Auksion orqali bozor muhandisi va uning sherigi 25 ming AQSH dollariga Chilonzor savdo kompleksida qurilishi rejalashtirilayotgan do‘konni olib bermoqchi bo‘lgani aniqlandi. Fuqarolar ashyoviy dalillar bilan ushlanib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryo viloyatida yuqori lavozimdagi tanishlari orqali Milliy gvardiyaga ishga kiritmoqchi bo‘lib, 4 ming AQSH dollari so‘ragan shaxs aniqlandi. Fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Fevralning birinchi haftasi davomida iliq va kam bulutli bahoriy ob-havo bo‘ladi. Yaqin kunlarda bir qator viloyatlarda yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda, keyin esa yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi.
Endilikda banklar mijozlari bank xizmatidan foydalanishda shaxslarini tasdiqlash uchun ID-kartadan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonda turizm va ishbilarmonlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida 3 va 6 fevral kunlari Urganch-Farg‘ona-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha samolyotlar qatnovi amalga oshiriladi. 11-fevraldan boshlab ushbu parvlzlar muntazam ravishda payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Samarqand viloyatida o‘rta ta’lim maktabining qurilish-montaj ishlari uchun ajratilgan pullar MCHJ rahbarlari tomonidan talon-taroj qilinganligi aniqlandi. Bundan tashqari, uchta mahallada qurilgan suv chiqarish inshootida yana bir jamiyat rahbarlari tomonidan 240,5 mln so‘m talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi.
Ekologiya partiyasining yangi raisi etib Narzullo Oblomuradov saylandi. U bundan avval Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Xitoy vaksinasining O‘zbeikstonda olib borilayotgan uchinchi sinov bosqichlarida ko‘ngillilar soni 9 ming kishigacha oshirildi. Bunga sabab, ikkinchi va uchinchi doza emlash bosiqichida ishtirokchilar soni kamayishi mumkinligi, hamda koronavirusning vaksina olganlarga ta’sirini o‘rganish murakkablashayotgani ekanligi aytilmoqda.
IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi vakili Jamshid Sultonov O‘zbekistonda jami 27,5 ming mahkum jazo o‘tayotganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, probatsiya nazoratida 57 ming 36 nafar shaxs nazorat turgani ham ochiqlandi.
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda COVID-19`ning «britancha shtammi» 10 yoshli qizchada aniqlanganini ma’lum qildi. SSV aholini xushyorlikka chaqirmoqda.
Olmazor tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Rahmonov poytaxt hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Avvalroq, ushbu lavozimni egallab turgan Davron Xidoyatov Toshkent viloyatiga hokim bo‘lgan edi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi 2020 yilda noqonuniy daraxt kesilishi bilan bog‘liq jami 3 960 ta huquqbuzarlik aniqlanganini ma’lum qildi. Noqonuniy daraxtkesarlarning 136 nafari mansabdor shaxs bo‘lgan.
Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib Ulug‘bek Uzoqov tayinlandi. U 2016−2017 yillarda Jizzax viloyati hokimi bo‘lgan. 2018 yildan hozirga kunga qadar Do‘stlik tumani hokimi sifatida ishla kelayotgan edi.
2019 yildan shu kunga qadar Olmazor tumani bo‘yicha IIOFM boshqarmasi boshlig‘i Abdumajid Mullajanov tuman hokimi lavozimiga tayinlandi. U Baxtiyor Rahmonovning o‘rnini egalladi.
30 yanvar — O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning tug‘ilgan kuni. Ushbu sana munosabati bilan “O‘zarxiv” agentligi tomonidan taqdim etilgan mustaqil O‘zbekistonning birinchi rahbarining 19 ta fotosurati bilan bo‘lishamiz.
Eng qarsildoq, mazali va eng asosiysi tabiiy sneklar retseptlarini Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Doniyor Kadirov prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi. U mazkur lavozimda boshqa ishga o‘tkazilgan Ulug‘bek Tashxodjayevning o‘rnini egalladi.
O‘zbekiston va sakkizta davlat — Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika o‘rtasidagi xalqaro aviareyslarga cheklov yana bir oyga cho‘zildi.
Prezident farmoni bilan jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
«TEMIRYO'L SUG’URTA» 2002 yildan buyon o‘z faoliyatini amalga oshirib keladi va xalqaro reytingga ega bo‘lgan O‘zbekistonning birinchi nodavlat sug‘urta kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaga Standard&Poor's agentligi tomonidan «B+» darajada baholandi. «TEMIRYO'L-SUG'URTA» universal sug‘urta kompaniyasi bo‘lib, u sizga bozorda talabgir majburiy va ixtiyoriy sug‘urta xizmatlarining barcha turlarini taqdim etadi (reklama huquqlari asosida).
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting