ ajratiladi.
O‘zbekiston TIV xodimi tomonidan unga shilqimlik qilinganini aytgan polshalik jurnalist Agneshka Pikulitska vazirlik bilan uchrashganligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, TIV holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazolmaydi, chunki Rustam kimligini hech kim bilmaydi. Jurnalist uni TIVda bir necha marotaba ko‘rganligini aytmoqda. Senat raisi Tanzila Narbayeva holatga munosabat bildirib, hodisa puxta o‘rganilib, aybdorlar jazolanishini ta’kidladi. «Ammo bu respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarga soya solmasligi lozim», — dedi Narbayeva.
Kelgusida Amantoytov va Dovgiztov konlarini sayyohlar tashrif buyuradigan turistik maskanga aylantirish rejalashtirilgan. Konlarda xorijiy va mahalliy sayyohlarga oltin qazib olish jarayoni ko‘rsatiladi.
Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi. Ushbu qaror mamlakatning barcha daryolarida suv oqimi kamayishi natijasida cheklovlar joriy etilgani sababli qabul qilindi.
2023−2024 o‘quv yilidan boshlab OTMga kirish imtihonlarida maktab bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini inobatga olish rejalashtirilmoqda. O‘rtacha ko‘rsatkich test sinovlari tugagach, tanlovdan oldin qo‘shilishi taklif etilgan. Qabul testlarida maksimal ballning 30 foizidan kam ball to‘plagan abituriyentlar kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etmasligi belgilanmoqda.
Farg‘ona viloyatida «Tico» haydovchisi yo‘lning chetida harakatlanayotgan piyodani urib yuborgan. Fuqaro tan jarohatidan vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
10 ta yirik tijorat banki tomonidan umumiy qiymati 1,5 mlrd dollar bo‘lgan loyihalar taqdim etildi. Asaka banki ishtirokida Toshkent shahrining «Eski shahar» hududida savdo shaharchasi barpo etilishi, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan esa «Urgut» da umumiy qiymati 100 mln dollardan ortiq loyihani amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi mulkka qarshi jinoyatlar va giyohvand moddalar savdosida ayblanayotgan o‘n nafar O‘zbekiston fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga topshirdi.
Farg‘ona viloyatidagi Oltiariq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi ishchilari deyarli 11 oydan beri korxonaga xom ashyo yetkazilmaganligini, ish to‘xtab qolib, mart oyidan ishchilar soni qisqartirilishi mumkinligini aytmoqda. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi rahbariyati «Daryo» nashriga zavod yopilmasligini, ish o‘rinlari qisqartirilishi, lekin xodimlar ishdan bo‘shatilmasligini ma’lum qilgan.
Sobiq deputat Qobul Do‘sov mast holda mashina boshqarib, YPX xodimlari bilan tortishdi. Toshkent IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Oliy ta’lim vazirligi o‘qish davomida fanlardan o‘z vaqtida baho olmagan talabalar uchun uchinchi semestr tashkil etilishini ma’lum qildi. Yozda bo‘lib o‘tadigan ushbu semestrda qatnashadigan talabalar qo‘shimcha mablag‘ to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Toshkent shahrida «Nexia» avtomobili yo‘lni belgilanmagan joyida kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. YTH natijasida 38 yoshli piyoda tibbiyot muassasasiga yetib bormay vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting